II.BOB. Badiiy matnlarda olmoshlarning semantic-stilistik xususiyatlari. 2.1. Prozaik asarlarda olmoshlarning qo’llanishi
O’zbek tili stilistikasining nazariy masalalariga bag’ishlangan ko’rsatishlarda funktsional uslublar masalasi ham tadqiqotchilarning diqqat markazida bo’lgan.
Nafaqat o’zbek tilshunosligida, balki ko’pchilik tilshunosliklarda ham akademik V.Vinogradovning tilining uch muhum vazifasi – aloqa, habar, ta’sir etish xususiyatlariga asoslanadi Kishilar o’z ijtimoiy faoliyatlarida, - deb yozadi I.Karimov,- tildagi barcha vositalardan – fonetik, grammatik, leksik, funktsional badiiylardan foydalanganlarida, avvalo o’z ehtiyojlaridan kelib chiqib nutq, mavzusiga, vaziyatga qarab tanlaydilar va ishlatadilar. Tilimizdagi vositalarning bir nechalab ko’rinishlariga ega bo’lishi sinonimik rang-baranglik shunday yo’l tutishga imkon beradi. Mana shu tanlash nutq jarayonida til birliklarining o’ziga xos, uslubiy chegaralashlarni taqozo qiladi. Til elementlarining ijtimoiy muhitda tanlab ishlatilishi va ularni tilshunoslikda ilmiy-amaliy tahlil qilish zaruriyati stilistikada yangi sohasi, funktsional stilistikani vujudga keltiradi”.
Biz o’zbek tili badiiy uslubida olmoshlarning funktsional-stilistik
xususiyatlari ikkinchi bobimizda o’rganishga harakat qildik.
Badiiy uslubda yozilgan asarlar aniq, bir muallifga tegishliligi va ijod mahsuli ekanligni bilan harakterlanadi. Zero, bu uslublarda shakillanadigan matnlar asar mualifidan janr talabidan kelib chiqib maxsus tayyogarlik ko’rishni, har bir voqea – hodisani, tasvir oy’ektini badiiy estetik tafakkur prizmasidan o’tkazishni, binobarin, ushbu maqsadga xizmat qiladigan har bir elementni tanlab ishlatishni, ularga muayyan ta’sir ko’rsatish vazifasini yuklashni talab etadi. Til birliklaridan shu tarzda foydalanish bevosita olmoshlarga bo’lgan munosabatda ham anglashilib turadi.
Buning ustiga asar muallifining til materiallariga ijodiy yondashu, voqelikni
keng ko’lamda siqiq shaklda ifodalashga bo’lgan extiyoj til birliklari zimmasiga
allohida vazifalarni yuklaydi. Q.Samadovning quyidagi fakrlari fikrimiz isbotidir.
Badiiy uslub har bir ijodkorning mustaqilligi belgisidir. Bu belgi zamirida sanatkorning voqelikka munosabat, estetik prensiplarni ijodiy nazariyasi mujassamlashadi. Til vositalari ana shu o’ziga xoslikni namoyon etuvchi muhum
omil hisoblanadi. Bunda til vositalari faqat tasvirlovchi unsurlar bo’lib qolmasdan,
balki voqelikka munosabat ko’lami ko’rsatuvchi badiiy tadqiq etilayotgan voqea-
hodisalarni bosh g’oya atrofiga uyushtirib asarga yaxlitlik baxsh etuvchi omil ham
hisoblanadi. Demak, badiiy asarda til faqat tashqi belgi-shakl bo’lib qolmasdan
mazmunga ham dahldor, aniqrog’i uni uyushtiruvchi va yorituvchi vosita hisoblanadi.
Badiiy asarda so’z qo’llash ijodning janr xususiyatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Demak, boshqa xoslangan uslublardagi kabi badiiy uslubda so’z qollash ham lisoniy va nolisoniy qonuniyatning uzviy bog’liqligini taqozo etadi. Ayni chog’da mana shu holatlarning zamirida sanatkorning ijodiy pozitsiyasi mujassamlashadi.
Badiiy tasvir hayotning hamma sohasini qamraydi. Shuning uchun bunda
umumiy leksika ham, chegaralangan so’zlar ham keng ravishda qo’llaniladi. Bu
jihatdan badiiy adabitoy tili ro’znoma tiliga o’xshab ketadi. Chunki ro’znomada
ham hayotning nihoyatda keng ko’lami ifoda qilinganidan turli sohaga oid so’zlar
qo’llanadi. Ammo ro’znoma materiali asos etibori bilan publisistik uslubga
mansub bo’lsa, badiiy adabiyot tili badiiy uslubga xosdir. Badiiy uslub esa
timsolliylik zuhr etadi. To’g’ri ro’znomadan ham timsolilik ishlatiladi. Ammo
badiiy ijoddagi timsol muhokamaga undaydi, voqeylikni yanada chuqurroq,
yanada kengroq bilib olishga imkon yaratadi.
Badiiy uslubning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, unda
eskirgan so’zlar ham, lahja so’zlari ham, atamalar ham yangi so’zlar ham keng ravishda qo’llanadi. Chunki hayotning keng lavhasini yuzaga keltirish
voqiylikning butun qatlamini to’la yoritish shuni taqozo etadi. Bu jihatdan
Oybekning “Navoiy”, O.Yoqubovning “Ulug’bek hazinasi” kabi romanlarini
eslash kifoya. Ayniqsa Oybek besh asrlik masofani qalb va qalam, tafakkur va
shuur yo’li bilan bosib o’tib, hozir eskirgan o’sha vaqtda faol qo’llangan so’zlarni
tasvirga singdirib, ularga ruh baxsh etadi va hayotning jonli manzarasini
kitobxonga taqdim qladi. Shu tariqa adib o’tmishini zamonamiz hizmatiga yo’lladi.
Shuning uchun badiiy asar tilini o’rganish tilning taraqqiyot darajasini ham
o’rganib borishidir. Bundan tashqari badiiy asar tili shunday bir tilki uning
doirasida tilning xalqona soddaligi, oddiy tushunarliligi, ta’sirchanligi va
ijodkorning tafakkur qudrati mavjud. Shuning uchun badiiy matnlarni lingopoetik
jihatdan o’rganishda uning morfologik xususiyatlariga ham etibor berish zarur.
Ko’pgina ishlarda lisoniy tahlil jarayonida morfologik birligi bilan ishlatilishi ham aytib o’tilgan. Masalan: M.Yo’ldoshev “Badiiy matn va uning linbopoetik tahlili asoslari” asarida bu haqida quyidagi fikrlarni keltiradi. Badiiy mant lisoniy jihatdan tekshirilganda dastavval ana shunday ma’no qirralariga ega bo’lgan birliklarni ajratish va qaysi turkumga xosligi, kimning nutqida nima maqsad bilan qo’llanilganligi, kimga nisbatan, qanday vaziyatda ishlatilganligiga e’tiborni qaratish lozim bo’ladi. Odatda, erkalash-suyush, hurmat-ezozlash, ko’tarinkilik, ulug’vorlik, tantanavorlik kabi ma’nolarni bildiruvchi so’zlar ijobiy ma’no qirrasiga ega bo’lgan so’zlar hisoblanadi. Masalan: qizaloq, toychoq, o’rgilay, girgitton bo’lay, bolaginam, do’mbog’im, arslonim, pahlavonim, shakarim, shirinim kabi salbiy ma’no qirrasiga ega bo’lgan so’zlar sirasiga jirkanch, manmanlik, mensimaslik, kibrlilik, masxara, nafrat, g’azab, kinoya, kesatiq kabi sub’ektiv munosabatni ifodalovchi so’zlar kiradi. Bunday ma’nolarni yuzaga keltiruvchi omillarni aniqlash va baholash lisoniy tahlilning asosini tashkil qiladi. Tahlil jarayonida matnda qo’llanilgan barcha morfologik birliklar emas, estetik maqsad aniq ko’rinib turadigan, yozuvchining badiiy niyati ifodalangan morfologik o’zgachiliklar haqida so’z yuritiladi. Masalan, eng ko’p ishlatiladigan badiiy tasvir vositalaridan biri takrordir. Bu holat olmoshlarda ham yuz beradi.
Olmoshlar takrorlanib ta’kid, kuchaytirish, ko’plik ma’nolarini berish bilan birga yozuvchining o’ziga xos uslubini yaratishga yoki qahramonning individual nutqini hosil qilishda ishtirok etadi. Masalan, Dehqonqul, shul-shul. (T.Murod Otamdan qolgan dalalar). Bundan tashqari olmoshlar inson xulq atvorini ikki xil jihat (ijobiy va salbiy)dan harakterlash uchun ham ishlatilib kelinmoqda. Olmoshlarning bunday xususiyati esa alohida uslubiy ahamiyatga molikdir.
Qisqa bayon etilgan mazkur dalildan maqsad olmoshlarning ham shunday
xususiyatini ifodalash uchun hizmat qilib kelayotganligini uqtirishdan iborat. Haqiqatdan, olmosh bo’yicha olib borilgan ishlar. Masalan, kishilik, qisman o’zlik
va ko’rsatish turlari insonni harakterlash uchun ishlatiladi. Olmoshlarning boshqa
turlari esa o’zgacha uslubiy xususiyatlarni ro’yobga chiqarish uchun hizmat qiladi.
Bayon etilganlar asosida ko’rsatilgan olmoshlarning uslubiy xususiyatlarini
ikki xil nuqtai nazardan ko’rib chiqish lozimligi ayon bo’ldi.