Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə62/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

Muhokama uchun savollar:
2.1. Badiiy asar tilini qaysi fan tekshiradi?
2.2. Ayni kuz vaqti. Mayin shabada esadi. Yaproqlar oltin rangda. Dala va bog’larda ish qizg’in. Dehqon bog’da anor ko’myapti. U kuchli qadoq qo’llari bilan anorning tikanli tanasini, hurpaygan novdalarini bog’layapti. Anor tupini poxolga o’rab, tuproq bilan ko’myapti.
Yuqoridagi badiiy tasvirdan asosiy fikr ifodalangan gapni toping.
2.3. Asosan badiiy uslubga xos bo’lgan izn (izn bermoq) so’zining sinonimini toping.
2.4. Quyidagi matn qaysi uslubga tegishli?
Jo’yaklarda suv bir hovuch ko’z yoshiday miltirab oqib turibdi. Quyosh qaymoq surtilgan shirmon nondek ufqqa qizarib bota boshladi
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:

  • Badiiy uslub har bir ijodkorning mustaqilligi belgisi degan fikrga qanday qaraysiz?

  • Badiiy tasvir vositalaridan to’laqonli foydalanish asar qimmatini oshiradimi?

O’zbek tili uslubiyati” fanidan 6-mavzu bo’yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin:


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, badiiy uslub inson hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Bu uslub barchaga barobarligi, o’quvchiga, tinglovchiga emotsional ta’sir etishi bilan boshqa uslublardan farq qilib turadi. Uslubda muallif tilining barcha leksik, grammatik vositalaridan foydalanish, turli ifodaviy vositalarni qo’llash mumkin. Boshqa uslublarning materiallaridan badiiy uslubda bemalol foydalanish mumkin. Shunga ko’ra, badiiy nutq uslubi keng imkoniyatga ega. San’at va adabiyot asarlari shu uslubda yaratiladi.


Tavsiya etilgan adabiyotlar:
1. A. Shomaqsudov, I. Rasulov, R. Qo’ng’urov, X. Rustamov. O’zbek tili stilistikasi. T.: «O’qituvchi» nashriyoti, 1983.
2. E.Qilichev. “O’zbek tilining amaliy stilistikasi” (pedagogika oliygohlarining filologiya faqulteti talabalari uchun o’quv-qo’llanma). Toshkent «O’qituvchi», 1992.
3. Yo. Tojiev, N. Hasanova, H. Tojimatov, O. Yo’ldosheva. O’zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari (ommabop qo’llanma). Toshkent, 1994.
4. Q. Samadov. O’zbek tili uslubiyati. Toshkent-1992.
5. I. Qo’chqortoev. Badiiy nutq stilistikasi. T., 1975.
6. R. Qo’ng’urov. O’zbek tilining tasviriy vositalari. T.: Fan, 1977.
7. R. Qo’ng’urov, S. Karimov, T. Qurbonov. O’zbek tili funktsional stillari. S.: SamDU nashri, 1984.
8. R. Qo’ng’urov, B. O’rinboev, J. Lapasov. Badiiy matnning lingvistik tahlili. T., 1990.
9. X. Doniyorov, B. Yo’ldoshev. Adabiy til va badiiy stil. T.:Fan, 1988.
10. Q. Samadov. O’zbek tili uslubiyati. Badiiy uslub. T., 1991.
11. Q. Samadov. O’zbek tili uslubiyati. T., 1992.
12. M. Hamroev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G’ulomaova, Sh.Yo’ldosheva. Ona tili.- Toshkent, 2007.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin