Dars shakli: noan’anaviy.
Vositalar:tarqatma materiallar, claydlar,o’quv qo’llanmalari.
Metod va usullar:tushuntirish,savol-javob,aqliy xujum,baholash.
O’qituvchi, 20 minut
3
Guruhda ishlash: -fanning maqsad va vazifalarini tushuntiradi
-mavzuga oid atamalar izohlanadi.
-talabalar badiiy asarlardan badiiy uslubiga hos so’zlarni to’playdilar..
-badiiy uslubga xos so’zlar adabiy til bilan solishtiriladi
O’qituvchi-talaba, 40 minut
4
Mustahkamlash va baholash uchun savollar 1.Badiiy uslubda yozuvchi tilda mavjud bo’lgan qaysi vositalardan foydalanmaydi?
2. Badiiy uslubga xos gap tuzing.
3. Shevaga xos so’zlar uslublarning qaysi birida ishlatishi mumkin?
4. Qaysi uslub kitobxon (tinglovchi)ga ma’lumot berishdan tashqari ta’sir ko’rsatish vazifasini ham bajaradi?
5. Berilgan matn qaysi uslubda yozilgan?
Oh, oltin zum, shirin daqiqa, Yana keldim sohillaringga.
6. Nazmiy, nasriy asarlar, roman, novella qaysi uslubda yoziladi?
7. So’zning o’z ma’nosidan ko’chishi qaysi uslubda uchraydi?
8. Badiiy uslubga xos gap tuzing.
9.Rang bildirgan so’zlardan badiiy uslubga tegishlisini toping.
10.Badiiy uslubga xos bog’lovchilarga misollar aytinng.
11. Badiiy asar tilini qaysi fan tekshiradi?
12. Ayni kuz vaqti. Mayin shabada esadi. Yaproqlar oltin rangda. Dala va bog’larda ish qizg’in. Dehqon bog’da anor ko’myapti. U kuchli qadoq qo’llari bilan anorning tikanli tanasini, hurpaygan novdalarini bog’layapti. Anor tupini poxolga o’rab, tuproq bilan ko’myapti.