Gulruh Baxodir qizi Vafoeva Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi annotatsiya


Keywords: high, spirituality, youth, education, Central Asia, scholar, science,  heritage.  KIRISH



Yüklə 58,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix25.12.2023
ölçüsü58,38 Kb.
#195744
1   2   3   4   5   6
yuksak-manaviyatli-yoshlarni-tarbiyalashda-orta-osiyo-allomalarining-ilmiy-meroslarining-orni

Keywords:
high, spirituality, youth, education, Central Asia, scholar, science, 
heritage. 
KIRISH 
Endilikda jahon ma‟naviyati va ma‟rifati saltanatida o‟z o‟rinlariga ega bo‟lgan 
ulug‟larimizni teran anglash, o‟rganish va ulug‟lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 
yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi davrida respublikamiz 
yosh avlodi, Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganidek, “...necha yillar bizni 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-108-113
Academic Research, Uzbekistan 109 www.ares.uz 
tariximizdan, dinmizdan, ma‟naviy merosimizdan g‟ofil etishga urindilar, - natijada 
ular o‟z xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy 
madagiyatidan bahramand bo‟lish, o‟rganishdan mahrum bo‟lib keldi”[1]. 
Mustaqillik tufayli o‟rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo‟lgach, ona zaminimiz 
ma‟naviy merosini chuqurroq o‟rganish biz yoshlarning vazifamiz, inchunun, o‟z 
tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‟lmaydi. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
IX-XV asrlarni Yaqin va O‟rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda 
«Renessans» (uyg‟onish) davri deb atashadi. Ma‟naviyat va ma‟rifatning g‟oyat 
gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo‟lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, 
ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez 
sur‟atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta‟sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa 
halifa Ma‟mun davrida (813-133 yy.) Bag‟dodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi) 
tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va 
ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o‟girildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib 
chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg‟oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy 
kabi mutafakkirlar ham katta rol o‟ynadilar. 
O‟rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar al-
Farg‟oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog‟liqdir. Ularning har ikkovi ham 
Bag‟doddagi “Bayt-ul-hikma”ning etakchi ilm sohiblaridan sanalgan. 
1998 yilda al-
Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861 
yildir. 
U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Astranomiya va 
astralyabiyaga kirish”, “Falakdan bo‟ladigan sabablar”, “Astralyabiya fani usullari”, 
“Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi” va boshqalardir. Farg‟oniyning “Astranomiya 
asoslari” kitobi o‟sha davrdagi astranomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo‟lgan. 
Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. 
Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko‟p asrlar davomida Evropada 
astronomiya bo‟yicha qo‟llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan. U Evropada al-
Fraganus nomi bilan mashhur bo‟lgan. 
Al-Xorazmiy (780-850 yy.) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimdir. 
Uning ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi xizmatlari 
beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan. 
Xorazmiy bir qancha kitob va risolalarning muallifidir. Bulardan eng mashhuri 
“Kitob al-jabr va al-muqobala” asaridir. Bu asar riyoziyotda yangi mustaqil fan – 
algebraning vujudga kelishiga zamin bo‟ldi. U tenglamalarni echishning ikki usulini 



Yüklə 58,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin