Gulli o‘simliklar urug‘larining tuzilishi va turlari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə5/5
tarix23.05.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#59207
1   2   3   4   5
Gulli o‘simliklar urug‘larining tuzilishi va turlari

Ho‘l mevalarning tiplari. Chin meva - gulning faqat tugunchasining rivojlanishidan hosil bo‘ladi: gilos, o‘rik, shaftoli. Soxta meva - mevaning hosil bo‘lishida gulning boshqa qismlari ham ishtirok etadi: behi, anor, olma (89-rasm).
Oddiy meva - guldagi bir dona tugunchaning rivojlanishidan hosil bo‘ladi: o‘rik, olma.
Murakkab meva - guldagi bir nechta tugunchalarning rivojlanishidan yetiladi: malina, maymunjon.

89-rasm. Ho’l mevalar:


A-B- rezavor; D-olma; E-banan; F-pomeranes; G-qovoq.


Rezavor meva sersuv (senokarp meva) ko‘p urug‘li ho‘l meva. Tok (Vitis), ituzum (Solanum nigrum), kartoshka (Solanum tuberosum), banan (Musa) o‘simliklarning mevalari rezavor meva hisoblanadi.
Olma meva (sinkarp meva). Olma mevaning hosil bo‘lishida urug‘chining tugunchasi bilan birga guldon, changchilarning ostki qismi, gultoj va gulkosabarglar ishtirok etadi. Behi (Cydonia), nok (Pyrus) va olma (Malus) mevalari misol bo‘ladi.
Danak meva - bitta meva bargchasining birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan ho‘l meva. Danak mevalar shaftoli (Persica), gilos (Cerasus), o‘rik (Armeniaca) o‘simliklarida bo‘ladi.
Pomeranes yoki gesperidiy meva - rezavorsimon senokarp meva bo’lib, ular rutadoshlar oilasining sitrus o’simliklarida uchraydi. Apelsin, limon o’simliklarida bo’ladi.
To‘pmevalar – bir-biriga yaqin joylashgan gullardan tashkil topgan to‘pguldan hosil bo‘ladi: tut, anjir, ananas, qand lavlagi mevasi misol bo’ladi.
Meva va urug‘larning tarqalishi. O’simliklarning uzoq evolyutsion rivojlanishida meva va urug’larning tarqalishining ko’pgina usullari kelib chiqqan. Urug‘lar va mevalar turli yo‘llar bilan tarqaladi. Sersuv mevalar asosan parrandalar yordamida, ilmoqchalar bilan qoplangan mevalar hayvonlarning juniga ilashib, tuk va qanotchalari bo‘lgan mevalar shamol ta’sirida tarqaladi. Shunga qaramay urug‘ va mevalarning tarqalishida asosan odamlar muhim o‘rin tutadi.
Meva va urug’larning tarqalishiga moslanishi ikki yo’nalishda borgan. Ulardan biri tabiatdagi har xil kuchlardan foydalanishdan (shamol, suv, hayvonlar) va ikkinchisi o’simlik o’z kuchi yordamida meva va urug’larini sochib yuborishdan iborat. O’simliklarni diasporalari (yunon. “diaspeyro”-sochilmoq ) tabiiy ravishda o’simlik tanasidan ajralib, ko’payish uchun xizmat qiladi. Diasporalar (spora, urug’, meva va boshqalar) vositasi bilan tarqaladi.
Diasporalarni tarqalishi asosan ikki xil usul bilan bo’ladi: 1. Avtoxoriya (yunon. “avtos”-o’zi, “xoreo”-tarqalaman) meva va urug’larning o’zlari tomonidan tarqalishi, bunday o’simliklar avtoxor o’simliklar deb ataladi. 2. Alloxoriya (yunon. allos-boshqa, xoreo-tarqalaman) – turli vositalar orq ali (suv, shamol, qushlar, hayvonlar va odam) tarqaladi.
Avtoxorlarni meva va urug’lari, odatda, yaqinga, ko’pi bilan 1-2 m nariga sochiladi. Avtoxorlar ikkiga: mexanoxorlarga va baroxorlarga bo’linadi. Mexanoxorlarning ko’pchiligi ko’sak va qo’zoqning yorilishi vositasi bilan urug’lari undan otilib sochiladi (masalan, binafsha, lola va boshqalar). Ba’zi o’simliklarning mevalari pishgan vaqtda meva ichida kuchli bosim hosil bo’ladi va meva yorilgan vaq tda unda urug’lari zarb bilan sochiladi, ayni vaqtda charsillagan ovoz chiqadi. Bunday o’simliklarga binafshalar, burchoqdoshlar (sariq akatsiya, burchoq, mosh va boshqalar), yorongul, yovvoyi xina va boshqalar misol bo’la oladi.
O’zbekistonda keng tarqalgan yovvoyi bodringning pishgan mevasiga salgina tegilsa, urug’lari shilimshiq modda bilan otilib chiqib, o’tib ketayotgan odam yoki hayvonga yopishib oladi va shu tariqa uzoqlarga tarqaladi.
Chatnab ochiluvchi q uruq mevalar (dukkak, qo’zoq va qo’zoqcha) yetilganda meva sirtining tashq i va ichki to’qimalari har xil darajada tarang bo’ladi. Shuning natijasida meva yoni chatnab yoriladi, ular kuch bilan atrofga sochiladi.
Alloxor o’simliklarning meva va urug’lari asosan to’rt xil yo’l bilan: anemoxor (yunon. anemos-shamol), zooxor (yunon. zoon-hayvon), gidroxor (yunon. gidro-suv) va antroxor (yunon. antropos-odam) tarqaladi (90-rasm).
Anemoxor o’simliklar tabiatda juda ko’p tarq algan. Ularni meva va urug’larini shamol yordamida tarqalishiga ba’zi moslamalari «ko’pakcha», «qanotcha» yordam beradi.

90-rasm. Meva va urug’larning tarqalishi:
1-8-anemoxoriya (1-5-uchma mevalar; 6-8-qanotchali mevalar); 9-11-zooxoriya; 12-13-gidroxoriya (12-nilifar; 13-kokos palmasi mevasi).

Bunday moslamalar (tol, terak, q arag’ay, shumtol, zarang, saksavul, juzg’un, selin) kabi o’simliklarda uchraydi. Moslamalar urug’ va mevalarni havoda shamol bilan tarqalishini osonlashtiradi. Ba’zi o’simliklarni (orxidiyadoshlar, shumgiyadoshlar)ning urug’lari juda mayda va yengilki, ular havoda shamol vositasida uzoq masofaga tarqaladi.


Markaziy Osiyo cho’llarida o’sadigan ba’zi o’simliklarni mevasi pishgandan keyin yer osti q ismidan uziladi va cho’lda ancha joygacha shamol bilan uchib boradi, ayni vaq tda bir kanchasi bir-biri bilan chirmashib, kattakon shar bo’lib qoladi, silkinish vaqtida urug’lar to’kiladi. Bunday o’simliklar dala bo’ylab yumalovchi deb ataladi (yantoq, sho’ra, boltiriq, boyalich, italiya, exiumi). Ko’pchilik o’simliklarning urug’ va mevalari hayvonlar vositasi bilan tarqaladi. Masalan, qadaluvchi yoki yopishqoq , ilmoqli (ilgakka o’xshash o’simtali) mevalar hayvon juniga ilashib uzoq larga ketadi. Ular (sariq choy, ittikon, temirtikon, yovvoyi sabzi, qo’ytikon va boshqalar) ning urug’ va mevalari shu yo’l bilan tarqaladi.
Ho’l mevalarning urug’larini hayvonlar asosan, ko’plab tarqatadi va shuningdek ko’p urug’lar loy bilan birga hayvon va qushlarning oyoqlariga yopishadi. Ular shu yo’l bilan uzoq masofalarga tarqaladi. Urug’ va mevalarni qushlar bilan tarq alishiga ornitoxoriya (yunon. ornitos-qush; xoreo-tarqalish) deb ataladi.
Donsiz etdor sersuv mevalarni qushlar yeydi. Hazm bo’lmagan urug’lar axlat bilan birga tashq ariga chiqariladi. Bu hodisaga endozooxor (yunon.endo-ichki) deyiladi. Nihoyat ba’zi o’simliklarni urug’lari chumolilar bilan tarqaladi, bunga mirmekoxoriya (yunon. mirmeks-chumoli) deb ataladi (gunafsha, burmaqora, g’ozpiyoz va boshqalar).
Gidroxor o’simliklar ko’pincha daryo, ko’l va dengiz q irg’oq larida o’sadi va ularni meva urug’lari suv vositasida tarq aladi, Masalan, daryo va dengizning cho’milish uchun qulay bo’lgan q irg’oq larida sho’radoshlar oilasining (Atreplex) kuklak deb ataladigan bir necha turlari (olabuta yoki sho’rolabuta), qatron (Crambe maritima) va boshq a o’simliklarni mevalar suv vositasida tarq aladi. Oq nilufarning urug’lari uning chuq ur joyida turuvchi havo pufagi yorilguncha suv yuzasida suzib yuradi. So’ngra ular suv tagiga cho’kadi va ko’karadi.
Tropik mintaqasining dengiz qirg’oqlarida o’suvchi kakos palmasining mevalari okeanlarda uzoq suzib yuradi va to’lqin ularni yangi joylarda quruqlikka chiqaradi. Shu yo’sinda bu o’simlik Janubiy Amerika q it’asida butun tropik mintaqalarga tarqalgan. Nihoyat, bizda o’sadigan ko’p yovvoyi va begona o’tlarning urug’lari qor va yomg’ir suvlarida oqib shu yo’l bilan tarqaladi.
O’simliklarni urug’ va mevalari inson tomonidan g’ayri ixtiyoriy yoki itiyoriy ravishda tarqaladi, bunday tarqalishga antropoxoriya deb ataladi. Masalan, g’ayri ixtiyoriy ravishda quyon quyrug’i (Erigiron canadensis), yovvoyi gultojixo’rozning turlari (Amaranthus retroflexus), elodeya (Elodea canadensis) va boshqa bir necha o’simliklar Yevropaga, Shimoiy Amerikadan (Kanada) olib kelingan. Hozir bu o’simliklar Osiyoda ham tarqalgan. Qo’ytikan (Xanthium spinossumum) Janubiy Amerika qit’asidan Janubiy Yevropaga, u yerdan O’rta Osiyoga keltirilgan. Katta zupturum (Plantago major), bug’doyiq (Agropyron repens), eshako’t (Stelaria media), sho’rak (Salsola) va boshq a o’simliklar Yevropadan Shimoliy Amerikaga olib kelingan va tarqatilgan.
Kaktus o’simliklarining vatani Meksika yarim oroli hisoblanadi. U yerda ular yovvoyi holda katta maydonlarni ishg’ol etadi. Hozir kaktusning bir qancha turlari Avstraliya va Shimoliy Afrikaning sahrolarida ixtiyoriy ravishda o’stirilib iqlimlashtirilmoqda va shu usul bilan boshqa joylarga tarqatilmoq
Nihoyat odamning faoliyati begona o’t urug’larining tarqalishiga sababchi bo’ladi. Masalan, yaxshi tozalanmagan va saralanmagan urug’lik yerga ekilganda uni ichidagi begona o’tlarni urug’lari yerga tushadi va juda tez ko’payib ketadi. Shuning uchun urug’liklarni yaxshilab tozalash kerak. Bu usul bilan begona o’simlik urug’larini tarqalishini to’sish mumkin.
Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin