Gumanitar fanlar


O‟zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar



Yüklə 460,23 Kb.
səhifə12/69
tarix18.04.2023
ölçüsü460,23 Kb.
#99755
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69
Gumanitar fanlar

3. O‟zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar
strategiyasi – milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi.
Har bir davrning o‘z taraqqiyot omillari, ehtiyojlari, talablari va xayotiy tamoyillari bo‘ladi. Tabiiyki, bularning barchasini shakllantirish va rivojlantirishga, ularga alohida ma‘no-mazmun bag‘ishlashga, bu davrda davlat, jamiyat hayoti, ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatining aniq yo‘nalishlarini belgilab beradigan ulkan tarixiy voqealar bo‘ladi. 2016 yil 4 dekabrda mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, hech shubxasiz, yangi tariximizdagi ana shunday beqiyos xodisa bo‘ldi. Chunki aynan ana shu saylovda butun O‘zbekiston xalqi o‘zining buyuk siyosiy irodasi, xuquqiy madaniyatini namoyon etib, mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyoti, xalqimiz, farzandlarimizning yorug‘ kelajagi, farovon hayoti uchun ongli ravishda ovoz berdi. Demokratik talablarga to‘liq mos tarzda, milliy saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar doirasida, ochik va oshkora o‘tgan saylov jarayonini 5 ta nufuzli xalqaro tashqilot va 46 ta davlatdan 600 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib bordi. Yuksak saviyada o‘tgan O‘zbekistop Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etgan SHavkat Miromonovich Mirziyoev saylovchilar umumiy sonining 88,61 foiz ovozini olib g‘olib bo‘ldi. Toshkent shaxrida 2016 yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev nutq so‘zladi. Davlatimiz raxbari yaqin va o‘rta istiqbolda mamlakatimiz oldida turgan eng muxim va dolzarb vazifalarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Ma‘lumki, bu vazifalarga Prezidentimizning saylovoldi dasturida aloxida e‘tibor qaratilgan edi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilar vakillari
bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar jarayonida ular yanada boyitildi. «Bizning vazifamiz - to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan xolda,- dedi Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi marosimiga bag‘ishlangan nutqida, - o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni katiy amalga oshirishdan iborat. SHu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun katiyat bilan xarakat qilishimiz zarur. SHu maqsadda 2017 - 2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ishlab chiqish yaqin kunlarda yakunlanadi». Xaqiqatan ham, Prezidentimizning bevosita raxbarligi ostida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini ham o‘z ichiga oladigan mazkur keng ko‘lamli dasturiy xujjat xar tomonlama puxta ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi 2017 yil 7 fevralda imzolangan Farmoniga muvofiq, uni xayotga joriy etish bo‘yicha qonuniy tamoyil va mexanizmlar tasdiqlandi. Mazkur Farmonga berilgan sharhda Harakatlar strategiyasining ahamiyati alohida tasdiqlanib, bu boradagi loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in muxokamalar olib borilgani, ular turli axborot maydonlariga joylash- tirilgani, buning natijasida ko‘plab taklif va muloxazalar kelib tushgani, xususan, «Qonun xujjatlari ta‘sirini baxolash tizimi» portalida yo‘lga qo‘yilgan muxokamalar tufayli kelib tushgan 1310 ta taklif-muloxoza asosida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib chiqilgani qayd eti- ladi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda ham, chet el ijtimoiy-siyosiy doiralari tomonidan ham katta qiziqish va e‘tibor bilan o‘rganilmoqda. Bu borada atoqli olimlar, nufuzli ekspert va kuzatuvchilar, turli darajadagi ko‘zga ko‘ringan raxbarlar o‘z fikr-muloxazalarini bildirmoqdalar. Harakatlar strategiyasining xar bir ustuvor yo‘nalishi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun g‘oyat muxim ahamiyatga ega bo‘lib. ular quyidagilardan iborat. Birinchi yo’nalishda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari alohida belgilab beriladi. Unda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, shu orqali qonun ustuvorligiga erishish asnosida jamiyatda boshqaruvning erkin va xalq xokimiyatchiligi tamoyillarini chuqurlashtirishga erishiladi. Davlat boshqaruvi tizimini liberallashtirish, turli byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat boshqaruvida keng jamoatchilikning faol ishtirokini taminlash choralarini ko‘rish bo‘yicha aniq g‘oyalar ilgari suriladi. Ochiq jamiyat qurish, davlat va fuqaro munosabatlarini mustahkamlash va natijada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida muxrlab qo‘yilganidek, davlatning yagona va birdan-bir manbai xalq ekani, davlat xalq manfaatlarini himoya qilishi, ayni paytda xalq o‘z maqsad va intilishlarini, orzu-umidlarini davlat timsolida ko‘rishi kabi printsip va qoidalarni to‘liq amalga oshirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Ikkinchi yo’nalish qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-xuquq tizimini yanada isloh, qilishning ustuvor yo’nalishlaridan iborat. Bunda sud xokimiyatining chinakam samaradorligini taminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish ustuvor vazifa qilib qo‘yildi. Mazkur yo‘nalishda fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taminlash, qonun ustuvorligiga erishish orqali inson manfaatlarini himoya qilish, qabul qilingan barcha qonunlarning to‘la va samarali ishlashi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga jiddiy e‘tibor beriladi. Oliy sud faoliyatini isloh qilish, uning zamonaviy, xozirgi kun talablari asosida ishlaydigan tizimini vujudga keltirish borasida yangi g‘oyalar ilgari surildi. Jumladan, ma‘muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish orqali adolatli, xalqchil, fuqarolar manfaatlarini to‘la himoya qila oladigan, ularning muammolarini o‘z vaqtida xal qilib beradigan sud tizimini vujudga keltirish talab etiladi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish, eng muximi, turli xuquqbuzarliklarni oldini olish, ularning sodir etilmasligi choralarini ko‘rish, profilaktika tizimini yanada chuqurlashtirish va samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, sudxuquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, qonunga rioya qilish va qonun ustuvorligiga erishish orqali sud va sudlovning yuksak madaniyatiga erishish yo‘l-yo‘riqlari aniq-ravshan aks ettiriladi. Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish orqali sudxuquq organlarini «jazolovchi organdan fuqarolar manfaatini himoya qiladigan, ularning kundalik yumushlariga yordam beradigan, har kanday muammolarini qonun doirasida xal qilib beradigan xizmatlar organiga aylantirish» (Islom Karimov) mexanizmining yuqori saviyada ishlashini ta‘minlash bo‘yicha amaliy yechim va takliflar ilgari suriladi. Uchinchi yo’nalish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlarini o’zida ifoda etadi. Bunda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini saqlab qolish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish xisobidan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning raqobatdoshliligini oshirish, mamlakat eksport saloxiyatini kuchaytirish bosh vazifa qilib qo‘yilgan. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, tuproq unumdorligini va ekinlar xosildorligini oshirish, yangi va xaridorgir maxsulotlar yetishtirish orqali jaxon bozoriga chiqishning yangi yo‘nalishlarini joriy etish nazarda tutiladi. Iktisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk xuquqini himoya qilish, mulkka egalik qilish va uning xajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, uni rag‘batlantirish mo‘ljallanmoqda. Viloyat, tuman va shaharlarni ularning tabiiy geografik imkoniyatlari, yer sharoiti va dexqonchilik madaniyatini nazarda tutgan xolda, xududiy extiyoj va manfaatlar nuqtai nazaridan iqtisodiy rivojlantirish choralarini ko‘rish belgilangan.

Yüklə 460,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin