3. Ozbekiston saylov qonunchiligining rivojlanishi Respublikamiz mustaqillikni qo’lga kiritishi munosabati bilan saylov huquqini rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Saylov qonunchiligi xozirgi kunda takomillashuv jarayonini boshdan kechirmoqda, uning mukammal bo’lishi uchun etakchi demokratik mamlakatlarning tajribasidan ijobiy jihatlari olinmoqda. Har qanday qonun uchun eng asosiy narsa uni amaliyotga tadbiq etish mexanizmidir. SHuning uchun qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni bilan birga amalga kiritish mexanizmlarini ham mukammal darajada takomillashtirishimiz lozim. Bunda milliy davlatchiligimiz tarixiy hususiyatlari va saylovlarni o’tkazishda ilgari to’plangan ijobiy tajribaga suyanish, yo’l qo’yilgan nuqsonlarni takrorlamaslik, ilg’or jahon tajribasi hamda demokratiya tamoyillari ustivorligiga erishish g’oyatma‘suliyatli vazifadir. 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi milliy saylov tizimimizni yaratilishiga asos soldi. Jumladan, uning 7-moddasida ―Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir‖, ―O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko’zlab va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi‖ deyilgan muhim konstitutsiyaviy qoidalarning belgilanishi konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplari sifatida mustahkamlandi. SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqi Konstitutsiyaning 32-moddasida alohida mustahkamlangan. Unga ko’ra, ―O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o’zini-o’zi boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi‖. Saylov huquqiga oid yana bir – 60-moddasida ―Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o’zlarining demokratik yo’l bilan saylab qo’yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar‖, deb belgilangan. SHuningdek, Konstitutsiyaning 77-moddasida O’zbekistonda saylovlar ko’ppartiyalik asosida o’tishi ko’zda tutilgan39. Eng asosiysi, Konstitutsiyada saylov tizimi prinsiplariga bag’ishlangan maxsus bobning mavjudligi O’zbekistonning saylov qonunchiligini shakllantirishda muhim qadam bo’ldi. Uning XXIII bobi ―Saylov tizimi‖ deb nomlanib, 117-moddada ―O’zbekiston Respublikasining fuqarolaridavlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o’z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi‖ deyilgan muhim konstitutsiyaviy tamoyillar o’z aksini topdi. O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishda saylovlarning mustahkam o’rnini belgilash maqsadida Konstitutsiyaga alohida ―Saylov tizimi‖ deb nomlanuvchi XXIII bobni kiritilishi, bir tomondan saylov tizimining asosiy prinsiplarining konstitutsiyaviy mustahkamlanishi saylov huquqi bo’yicha umumiy tan olingan xalqaro andozalarga rioya qilinishini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, mazkur konstitutsiyaviy qoidalar saylov qonunchiligini yaratishda poydevor vazifasini o’tadi. Mustaqqillik davrida O’zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablar, ilg’or xorijiy yuridik tajriba va milliy-tarixiy an‘analar hamda konstitutsiyaviy prinsiplar asosida milliy saylov qonunchiligi tizimi yaratildi. Uning asosiy qoidalari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining maxsus XXIII bobida, shuningdek alohida qabul qilingan ―O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti saylovi to’g’risida‖gi (1991 yil 18 noyabr), ―O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida‖gi (1993 yil 28 dekabr), ―Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida‖gi (1994 yil 5 may), ―Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida‖gi (1994 yil 5 may), ―O’zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida‖gi (1998 yil 30 aprel) qonunlarda o’z aksini topdi. Milliy saylov qonunchiligi va amaliyoti O’zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning uzviy tarkibiy qismi bo’lib, ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar tuzumdan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish sari qo’yilgan qadamdir. Saylov tizimi huquqiy asoslarining yaratilishi, rivojlanishini va saylov amaliyotini bizning fikrimizcha quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish mumkin: Birinchi bosqich (1991-1995 yy.) – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi va O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti saylovi, bir palatali Oliy Majlisni ko’ppartiyaviylik asosida shakllantirish davrini o’z ichiga oladi. Bu davrda ―O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti saylovi to’g’risida‖gi (1991 yil 18 noyabr), O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dekabr), ―O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida‖gi40 (1993 yil 28 dekabr), ―Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida‖gi (1994 yil 5 may), ―Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida‖gi (1994 yil 5 may) qonunlarning qabul qilinishi umume‘tirof etilgan taomoyillar asosida ko’ppartiyali, muqobil saylovlarni tashkil etishning huquqiyasosini yaratdi. Bu bosqichda 1994 yil 5 mayda muhim hujjat – ―Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida‖gi qonun qabul qilinganligi fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirish va ularning o’z xohish-istaklarini erkin ifodalash mexanizmini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. YAngi saylov qonunchiligi amaliyotda 1994 yilda ko’ppartiyalilik asosida o’tkazilgan parlament saylovlarida sinab ko’rildi. Uning natijasida birinchi chaqiriq Oliy Majlis uchta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari, tashabbuskor guruhlar tomonidan ko’rsatilgan nomzodlar asosida saylangan deputatlardan shakllandi. SHu asosda, konstitutsiyaviy-huquqiy mexanizmlar orqali yagona partiyaning ―etkachilik roli‖ga asoslanuvchi ―sho’ro‖ siyosiy tizimidan demokratik shakllangan, ko’ppartiyaviylikka tayanadigan milliy parlament vujudga keldi. Ikkinchi bosqich (1995-2000 yy.)– milliy saylov qonunchiligining birinchi bosqichda o’tkazilgan parlament saylovlarida to’plangan amaliy tajribaga muvofiq saylov tizimining demokratik asoslarini mustahkamlash va qonunlarga tegishli o’zgartirishlar kiritish kabi tadbirlarni o’z ichiga oladi. Jumladan, bu bosqichda saylovlarni tashkil etish va natijalarini aniqlashda xolislik hamda ehtiroslarga yo’l qo’ymaslikni ta‘minlashga qodir mustaqil organ – Markaziy saylov komissiyasi tuzish talabidan kelib chiqib, ―O’zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida‖gi (1998 yil 30 aprel) qonun qabul qilindi va mamlakatimiz tarixida ilk bor demokratik yo’l bilan O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuzildi. Bundan tashqari, deputatlikka mustaqil nomzodlarni ilgari surishni kuchaytirish, O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik va siyosiy fikrlar xilma-xilligini kuchaytirishga keng shart-sharoitlar yaratish maqsadida saylov qonunchiligidan ―besh foizlik to’siq‖ haqidagi qoida chiqarib tashlandi va saylovchilar tashabbuskor guruhlarini bevosita nomzod ko’rsatish huquqlari mustahkamlandi. SHuningdek, 1999 yil 19 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar hamda xalq deputatlari, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risidagi qonunlarga bir qator jiddiy to’ldirishlar va o’zgartirishlar kiritildi. Saylov jarayoning muhim sub‘ektlari sanalgan siyosiy partiyalar faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi O’zbekiston Respublikasi ―Siyosiy partiyalar to’g’risida‖gi qonunni 1996 yilning dekabrida qabul qilinishi 1999 yilda o’tkazilgan parlament saylovlariga yangi huquqiy zamin yaratdi41. Siyosiy partiyalarda Oliy Majlisda o’z siyosatini uyushgan holda o’tkazish uchun parlament fraksiyalarini tashkil etishning qonuniy kafolatlari vujudga keldi. Eng muhimi, siyosiy partiyalar saylov tartib-qoidalariga rioya qilinishini nazorat etish bo’yicha vakolatlari kengaydi va nomzod ko’rsatgan siyosiy partiya har bir saylov uchastkalariga o’z kuzatuvchilarini tayinlash huquqiga ega bo’ldi. 1999 yilda o’tkazilgan parlament saylovlarida fuqarolar ikkinchi marotaba bir nechta nomzod orasidan o’zlariga ma‘qullarini saylashdi, ularning har biriga tegishli baho berishdi. Bu saylovlarda raqobat yanada kuchli, saylovchilarning nomzodlarga talablari esa yanada yuqori bo’ldi. Uchinchi bosqich (2000-2009 yy.) –faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri bo’lib, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishda muhim rol o’ynagan davr bo’ldi. Bu davr bevosita ikki palatali Oliy Majlis tizimiga o’tish bilan bog’liq saylov qonunchiligi tadrijiy taraqqiyoti uchinchi bosqichning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2000 yil 25 mayda bo’lib o’tgan Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasidagi ―O’zgarish va yangilanish – hayot talabi‖ ma‘ruzalarida: ―... hayot o’zgarishi bilan, odamlarimizning avvalgi siyosiy va ma‘naviy ongi ulg’ayishi bilan, bizning parlamentimizning tashkil etilishida ham, uning faoliyatida ham o’zgarishlar bo’lishi tabiiy. SHu holatlarni nazarda tutib, men doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o’tish taklifini kiritmoqchiman‖42deb, ilgari surgan mazkur g’oyalari bu davrda qabul qilingan qonun ijodkorlik faoliyati dasturida markaziy bo’g’in bo’ldi43. Bunda asosiy e‘tibor quyi palata – qonunchilik palatasini shakllantirishning bosh prinsipi asosan partiyaviy vakillik prinsipi bo’ldi. Bu siyosiy partiya vakillarining o’z ijtimoiysiyosiy qarashlarini va saylovlar manfaatlarini ifodalash uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Parlamentning yuqori palatasi – Senat teng huquqli hududiy vakillik organi sifatidagi vakolatlari hamda u pog’onali saylovlar asosida shakllanishi konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlab qo’yildi44.Davlat boshqaruvini demokratlashtirish va yangilash hamda erkinlashtirish sharoitida Birinchi Prezident vakolati muddatini o’zgartirilishi va uning ayrim vakolatlarini Senat va Bosh vazirga o’tkazilishi, ikki palatali parlament barpo etilishi o’z-o’zidan saylov to’g’risidagi qonunlarning o’zgarishiga olib keldi. SHu bois 2003 yilning 29 avgustida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar45 hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risidagi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi. SHunday qilib, ikki palatali parlamentga saylovlar uchun zarur normativ-huquqiy baza amalda yaratildi. Unda saylov huquqining xalqaro standartlari va saylov tizimlarini rivojlantirish tajribasi, shuningdek mamlakatda parlamentarizm taraqqiyotining milliy xususiyatlari e‘tiborga olindi. Masalan, 2004 yilgi saylovlarga qadar saylov qonunchiligiga joriy etilgan eng muhim yangiliklar qatorida – mahalliy Kengashlarning deputatlikka nomzodlar ko’rsatish huquqi bekor qilinganligi, siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko’rsatganida xotin-qizlar uchun kvota belgilangani, shuningdek saylovoldi tashviqotini olib borishda partiyalar faoliyatini moliyalashtirish masalasining hal etilganligini alohida ta‘kidlab o’tish kerak. 2004 yil 30 aprelda ―Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida‖gi qonun esa partiyalarga saylovoldi kurashini faol va saylovchilar uchun qiziqarli tarzda o’tkazishlariga qo’shimcha imkon yaratdi4660. Bundan tashqari, 2008 yil 19 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan ―Saylov to’g’risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida‖gi Qonun saylov jarayonining huquqiy asoslarini yanada rivojlantirdi.Ushbu qonunga muvofiq, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi deputatlik o’rinlari sonini 120 tadan 150 taga oshirildi. Bunda 135 ta o’rinni siyosiy partiyalardan ko’ppartiyaviylik asosida bir mandatli okruglarda saylanadigan deputatlar egallaydi. O’zbekiston ekologik harakatidan esa Qonunchilik palatasining o’n besh deputati mazkur harakatning oily organi (Konferensiyasi) tomonidan Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan muddatlarda saylanadigan bo’ldi. SHuningdek, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan real jarayonlarda siyosiy partiyalarning roli kuchayib borayotganligi inobatga olinib saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan deputatlikka nomzodlar ko’rsatish instituti bekor qilindi. SHuningdek, deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari soni 5 nafardan 10 nafarga oshirildi. Saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishda saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini yanada kuchaytirishni ta‘minlashga yo’naltirilgan bir qator yangi tartib-qoidalar joriy etilmoqda. Uchinchi bosqich (2010dan h.d.) –mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish qilish davridir. Ushbu davr O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrdagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»ning e‘lon qilinishi bilan boshlandi. Ushbu Konsepsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar asosida qonunchilik tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan «Saylov erkinligini yanada ta‘minlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi munosabati bilan «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida»gi hamda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqidagi O’zbekiston Respublikasining Kelgusida ushbu Qonunning amalga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi natijasida fuqarolarning saylov huquqi erkinligi yanadata‘minlanishiga erishiladi. Yuqorida qayd qonunlarda saylov tizimi va uning mazmun-mohiyati, saylov tizimining asosiy tamoyillari, saylash va saylanish huquqi, saylovlarni tashkil etish, o’tkazish, ovoz berish natijalarini aniqlash, fuqarolarning saylovlardagi ishtiroki, saylov huquqining kafolatlari, saylovlarni moliyalashtirish va shu kabi o’ta muhim masalalarni huquqiy tartibga solish mezonlari belgilandi. Yangi qonun orqali «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida»gi va «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga 4 tadan, jami 8 ta yangi qo’shimcha prim moddalar va 16 ta turli mazmundagi qo’shimchalar kiritildi. Saylov qonunchiligiga kiritilgan yangi o’zgartish va qo’shimchalarning mohiyati quyidagilardan iborat. Birinchi. «Saylovoldi tashviqoti» tushunchasini aks ettirgan quyidagi yangi definitive me‘yor saylov qonunchiligida mustahkamlandi: «saylovoldi tashviqoti – saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni deputatlikka nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat». Ushbu qoidaning qonunchilikka kiritilishi birinchidan, saylovoldi tashviqotining mazmun-mohiyatidan aholini xabardor etsa, ikkinchidan, saylovoldi tashviqotining o’ziga xosligi, ob‘ekti va sub‘ekti, amalga oshirish tartibi haqida ham aniq ma‘lumot beradi. Saylovoldi tashviqoti nomzodlar va siyosiy partiyalar uchun o’z imkoniyatlarini namoyon qilish yo’lidagi o’ziga xos muhim siyosiy jarayon hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va saylov qonunchiligining asosiy vazifasi siyosiy kurashning adolatli, xolisona, ochiq va oshkora olib borilishi uchun barcha nomzodlarga teng imkoniyat va kafolatlarni yaratish orqali siyosiy plyuralizm, ya‘ni fikrlar erkinligi va xilma-xilligi asosidagi sog’lom raqobatni ta‘minlashdan iboratdir47. Shundan kelib chiqqan holda saylovoldi tashviqoti tushunchasining aniq ta‘rifini ishlab chiqilishi va uni qonun hujjatlarida mustahkamlanishi mazkur jarayondagi turli bahsli masalalarning oldini olish va tushunmovchiliklarni bartaraf etish hamda saylovlarni demokratik andozalarga mos holda amalga oshirilishini ta‘minlashga xizmat qiladi. Xorijiy mamlakatlarning bu boradagi tajribasiga e‘tibor qaratsak, Ispaniya, Kanada, Meksika kabi mamlakatlar qonunchiligida saylovoldi tashviqotiga aniq ta‘rif berilgan. AQSH48, YAponiya49, Fransiya50, Polsha51, Belorussiya52va Xindiston53 kabi mamlakatlar saylov qonunchiligida ham saylovoldi tashviqotining boshlanishi va yakunlanishi bilan bog’liq qoidalar mavjud bo’lsa-da, aynan saylovoldi tashviqotining yagona ta‘rifi mavjud emas. Ikkinchidan, yangi qonunga asosan,saylovoldi tashviqotini amalga oshirish muddatlari o’zgardi. Avval bu jarayon faqatgina saylov kuni amalga oshirilishi taqiqlangan bo’lsa, yangi o’zgartirishlarga muvofiq ovoz berish kuniga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotini amalga oshirish mumkin emasligi qonunda aks ettirildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad saylovchilarga o’z qarashlarini, siyosiy xayrixohligini aniqlab olish, boshqacha aytganda, ularning kim uchun va qanday siyosiy dastur uchun ovoz berish masalasida ongli ravishda aniq bir qarorga kelishi uchun qo’shimcha vaqt berilishiga imkon yaratish, hamda ovoz berish arafasida turli suiiste‘mollik holatlari va qonun buzilishlarining oldini olish imkonini beradi. Mazkur o’zgartishning kiritilishi uchastka saylov komissiyalarining saylovlarga tayyor bo’lishi uchun hamda saylovlarni qonunga mos holda o’tkazishlari uchun sharoit yaratadi. Ushbu masalaga oid xorijiy tajribaga e‘tibor qaratsak, Yaponiya va Belorussiya qonunchiligiga ko’ra, «saylovoldi tashviqotini amalga oshirish saylov kuni taqiqlanadi»54. Kanadada «saylovoldi tashviqoti ovoz berishga ikki kun qolganda yakunlanadi»55. Hindiston saylov qonunchiligida ham shunga o’xshash qoidani uchratish mumkin, unga asosan, «saylovoldi tashviqoti ovoz berish Kuniga 48 soat vaqt qolganda to’xtatiladi»56. Rossiya Federatsiyasi va Moldova mamlakatlari qonunchiligiga asosan, «saylovoldi tashviqoti ovoz berish kunidan bir kun oldin va ovoz berish kuni taqiqlanadi»57. Fransiya, Polsha va Ozarbayjon davlatlari qonunchiligida «ovoz berishga bir sutka vaqt qolganda saylovoldi tashviqotini amalga oshirish taqiqlanadi» degan qoidalar mavjud. Umuman rivojlangan mamlakatlar tajribasida keng qo’llaniladigan ovoz berish kunidan oldingi «sukunat» vaqtini qonunda aniq aks ettirilishi saylovlarning xolis va adolatli o’tishiga xizmat qiladi. Uchinchidan, saylov qonunchiligida saylovoldi tashviqotini olib borish turlari, shakllari va usullari aniq ifodalash uchun «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida»gi qonunga yangi 271-modda, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida»gi qonunga yangi 251-modda kiritildi. Bu moddalarda saylovoldi tashviqotini amalga oshirishning turlari sifatida, siyosiy partiyaning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to’g’risidagi axborotni o’zining deputatlikka nomzodlarini yoqlab ovoz berishga da‘vat etgan holda tarqatish; deputatlikka nomzod to’g’risidagi axborotni uni yoqlab ovoz berishga da‘vat etgan holda tarqatish; saylovoldi tashviqotini amalga oshirishning shakllari sifatida,saylovoldi tashviqoti omma oldida munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, intervyular, so’zga chiqishlar, saylovchilarning yig’ilishlari, deputatlikka nomzod, siyosiy partiya to’g’risidagi roliklarni joylashtirish orqali; saylovoldi tashviqotini amalga oshirishning usullari sifatida,saylovoldi tashviqoti ommaviy axborot vositalari, shuningdek televidenie, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet jahon axborot tarmog’i) orqali; bosma, ko’rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish va orqali; saylovchilar bilan uchrashuvlar o’tkazish orqali amalga oshirilishi ko’rsatilgan. SHuningdek, mazkur moddalarda deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotini olib borishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanishi mumkinligi ham qayd etilgan. Saylov jarayonining muhim bosqichi hisoblangan saylovoldi tashviqoti davomida nomzodlarning qanday usul va vositalardan foydalanishlarini aniq belgilash, saylovoldi tashviqoti davomida nimalar mumkin-u, qanday harakat mumkin emasligi huquqiy me‘yorlar asosida aniqlashtirilishi, birinchidan, turli baxsli harakatlarni oldini olishga, ikkinchidan, saylovlarning adolatli o’tishiga xizmat qiladi. Qolaversa, saylov jarayonlariga oid milliy qonunchiligimizni yanada demokratlashtirishga xissa qo’shadi. To„rtinchidan, yangi qonunga asosan, saylov qonunchiligiga saylovoldi tashviqotini ommaviy axborot vositalari orqali olib borish tartibini belgilaydigan 272-modda va 252- moddalar kiritildi. Unga muvofiq, saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga hajmiga ko’ra bir xil bo’lgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yo’li bilan teng sharoitlar ta‘minlanadi. Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin. Saylov kampaniyasida ishtirok etuvchi ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq to’lash shartlari hamda boshqa talablar barcha deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar uchun teng va bir xil bo’lishi kerak. Ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan axborot haqiqatga mos bo’lishi, deputatlikka nomzodlarning, siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. Haqiqatga to’g’ri kelmaydigan ma‘lumotlarni, shuningdek deputatlikka nomzodlarning sha‘ni va qadr-qimmatiga putur etkazadigan ma‘lumotlarni tarqatish taqiqlanadi. Saylovoldi tashviqoti maqsadida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. Beshinchidan, saylovoldi tashviqotini bosma, ko’rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borishni tartibga solish maqsadida «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida»gi qonunga yangi 273-modda, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida»gi qonunga yangi 253-modda, shuningdek, saylovchilar bilan uchrashuvlar o’tkazish orqali saylovoldi tashviqotini olib borishning huquqiy asosi sifatida yangi 274 va 254-moddalar ham qo’shimcha sifatida kiritildi. Mazkur yangi huquqiy mexanizmlarning joriy etilishi avvalambor, partiyalararo raqobatning kuchayishi, saylovoldi tashviqotining shakl va usullari tobora turli-tuman va keng miqyosga ega bo’lib borayotgani bilan izohlanadi. Bu kabi yangi qoidalar saylov kampaniyasining ushbu muhim bosqichini amalga oshirish jarayonida deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarga teng sharoitlar yaratish mexanizmlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Saylovoldi tashviqotini bosma, ko’rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish yoki saylovchilar bilan uchrashuvlar o’tkazish orqali saylovoldi tashviqotini olib borish tartibining qonunchilikda aniq belgilanishi bu jarayondaga har bir harakatni qonun asosida amalga oshirilishiga, saylovlarning adolatli o’tishiga xizmat qiladi. Oltinchidan, yangi qonunga asosan «qamoqda saqlash joylarida» saqlanayotganlar ham ovoz berish jarayonlarida ishtirok etish huquqiga ega bo’lmoqda. Xususan, «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida»gi qonunning 8, 32, 33, 38- moddalariga hamda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida»gi qonunning 8, 29, 30, 35-moddalariga «qamoqda saqlash joylarida» saqlanayotganlarning ovoz berish jarayonida ishtirok etish huquqini beruvchi qo’shimchalar kiritildi. Bu avvalo, milliy qonunchiligimizni saylovlarga oid xalqaro andozalarga yanada muvofiqlashtirilishini namoyon etsa, ikkinchidan, mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish borasida izchilislohotlar amalga oshirilayotganini ko’rsatadi. Chunki, aybsizlik prezumpsiyasiga asosan, shaxs sud xukmi bilan aybdor deb topilmagunga qadar, aybsiz hisoblanadi. Aybi isbotlanmagan, qamoqda saqlash joylarida saqlanayotgan shaxslar ham ovoz berish huquqiga ega. Qonunchilikka kiritilgan yuqoridagi qo’shimchalar ushbu huquqni ta‘minlashga, shuningdek, insonparvarlik tamoyillarini amalga tatbiq etishgaxizmat qiladi. Ettinchidan, milliy saylov qonunchiligini yanada takomillashtirish maqsadida «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida»gi Qonunning 41-moddasi hamda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida»gi Qonunning 38-moddasiga muddatidan oldin ovoz berish tartibi, muddati va asoslarini aniqlashtiruvchi qo’shimchalar kiritildi. Avval saylov qonunchiligida muddatidan oldin ovoz berish tartibi belgilangan bo’lsada, unda muddatidan oldin ovoz berish haqida saylovchilarni xabardor qilish, saylovchining nima sababdan ovoz berish kuni saylovda qatnashmasligi asoslarini taqdim etishi, qaysi joyda ovoz berishi, qancha vaqt davomida ovoz berishi, muddatidan oldin ovoz berishni kimlar tashkil etishi bilan bog’liq masalalar to’liq ko’rsatilmagan. SHuningdek, bu vaqtda uchastka saylov komissiyalarning qancha a‘zosi hozir bo’lishi lozimligi etarli darajada aniqlashtirilmagan. Saylov amaliyotidan ma‘lumki, ovoz berish kunidan oldin uchastka saylov komissiyasi a‘zolarining muayyan tarkibi yig’ilishi hammurakkab jarayon. Qonunchilikka muddatidan oldin ovoz berishning aniq tartibini belgilash bilan bog’liq kiritilgan qo’shimchalar, saylov jarayonlarida uchastka saylov komissiyalari duch keladigan ko’plab muammolarning ijobiy hal etilishini, turli shakldagi asossiz e‘tirozlarning oldi olinishini ta‘minlaydi. Sakkizinchi, «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida»gi qonunning 65-moddasi hamda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida»gi qonunning 45-moddasi quyidagi qoida bilan to’ldirildi: «Ovoz berish kuniga qadar uch kun ichida, shuningdek ovoz berish kuni jamoatchilik fikri so’rovlari natijalarini, saylov natijalari taxminlarini, o’tkazilayotgan saylov bilan bog’liq boshqa tadqiqotlarni chop etishga (e‘lon qilishga), shu jumladan ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan Internet jahon axborot tarmog’iga) joylashtirishga yo’l qo’yilmaydi». Mazkur qoida saylovchilar huquqlarining yanada ta‘sirchan himoya qilinishi, muayyan nomzodga g’arazli munosabatda bo’lish, bu borada saylov qonunchiligi buzilishining oldini olish imkonini beradi. Saylov jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta‘sir ko’rsatishning turli usullari mavjud. Ulardan biri aynan jamoatchilik fikrini o’rganib, so’rovlar natijalarini e‘lon qilish, saylov natijalari prognozlarini va o’tkazilayotgan saylov bilan bog’liq boshqa tadqiqotlarni nashr etish hisoblanadi. Bu jarayon ba‘zan saylov va uning natijalaridan keng jamoatchilikni xabardor qilishga xizmat qilsa-da, ayrim holatlarda undan saylovchilarning fikrini chalg’itish, ularni mustaqil pozitsiya tanlashlariga imkon bermaslik maqsadida foydalanish hollari ham uchraydi. Natijada o’ziga xos salbiy oqibatlar: abcenteizm yoki boshqacha ishonchsizlik yuzaga kelishi mumkin. Bunday salbiy holatlarni oldini olish uchun qonunga yuqoridagicha qo’shimchalar kiritildi. Toqqizinchi, yangi qonunga asosan «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasida o’z aksini topgan kuzatuvchilarning huquqlari belgilangan me‘yorlar quyidagi qo’shimcha bilan to’ldirilmoqda: «O’zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga nomzodlar ko’rsatish va ularni saylash bo’yicha O’zbekiston ekologik harakatining konferensiyasida hozir bo’lish». Bu qo’shimcha orqali mamlakatimizda 2008 yilda tashkil etilgan va Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o’zining 15 nafar deputatlik o’rniga ega bo’lgan O’zbekiston ekologik harakati saylovlarini ham ochiq, oshkora tarzda o’tayotganligini keng jamoatchilikka, xususan xalqaro kuzatuvchilarga bildirish, ularni O’zbekiston ekologik harakatining konferensiyasida ishtirok etishiga sharoit yaratish kabi maqsadlar mujassam. Albatta, saylov jarayonlarini xalqaro me‘yorlarga mosligini ko’rsatadigan muhim mezon bu unda kuzatuvchilarning ishtirok etishi hisoblanadi. O’zbekiston ekologik harakatining Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash bo’yicha konferensiyalarida kuzatuvchilarning ishtirok etishini huquqiy ta‘minlanishi mazkur tanlovning yanada adolatli bo’lishiga xizmat qiladi. Mamlakatimizdagi saylov qonunchiligiga asosan barcha saylov jarayonlarida kuzatuvchilarning ishtirok etishi uchun huquqiy asos yaratilgan, o’tkazilayotgan saylovlarda bir qator xorijiy mamlakatlarning ekspertlari ishtirok etib, saylovlarni ijobiy baholashmoqda. Mazkur me‘yorning qonunchilikka kiritilishi bu boradagi kichik bo’shliqni to’ldirdi va saylovlarni yanada adolatli o’tishiga xizmat qiladi. Amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlarning barchasi milliy saylov tizimining izchil va bosqichma-bosqich liberallashuvini, ikki palatali parlament saylovlarining qonun talablari va umume‘tirof etilgan xalqaro tamoyil va me‘yorlarga to’la mos holda o’tkazilishini ta‘minlaydigan mukammal qonunchilik bazasining shakllanishiga olib keldi. Ushbu qonunlarda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarning faqat ko’ppartiyaviylik asosida o’tkazilishi qat‘iy belgilab qo’yildi. Mamlakat Birinchi Prezidenti lavozimiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni siyosiy partiyalar tomonidan, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni esa – siyosiy partiyalarning joylardagi tegishli organlari tomonidan ko’rsatilishi to’g’risidagi tamoyilial qoida mustahkamlandi. Deputatlikka nomzodlarning davlat hokimiyati ijro organlari tomonidan ko’rsatilish amaliyoti bekor qilindi va bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirish yo’lidagi tamoyilial qadam bo’ldi5872. Saylov qonunchiligimizga saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan, eng rivojlangan demokratik davlatlar tajribasida ham kamdan-kam uchraydigan mutlaq vakolatlarning Markaziy saylov komissiyasiga berilishini ko’zda tutadigan o’zgartishlarning kiritilishi o’ta muhim ahamiyatga molik ulkan voqea bo’ldi. Amaldagi qonunchiligimizga ko’ra, saylov kampaniyasi jarayoniga davlat va hokimiyat tuzilmalari, jamoat birlashmalari tomonidan aralashishga qaratilgan har qanday urinish qonun bilan taqiqlanishi ham buni yaqqol ko’rsatib turibdi.