Gumanitar fanlar



Yüklə 62,93 Kb.
səhifə5/14
tarix04.05.2023
ölçüsü62,93 Kb.
#107546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Men olmoshi – lar qo’shimchasini qabul qilmaydi. Sen olmoshi esa – lar
qo’shimchasi bilan qo’llangandan, tinglovchi va boshqa shaxslarga qo’shimcha
munosabatni yoki tinglovchini bir oz kamaytirish ma’nosini bildiradi:
Senlarga aytayapman (sen va boshqalarga aytayapman). –lar qo’shimchasi III shaxs birlikdagi u olmoshiga qo’shilib keladi: u keldi – ular keldilar. Biz va siz
olmoshlariga qo’shilganda ma’nosini bir oz kuchaytirish ma’nosini shuningdek, so’zlovchi va boshqalar to’dasini – ko’plikni bildiradi. Egalik qo’shimchalari kishilik olmoshlariga, odatda qo’shilib kelmaydi. Ba’zan III shaxs kishilik olmoshi
ko’rsatish ma’nosida kelganda, otlashib egalik qo’shimchalari qabul qilishi mumkin.
Kishilik olmoshlari kishilik qo’shimchalarining olib turlanishi mumkin. Meni, uning, seni, sizda, sizga, ulardan kabi. Kishilik olmoshlarining I va II shaxs birlik formalari tushum va qaratqich kelishigidagi bilan turlanganda bir n tovushi tushib qoladi: menning, senni emas, meni – mening, seni – sening.
So’roq olmoshlari orqali so’zlovchi nutq jarayonida ishtirok etuvchilardan
o’ziga ma’lum bo’lmagan narsani aniqlab bilishga intiladi.
So’roq olmoshlari shaxsga (kim?) predmetga (nima?), belgiga (qaysi?), (qanday?), miqdorga (necha? qancha?), vaqtga (qachon?), maqsad va sababga (nega? nimaga?) va o’riniga (qani?) munosabat anglatadi. Ba’zi so’roq olmoshlari qo’shma gapna nisbiy so’z vazifasida kelgani uchun so’roq-nisbiy olmoshlari deb nomlanadi: Kim mehnat qilsa, u rohat ko’radi. Nimani buyursang, shuni keltiraman. Ergash gapda kelgan bunday so’roq olmoshlari so’roqma’nosini yo’qotgan bo’ladi.
O’zbek tilida qo’llanadigan so’roq olmoshlari asosan quyidagi xususiyatlarga ega: Kim olmoshlariga shaxslarga nisbatan qo’yiladi. Bu olmoshning qo’llanishida quyidagi xususiyatlar bor:
1. Shaxsga nisbatan so’roqni ifodalagani uchun ot xarakterida keladi va otlar
kabi egalik va kishilik qo’shimchalarini qabul qiladi. Mening kimim bor? Ayrim vaqtda juftlanib kelib shaxslarning kimligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Juftlanib
kelganda har ikkisi birlikda yoki oldingisi birlikda keyingisi ko’plik formasida qo’llanilashi mumkun.
2. Nisbiy so’z vazifasida kelganda ma’noni kuchaytirish uchun – ki yoki –da, + kim yordamida qo’shib ishlatiladi: kimki ko’p ishlasa, u ko’p haq oladi. Kimdaki (m) vijdonan ishlasa, u hurmatga sazovor bo’ladi.
3. Kim olmoshi – sa qo’shimchasini olib otga qo’shadi: kimsa. Bu so’z hech,
har so’zlari bilan kelishi yoki – siz qo’shimchasini olishi mumkun. Kim olmoshi
gapda ko’pincha ega, kesim, to’ldiruvchi, ba’zan aniqlovchi va hol bo’lib keladi;
4. Nima olmoshi takrorlanib, har ikkinchisi bir xil shakillarida yoki oldingisi
birlikda, keyingisi ko’plik qo’shimchasini olgan holda keladi: nima – nima olding,
nima-nimalar olding?
Nima so’zi ba’zan ne shaklida (yolg’iz, yo takrorlangan holda:
a) predmetiga nisbatan qo’llanilgan nima so’roq olmoshi o’rniga ishlatiladi. .. to’z aynisa ne sotadi?
b) predmetbelgisini ifodalovchi qanday olmoshiga yaqin vazifada yoki gapning mazmuniga qarab yomon, ko’p degan ma’nolarda ishlatiladi. U qo’rquvdan ne ahvolda ekanini o’zi bilar edi.
Necha olmoshi otlashib, kishilikning hamma shakillariga kela oladi:
nechanchi, nechaga, nechaning, nechadan. Necha so’zi predmet miqdoriga nisbatan so’roqni ifodalaganda sonlarga o’xshash qo’shimchalar bilan birga qo’llanadi. Necha kulometr yo’l bosdim ekan? Gapda aniqlovchi va kesim bo’lib keladi. Necha kishi keldi?

Yüklə 62,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin