Gumanitar fanlar



Yüklə 62,93 Kb.
səhifə6/14
tarix04.05.2023
ölçüsü62,93 Kb.
#107546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Qanday olmoshi predmet yoki harakatning belgisiga nisbatan so’roqni bildiradi. Bu so’z qanaqa, qandoq shaklida ham kelib, yuqoridagi ma’noni ifodalashi mumkun: qaysi olmoshi predmetning tarkibiga yoki o’rniga ko’ra belgisini aniqlash uchun qo’llanadi: qaysi kishi? Qaysi uy?
Ergash gapli qo’shma gaplarda qaysi olmoshi nisbiy so’zlarning birinchi qismi bo’lib keladi. Qaysi kishi tirishib halol ishlasa, u hurmatga sazovor bo’ladi.
Qancha olmoshi son – ravish xarakteriga ega bo’lib, predmet yoki harakatning miqdoriga ko’ra belgisini aniqlash uchun beriladigan so’roqni ifodalaydi. Ko’p predmetning miqdorini aniqlash uchun qo’llanganda, o’zidan keyingi ot ko’pincha birlikda keladi. Qancha kitob olding? – onta kitob oldim. Taxminiy miqdorini aniqlash uchun qo’llanganda, ba’zan – cha qo’shimchasini qo’shib keladi. Qancha yerni haydadingiz?
Nisbiy so’zlarni birinchi qismi bo’lib kelib, daraja – miqdorni ifodalash uchun qo’llaniladi. Yerda qancha nam ko’p bo’lsa, urug’ shuncha tez unib chiqadi.
Ko’rsatish olmoshlari shaxs, narsani va ularning belgisini, bir turdagi narsalardan bittasini ajratib ko’rsatish, ta’kidlash uchun xizmat qiladi. Qaysi so’rog’iga javob bo’ladi. Ko’rsatish olmoshlariga, bu, shu, o’sha, mana bu, mana shu, ana shu, ana u olmoshlari kiradi. Din niqobi ostida hokimiyatni egallamoqchi bo’lgan bu g’alamuslar aybsiz jazolandi. (P.Qodirov. Ona lochin vidosi, 40- bet).
Ko’rsatish olmoshlari so’zlovchi bilan ko’rsatilayotgan narsa sodir bo’lgan
vaqtga qarab ishlatiladi; ma’nolari hamisha asosda aniqlanadi. Bu olmoshi so’zlovchiga ancha ayon, so’zlovchiga nisbatan ancha yaqin masofada turgan yaqindagi eslatadigan narsa, voqeani ko’rsatishga xizmat qiladi: Bu kunlar pok, ipak nurlar, nafis tanlar-la o’ynashi (K.Olimjon. 10 tomlik, 1 tom T, 1979 64-bet).
Shu olmoshi ham, bu olmoshi kabi ma’noga ega, ammo shu olmoshida ta’kid ma’nosi kuchli. Endi hadeb qaysarlik qilmasdan rozi bo’ling. Baribir qaytadigan
Joying shu.
U olmoshi esa so’zlovchiga nisbatan ancha uzoqda turgan yoki ancha ilgari eslatib o’tilgan narsalarni ko’rsatadi. O’sha ko’rsatkich olmoshi so’zlovchiga ilgaridan ma’lum bo’lgan, ilgari eslatib o’tilgan narsa (fa) vaqt yoki hodisaning ajratib ko’rsatishga hizmat qiladi. Jon bolam “…Dadang bugun o’sha…” shotut
amakingni uchratib qopdi (U.Nazarov O’zgalar uchun 9-bet).
Ko’rsatish olmoshlariga mana, ana so’zlari qo’shib ishlatiladi. Mana shu, mana bu, ana shu kabi olmoshlar yaqin masafadagi narsani ajratib ko’rsatadi. Uning vaqt masofa jihatdan so’zlovchiga yana ham yaqinligini ta’kidlaydi. Ana u, ana o’sha olmoshlari esa ancha uzoqda turgan yoki oldindan ma’lum narsalarni ko’rsatadi. Ana shunda imlo ajab bir soddalik kasb etadi, jami mavhumliklar tugatiladi. (X.Sultonov. Bobur tushlari, 225-bet).
Mana, ana so’zlari ko’rsatish ma’nosini bildirib yakka holda ishlatiladi. Mana ko’z oldimda bolalikning shod do’stlari, yorlari, qadrdonlari. Ana… tag’in Saida Mirzayevaning chehrasi hayolida namoyon bo’lib, dardkash ovozi mayin ishlatilayotganday tuyulayapti: ishon, Sevarajon xizmatigizning bu qadar chigalligi!... (N.Qilichov. Chirchiq, 10-bet).
Jamlash – belgilash olmoshlari predmet va shaxslarning yig’indisini,
to’dasini bildiradi yoki ularni ayirib, ta’kidlab ko’rsatadi.
Jamlash olmoshlariga hamma, bari, jami, barcha, butun, yalpi so’zlari kiradi.
Hamma olmoshi predmet va shaxslar o’rnida qo’llanib ot vazifasida, predmet belgisini ko’rsatib sifat vazifasida keladi. Jami olmoshi ham yuqoridagi olmoshga
o’xshash ko’pincha ot xarakterida qo’llanadi. Uning tarkibidagi – III shaxs birlikdagi egalik qo’shimchasi. Bu so’z ham ko’pincha qaratqich kelishigidagi so’z
bilan qo’llanadi. Egalik qo’shimchasi ikki darajali bo’lib ham qo’llana oladi.
ko’rapredmet yoki harakatning belgisini ifodalaydi. Har so’zi so’roq olmoshlarida
kim so’zi bilan kelib, “hamma”, “har qanday odam” degan ma’noni ifodalaydi.

Yüklə 62,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin