Gumanitar fanlar


Bän-ben, män-men-min, sän-sen-sin, ol, ani, biz, siz, sizlär, olar, öz, kentü-



Yüklə 62,93 Kb.
səhifə9/14
tarix04.05.2023
ölçüsü62,93 Kb.
#107546
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bän-ben, män-men-min, sän-sen-sin, ol, ani, biz, siz, sizlär, olar, öz, kentü-
kendü, bu, ol, oibu, sul, osu, osul, muni- munϊ, bunϊ – buni, kim, nä, nenü, nelüq,
neèük, naga, nädä, qatli, qani, qanta, qaćon, qayn, qamug’, qamag’, tari.
Olmoshlarda umumiylik nihoyat darajada kuchliligini shundan ko’rsak bo’ladiki, ot, sifat, son, ravish turkumlariga oid so’zlar o’zbek tilida bir necha ming miqdorni tashkil etadi. Shu so’zlar o’rnida qo’llanuvchi olmoshlar esa butun yasama shakllari bilan yuzdan oshmaydi. Shunday bo’lsa ham turli-tuman ma’nolarni ixcham va oson yo’l bilan (oz so’z yordamida) ifodalash imkonini beruvchi vositalar hisoblanadi.
Agar olmoshlar bo’lmaganda milliyard miqdordan qancha miqdori olinganligini so’zlash uchun har bir miqdorni milliyardgacha alohida sanalishi (so’ralishi) kerak bo’lar edi – bittami, ikkitami, uchtami yoki bitta oldingmi va hokazo.
Predmetlarning rangi juda ko’p xildir. Bu ranglar o’zbek tilida ayrim so’z yoki so’z birikmalari orqali ifodalanadi. Biror predmetning mazmun ranglardan qaysi biriga ega ekanligini so’rash uchun qanday yoki qanaqa olmoshlarini qo’llash kifoya: rangi qanday? – oq. Boshqa so’roq olmoshlar haqida ham shunday gaplarni aytish kifoya.
Bu aytilganlardan, agar o’zbek tilida so’roq olmoshlari bo’lmasa, ular
ifodalaydigan ma’no faqat yuqorida ko’rsatilgan necha ifodalanar edi, degan
xulosa chiqmaydi. Bunday bo’lishi mumkin ham emas. Agar o’zbek tilidagi
hozirgi so’roq olmoshlari bo’lmasa, ular ifodalaydigan ma’noni ifodalash uchun
boshqa so’zlar yuzaga kelgan bo’lar edi. (Lekin bu ham qanday so’z bo’lishidan
qatiy nazar, baribir olmosh bo’lar edi). Chunki tilda biror ma’noni ifodalashga
ehtiyoj bo’lar ekan, shu ma’noni ifodalovchi so’z yoki biror shakl albatta, yuzaga
chiqadi. Shu aytganlarning o’ziyoq shuni ko’rsatadiki, olmoshlar tilda shunchaki,
ot, sifat, son kabi turkumlarga oid so’zlar o’rnida qo’llash uchun fodalanuvchi
so’zlar emas, balki, ko’rib o’tganimizdek, aloqa vositasida juda muhim o’rin
o’ynaydigan so’zlar hisoblanadi. Olmoshlar boshqa so’z turkumlaridagi so’zlarga
nisbatan juda keng qo’llanilishi bilan harakterlanadi.
Ular ma’nosi va o’ziga xos xususiyatlari bilan ot, sifat, son kabi so’z
turkumlaridan butunlay farq qiladi va o’ziga xos turkumni tashkil etadi.
Nimani ko’rsatishiga qarab olmoshlarni quyidagi uch asosiy guruhga bo’lish
mumkin:

Yüklə 62,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin