Muhokama uchun savollar: 2.1. Publitsistik uslubda quyidagi vositalardan qaysi biridan foydalaniladi?
2.2. Publitsistik uslubning yozma turini sanab bering.
2.3. Milliy boyliklarimizni talon-taroj qilishda rus imperiyasining oldiga tushadigani bo’lmadi.
Yuqoridagi gap qaysi uslubga xos?
2.4. Publitsistik uslub o’zbek adabiy tilida qachon paydo bo’la boshladi?
2.5. Yangi demokratik publitsistik uslubi qaysi yozuvchilar ijodida rivojlandi?
2.6. Publitsistik uslubda qaysi shakllar uchraydi?
2.7. Ocherk qaysi uslubda yoziladi?
2.8. Publitsistik uslubga qaysi qatordagi xususiyatlar xos?
Asosiy xulosalar va ularni mustahkamlash: G) Modul bo’yicha yakuniy mashg’ulot. Publitsistik uslub jamiyat faol a’zosining ijtimoiy-siyosiy hayotga bo’lgan munosabatini ifodalaydi. Bu munosabat til vositalari, ularning imkoniyatlari asosida o’z ifodasini topadi. Publitsistik uslubda ijtimoiy hayotning turli masalalari vaqtli matbuot va nashrlarda ommaviy aks ettiriladi. Publitsistik uslub yozma va og’zaki ko’rinishlarga ega. Publitsistik uslubning yozma turiga ocherk, maqola, feleton, murojaatnoma, xat, chaqiriq kabilar kiradi. Og’zaki turiga esa notiqlik kiradi. Bu uslubda siyosiy faollik, hozirjavoblik, o’tkir va ta’sirchan notiqlik, dalillar bilan tushuntirish va isbotlash singari belgilar ustunlik qiladi. Shu sababli publitsistik uslubda badiiy uslubga, ilmiy uslubga xos xususiyatlarni ham uchratish mumkin. Bunda dalil va hodisalar jo’shqin va haroratli tarzda ifodalanadi.
Nazorat savollari:
1. Rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportajlar va bosh maqolalar qaysi uslubda yoziladi?
2. Publitsistik uslubga oid gap tuzing.
3. Publitsistik uslub nimalarga daxldor muammolar haqida mulohaza yuritadi.
4. Publitsistik uslubda quyidagi vositalardan qaysi biridan foydalaniladi?
5. Publitsistik uslubning yozma turini sanab bering.
6. Milliy boyliklarimizni talon-taroj qilishda rus imperiyasining oldiga tushadigani bo’lmadi.
Yuqoridagi gap qaysi uslubga xos?
7. Publitsistik uslub o’zbek adabiy tilida qachon paydo bo’la boshladi?
8. Yangi demokratik publitsistik uslubi qaysi yozuvchilar ijodida rivojlandi?
9. Publitsistik uslubda qaysi shakllar uchraydi?
10. Ocherk qaysi uslubda yoziladi?
11. Publitsistik uslubga qaysi qatordagi xususiyatlar xos?