II. Salbiy baho ottenkasi. Boshqa tillarda, o’zbek tilida ham ma’lum
talablardan kelib chiqadigan nomaqbul, ijobiy bo’lmagan talablarga zid xatti-harakat, xulq-atvor va boshqa xislatlarni ifodalash maqsadida salbiy ma’no ifodalovchi so’zlardan ham foydalanib kelinayotganligini inkor etib bo’lmaydigan lisoniy dalildir. Ayni shunday leksik-semantik ma’noning reallashuvida olmoshlarning ham o’ziga xos o’rni bor ekanligini ta’kidlash lozim. To’g’ri bu
borada ot yohud sifat turkumlari doirasida salbiy ma’no ottenkasi ifodalanuvchi
so’zlarga nisbatan bunday xususiyatning ro’yobga chiqishida ham kam
miqdordagina olmoshlardan foydalanadi.
Shuni e’tiborga olish lozimki, shaxslarning salbiy xususiyatlarini
ifodalashda ham, asosan, ijobiy xususiyatlarini voqelantiruvchi kishilik
olmoshlaridan foydalanadi. Ya’ni bir xil olmoshning o’zi ikki xil funksiyani ado
etadi. Men olmoshining ijobiy ma’noliligi va uning salbiy ma’noli oppozitsiyasi
biz olmoshining ijobiy ma’noliligi va uning salbiy ma’no ifodalovchi oppozitsiyasi
va h.k. Quyidagi salbiy ma’no ifodalovchi olmoshlar haqida so’z boradiki, bu
ularning o’ziga xos uslubiy xususiyatlariga ega ekanligidan dalolat beradi.
Muhim dalil shundan iboratki, kishilik olmoshlarining ijobiy ma’noli
semalari yuqorida ko’rilganiday, xilma xil bo’lishi bilan bir qatorda, ularning
salbiy ma’noli semalari biroz cheklanganligi bilan harakterlanadi. “Takabburlik”
shunday semalar jumlasidandir.
I. “Takabburlik” semasi. “Takabburlik” deganda “O’zini katta tutadigan, bosar-tusarini bilmay qolganlik, gerdayganlik, o’zgalarni mensimaslik, nazar-pinad qilmaslik” kabi salbiy xususiyatlar tushuniladi. Bunday xislatning ifodalanishida so’zlovchi yohud so’zlovchilarning o’zini (o’zlarini) anglatuvchi men, sen va siz, biz olmoshlarida keng foydalanilayotganligi diqqatga sazovordir. Fikrimizning tasdig’I uchun dalillarga murojaat qilamiz. Kishilik olmoshlarining I shaxs birligi bo’lmish men turi, yuqorida aytilganday, birinchi navbatda neytral ma’noda ham (men keldim, men o’quvchiman), ikkinchidan, kamina, bashar, odam, inson kabi so’zlarning ma’nolarini ifodalab kela olishi uslubiy xoslik ekanligi haqida to’xtab o’tilgan edi. Demak, mazkur olmoshning bunday ma’noviy o’ziga xoslik ijobiy xarakterga ega.
2.2. Poetik asarlarda olmoshlarning qo’llanishi
Xalq og’zaki ijodida ham olmoshlar keng qo’llanadi bu esa olmoshlarning
vazifa ko’lami nihoyatda serqamrov ekanligidan dalolat beradi. Masalan, bitta bu
olmoshning qo’llanish chastotasiga e’tiboringizni qaratsak. Shu holatning o’zi yuqoridagi fikrimizning yaqqol isboti bo’lib, hizmat qiladi. Bu olmoshi Alpomish dostonida 1069 marta, uning bu varianti esa 466 marta, Ravshan dostonida bu olmoshi 139 marta, Rustamxon dostonida 282 marta qo’llangan. Lug’atda bu olmoshi eng ko’p qo’llangan so’zlar qatorida turibdi . Mana shu dalilning o’zi
olmoshlarning nutqdagi o’rni ancha faolligidan dalolat beradi. Shu o’rinda aytish
kerakki, adabiy til me’yorida mavjud bo’lmagan man, san, ul, alar, na, ne, nechuk,
nechun, undoq, bundoq, shundoq, munday, kimsa, har kimsa, bir kimsa, nechundir,
faqir, kamina, janob, banda, hech banda, allanechuk, nechundir, qandoq olmoshlari she’riyat talabi bilan, ba’zan qofiya talabi bilan, ko’tarinki nutqni ta’minlash
individual nutq xosil qilish, tantanavor ruh xosil qilish uchun poetik nutqda keng
qo’llaniladi.
Xalq og’zaki ijodida ham ko’proq bugungi kunda sheva varianti deb
o’rganiladigan olmoshlar yoki tarixiy shakl deb o’rganiladigan olmoshlar keng
uchraydi.
Daryolarning ul yuzida uylaringiz
Oqaribon ko’rinadi bo’ylaringiz.
(xalq qo’shig’i).
Charx yigirib, charx yigirib,
Shul qo’lginam taladur.
Agar shuni yigirmasam,
Bolalar och qoladur.
(O’zbek adabiyoti, 5-sinf 24-bet).
Gumon olmosh “nimadir” ayrim shevalarda bir bola tarzida ham ishlatiladi.
Shu ko’rinishda she’rlarda asosan, xalq og’zaki ijodida ko’p uchraydi.
Charxim tanob tashlaydi,
Bir baloni boshlaydi.
Kundoshligi qurisin,
Kunda urush boshlaydi.
(O’zbek adabiyoti, 24-bet).
Ba’zan poetik nuqda olmoshlar kuchaytirish ma’nosini ham o’zida
ifodalaydi. Quyidagi misralarda bo’zchining o’z ishidan juda qo’ngli to’lgani,
bo’zni nihoyatda mohirona to’qilganini, sevinchini ifodalash uchun shunday
olmoshlardan foydalanmoqda.
Do’kan uyga kirsam, tanam qaqshaydi,
Sovuqlarda o’lmay qolsam yaxshiydi.
Qarisi tillaga ketsa yaxshiydi,
Shunday mening bo’zim arzon ketarmi?
(5-sinf, 27-bet).
Topishmoqlarda o’zlik olmoshining semantik xususiyati kengayganligini
ko’ramiz. O’zlik olmoshi asosan uch shaxsdan birini ta’kidlab ifodalash uchun ishlatiladi. Biroq topishmoqlarda predmet, narsa o’rnida qo’llanadi, yashiringan
narsani ifodalash uchun qatnashadi. O’zbek xalq topishmoqlari kitobining 176-178 sahifalaridan olingan topishmoqlar fikrimizning dalilidir.
O’zi bitta,
Ko’zi mingta. (Angishvona).
Hammaga to’n tikaman,
O’zim yalang’och. (igna).
Kichkina xotin
Chachvoni uzun. (igna, ip).
O’zi mitti
Ovozi olamga yetdi. (surnay).
Bolalar adabiyotida esa sodda olmoshlar keng qo’llanilgan. Men, sen, biz, u, kim, nima, qancha, bu, shu, olmoshlar ko’proq qo’llanilganligi kuzatiladi. Bu
bolalar tilining soddaligi ruhiyati bilan bog’liqdir.
O’ynab uchgan,
Laylak qor.
Qanotingda
Nima bor?
(V.Ahmadjon, Gulxumorning gulbog’i, 17-bet).
Mehri xola sevinib,
Nabirasin quchib der.
Boshim yetar osmonga,
Seni ko’rsam, Alisher.
-Sizga mazza bo’larkan,
Ko’rinarkan hamma yer.
(O’sha asar, 19-bet).
Xusnixatni sen uchun,
Kim yozadi, rostin ayt! –
Muallim so’rog’iga
Javob berar Toshpo’lat:
-Dadam bilan oyimni,
Har kech chorlab tolaman.
Kim yozganin bilolmay,
Oxir uxlab qolaman. (O’sha asar, 29-bet).
Qo’yni to’la shaftoli,
Mashrab turar yer chizib.
“O’g’risan” deb akasi,
Do’q urar bo’nin cho’zib.
Olgan joyinga hozir,
Barin to’kib kelasan.
Yo bo’lmasa menga ham
To’ygunumcha berasan...
(17-bet).
Bu she’rda favqulotdagi, kutilmagan g’oyani ifodalash uchun yozuvchi
“men” olmoshidan foydalanmoqda. Bu ham olmoshning boshqa so’z turkumlariga
o’xshamagan o’ziga xos semantikasidan dalolat beradiki, shu yerda olmosh o’rnida biror bir so’zni qo’llab bo’lmaydi. Aruz vaznidan keng foydalangan E.Vohidov she’riyatida esa olmoshlarning tarixiy shakllari keng qo’llanilib o’ziga xos stilistik vazifa bajargan.
She’r aziz olam aro,
Menga tiriklik, jon qadar.
Jon nedir oshiq uchun,
Jondan aziz jonon qadar.
(E.Vohidov, Ishq savdosi 1-jild 169-bet).
XULOSA
1. Ot, sifat, fe’l, ravish kabi turkumlar ichida olmoshlar ularning vazifasini bajaruvchi so’z turkumi hisoblanadi. Olmoshlar qadim-qadimdan ishlatib kelinmoqda. Yozma yodgorliklarda so’z ifodasini topgan olmoshlar shundan
2. Olmoshlar yozma yoxud og’zaki nutq jarayonida, asosan, denonativ ma’nosida ishlatiladi. Shu bilan birga, boshqa so’z turkumlariga nisbatan passivroq
bo’lsa-da, ular kontativ ma’nolarni ham ifodalab kela oladi.
3. Aniqlanishicha, olmoshlar nutq jarayonida xilma-xil funksional- uslubiy
vazifalarni ado etadi. U, birinchidan, nutqning ixchamligini ta’minlaydi. Ikkinchidan, nutqning tejamkor bo’lishiga olib keladi.
4. Olmoshlarning uslubiy xususiyatlaridan biri shundaki, ayniqsa, og’zaki nutqda xima-xil variantlar bilan qo’llanadi. Olmoshlarning variantdorligi ularning tarkibi kengaytirilgan shakli, tarkibi qisqartirilgan shaklidan iborat bo’lib, muhim uslubiy ahamiyat kasb etadi, ya’ni xilma –xil ekspressiv emosional vazifalarni bajaradi.
5. Boshqa so’z turkumlariga nisbatan, olmoshlarning sof sinonimiyasi (shakllar xilma xil so’zlar) unchalik faol emas. Olmoshlar sinonimiyasi nutqning xilma-xilligini ta’minlovchi muhim lisoniy omillardan biridir. Chunki biror kengroq matnda bir xil olmoshni qo’llaverish so’zlovchi yoxud yozuvchi nutqning ta’sirchanligini ta’minlay olmaydi.
6. Og’zoki yoki yozma nutq jarayonida olmoshlar xilma-xil funksional – uslubiy vazifalarni bajaradi. Olmoshlar turli manbalarda, birinchidan, turli xil uslublarga xoslangan bo’ladi. So’zlashuv uslubiga xoslangan (fonetik shakli o’zgargan, yasovchi affekslarining o’zgarishini olmosh shakllarining olmosh so’zlariga aylanishi, olmoshlarning diolektal shakillari), publisistik asarlarga xoslangan olmoshlar shular jumlasidandir.
Olmoshlarning qo’llanish chostatasida eng yuqori o’rnni so’zlashuv va badiiy nutq egallaydi. Ammo ular anglatgan semantik – stilistik ma’nolar ko’lami badiiy matnda kengdir. Yodgorning badiiy taffakur olami, ijodiy jarayonidagi vaqt va muhit bunda imkoniyat yaratadi. Badiiy matnda barcha olmoshlarning ishtirok
etishi adabiy asarlarda tasvir doirasining kengligi, ijodkorning badiiy mushohada
quvvati bilan izohlansa, ayrim olmoshlardagi xoslanganlik ularning tarixiy variant
sifatida tilimizda saqlanib kelayotganligi, ba’zilarida obrazlilik darajasining yuqori
ekanligiga bog’liqdir.
Badiiy matnlardagi olmoshlarning semantik - sitilistik ma’nolari va funksional sitilistik chegaralanuv tilimizning emosional - ekspressivlik va amlda bo’lishlik darajasi g’oyatda yuqori ekanligining dalilidir.
Dostları ilə paylaş: |