1) Kishilik olmoshlari: men, biz (I shaxs); sen siz (II shaxs); (y) u, ular (III shaxs); 2) Ko’rsatish olmoshlari: bu, shu, o’sha, mana shu, mana bu, ana shu kabilar; 3) So’roq olmoshlari: kim, nima, qanday, necha, qaysi, qancha, nega, qalay kabilar. 4) O’zlik olmoshi: o’z; 5) Belgilash jamlash olmoshlari: hamma, butun barcha, bari, har kim, har qanday (hech qaysi) kabilar; 6) Bo’lishsizlik olmoshi: hech kim, hech qanday, hech nima, hech qaysi kabilar; 7) Gumon olmoshlari: allakim, allaqanday, allaqaysi, kimdir, nimadir, allanima kabilar. Kishilik olmoshlari shaxslarga nisbatan ishlatiladi. Ba’zan kishilik olmoshlari shaxsni ifodalashi bilan birga, ko’rsatish ma’nosini ham bildiradi. Shunga ko’ra, kishilik olmoshlarini ikkiga bo’lish mumkun:
1. sof kishilik olmoshlari (men, sen, biz, siz);
2. kishilik – ko’rsatish olmoshlari (u, ular)sof kishilik olmoshlari faqat
shaxsni ko’rsatuvchi, ular so’zlovchi va tinglovchini ifodalovchi olmoshlardir.
Kishilik – ko’rsatish olmoshlari esa (u, ular) kishilik bilan bir qatorda ko’rsatish olmoshi vazifasini ham bajaradi. Bu olmosh ot o’rnida qo’llanib keladi. Otning o’rnini bosadi. Kishilik olmoshlari nutq jarayonida uch xil shaxsni – I, II, III shaxslarni bildiradi.
I – shaxs (men) – so’zlovchini,
II shaxs (sen) - so’zlovchi murojaat qilayotgan shaxsni – tinglovchini,
III shaxs (u) – nutq jarayonida ishtirok etmagan, so’zlovchi yoki tinglovchi eslatib o’tayotgan shaxsni yoki ko’rsatilayotgan predmetni ifodalaydi. Bular birlikni ko’rsatuvchi kishilik olmoshlaridir. Ko’plikda kishilik olmoshlaridan biz olmoshi bir qancha so’zlovchilarni emas, so’zlovchi boshqa shaxslarni, siz (II shaxs ko’plikdagi) olmoshi esa tinglovchini va boshqa shaxslarni bildiradi. Shunday qilib, biz, siz olmoshlari tarkibida I va II shaxs ishtirok etgan shaxslar to’dasini ifodalaydi.
III shaxs ko’plikdagi ular olmoshi so’zlash jarayonida ishtirok etmagan
birdan ortiq boshqa shaxsni yoki predmetlarni ifodalaydi. Ular bizga yetib olishsin.
Kishilik olmoshlari ko’plik qo’shimchasi – “lar”ni olish bilan ko’plikni ko’rsatmaydi.