Tayyorlov bosqichi: Dars maqsadi: 1.Badiiy uslubning lisoniy va nolisoniy belgilarini tushuntirish.
2.Badiiy uslubning estetik ta’sir etish vazifasini bajarishi to’g’risida tushuncha berish.
3.Proza, poeziya,dramaturgiya va rang-barang janrlardan iborat ekanligi.
4.Badiiy uslubda lug’aviy birliklar, grammatik ko’rsatkichlar cheklanmaganligini tushuntirish.
5.Badiiy uslubda gap turlarini qo’llash haqida talabalarga tushuncha berish.
6.Badiiy uslubda badiiy tasvir vositalari asosiy omil hisoblanishini tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Badiiy uslubning o’zi uchun xarakterli bo’lgan tomonlarini tasavvur qiladi va tushuntira oladi.
Funktsional jihatdan biqiq chegaralangan emasligini izohlaydi.
Badiiy nutqning so’z san’ati ekanligini tushuntira oladi.
Badiiy nutqda umumxalq tili va adabiy tilning barcha qatlamlariga mansub so’z va iboralarning, turli uslub unsurlarining, hatto butun-butun parchalarning keng va faol ishlatilishi mumkinligini tushuntira oladi.
Badiiy uslubda lug’aviy birliklar, grammatik ko’rsatkichlar va gap turlarining qo’llanishini tasavvur qiladi va tushuntira oladi.
Badiiy uslubning o’ziga xos xususiyatlarini izohlay oladi.
O’qituvchi
2
Asosiy tushunchalar: Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar: Badiiy uslub. Badiiy nutq. So’z san’ati. Timsollar tizimi. Badiiy to’qima. Yozuvchi fantaziyasi. Proza, poeziya, drama, janrlar. Tasviriylik, ta’sirchanlik. Umumxalq tili. Tasavvur uyg’otish.