1. Umumlashgan predmetni ko’rsatuvchi olmoshlar; 2. Umumlashgan belgini ko’rsatuvchi olmoshlar; 3. Umumlashgan miqdorni ko’rsatuvchi olmoshlar. Umumlashgan predmetni ko’rsatuvchi olmoshlar guruhiga men, sen, u, biz,
siz, kim, nima, hech kim, allakim, allanimadir kabilar kiradi. Umumlashgan belgini
ko’rsatuvchi olmoshlarni o’z ichida ikki turga bo’lish mumkin:
1. predmentning umumlashgan belgisini ko’rsatuvchi olmoshlar (olmosh,
sifat): Bu, shu, qanday, qaysi, ba’zi, allaqanday, hech qaysi kabilar;
2. Harakatning umumlashgan belgisini ko’rsatuvchi olmoshlar; qachon, qayoqda kabilar. (Uchinchidan, qay olmoshi predmentning belgisi haqida so’roqni ifodalagan hollarda, har vaqt predmentning belgisini qaysi jihatdan so’ralayotgani aniq ifodalaydi, yangi predmetning tusi yoki hajmi haqida so’ralayotgani aniq ifodalanadi va doimo shu ma’noni ifodalovchi so’z bilan birga keladi.)
Umumlashgan miqdorni ko’rsatuvchi olmoshlar qancha, necha, shuncha olmoshlar kiradi. Olmoshlarning bir guruhga birlashishi leksik-semantik belgiga asosan bo’lishini ya’ni, olmoshlarni so’z turkumi sifatida ajlarishga leksik – semantik belgi asosga olinishini ko’rdik. Olmoshlar o’ziga xos grammatik xususiyatlarga ham ega. Aslida ularni boshqa barcha so’z turkumlaridan farqlarini va ularni alohida bir turkumga oid so’z ekanligini ko’rsatuvchi, bu turkumga oid so’zlarning hammasi uchun umumiy bo’lgan grammatik belgi yo’q. Lekin olmoshlarning ayrim turlari yoki shu turdagi bir yoki ba’zi olmoshlar o’zlariga xos ayrim grammatik xususiyatlarga ega. Bu grammatik xususiyatlar shu olmoshlarning semantik xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, ot, turkumiga xos deyarli barcha so’zlar egalik qo’shimchalarini qabul qilgani holda, ot o’rnida keluvchi men, sen, biz, siz olmoshlari egalik qo’shimchalarini qabul qilmaydi. Ot turkumidagi deyarli barcha so’zlar ko’plikni qabul qilgan holda men, hech kim, hech nima olmoshlari va qo’shimchani qabul qilmaydi. Tushum va qaratqich kishiliklari otlarda tushub qolishi, belgisiz qo’llanilishi mumkun. Ammo olmoshlarda tushib qolmaydi, daraxt bargi, mening uyim, tush ko’rdim, uni ko’rdim va h.k. Kishilik olmoshlari ot o’rnida kelib, otning so’rog’iga javob bo’ladi. Shu sababli uning grammatik xususiyatlari ko’p jihatdan otlarning grammatik
xususiyatlariga o’xshaydi. Ular otlar kabi turlanadi. Turlanganda ularning tarkibida
fonetik o’zgarish yuz beradi, men+ ni = meni, sen+ning=sening tovush tushushi
yuz beradi. U kishilik olmoshiga jo’nalish, chiqish, o’rin-payt kishiliklari
qo’shilganda bitta “n” tovushi orttiriladi, unga, unda, undan. Kishilik olmoshlari otlar kabi gapning bosh bo’laklari, ikkinchi darajali bo’laklari vazifasida keladi. Men dunyoga kelgan kundayoq vatanim deb seni, uyg’ondim. (H.Olimjon. 10 tomlik, birinchi tom, 217-bet). Xudo bergan bu jannat bag’riga to’yib-to’yib qolmagan gumroh mendirman. (T.Sodiqova. Yoningdagi baxt. 20-bet). Menda qanday gunoh bo’lsin. Bir bezavon jonivorman (S.Ahmad. Qorako’z majnun, 65-bet). Hammayoqda shodiyona, o’yin-kulgu, faqat mening ichimga chiroq yoqsa, yorimaydi. (U.Nazarov. O’zgalar uchun, 13-bet). Ko’rsatish olmoshlaridan bu, shu, u, o’sha, ushbu, ana bu, mana bu olmoshlari otlarga xos ko’plik, egalik, kishilik qo’shimchalarini qabul qiladi. Bular, shularga, o’shalarni, buning, uni, bulardan, shunda kabi. Bu olmoshlarga jo’nalish, chiqish, o’rin-payt kishilik qo’shimchalarini qabul qilganda ham shu kishilik qo’shimchalaridan oldin bir “n” tovushi orttiriladi. Bunga, bunda, bundan, shunga.
“Bu, shu, u, o’sha olmoshlari sifat va ravish yasovchi –dek cha kabi affekslar bilan ham qo’llanadi. Bunday hollarda ham qo’llanuvchi affeks oldidan bir “n” orttiriladi: bunday, shunday, unday, uncha, shuncha, o’shancha kabi. Ko’rsatish olmoshlarining asosiy sintaktik vazifasi xuddi sifatlar kabi aniqlovchi va kesim vazifasida kelishidir. Masalan, quyidagi gaplarda aniqlovchi vazifasida keladi: O’sha suvratni qora kunlarimdan xotira deb saqlayman. (S.Ahmad Qorako’z majnun, 87-bet). O’shanday shuhbatlarning birida gap aylanib Fuzuliyning bitta g’azaliga borib qadaldi. (S.Ahmad Qorako’z majnun, 13-bet). O’shalarning roziligi bizning omonligimizdir! (T.Sodiqova Yoningdagi baxt, 14- bet). O’shalarning davrasida ko’proq bo’ling (P.Qodirov). Kesim vazifasida keladi: ish bunaqa bo’pdi! (U.Nazarov Girdob, 239-bet). Hol vazifasida keladi: o’shanda yapon portlarida geyshalar matroslarni yo’ldan uradi, deganding (S.Ahmad Qorako’z majnun 78-bet). Shovullamang, bog’lar, hey. Bunda bir qiz uxlaydi. (M.Yusuf). Otlashib ega, to’ldiruvchi bo’lib keladi. Ul og’aga, bul ukaga do’nibdi. Hamma shunga ko’nibdi (O.Matjon Iymon yog’dusi, 200-bet). Ahir bunaqalar qanchadan-qancha! O’zlari aybdor (U.Nazarov chayon yili 75-bet). Sirojni bundan hali xabari yo’q, Asqar qashqa bo’lib yuribti. (U.Nazarov o’zgalar uchun, 224-bet).