Gumanitar fanlar



Yüklə 62,93 Kb.
səhifə12/14
tarix04.05.2023
ölçüsü62,93 Kb.
#107546
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1) Ijobiy baho ottenkasi;
2) Salbiy baho ottenkasi.
Bunday xususiyatlar matnlar asosan badiiy matnlarda namoyon bo’lishini
ta’kidlab o’tamiz.
Ijobiy baho ottenkasi. O’zbek tilida ijobiiy so’zi “Ma’qul, ma’qul” deb topilganligini ifodalovchi, ma’qullovchi, yo’qlovchi, maqtovchi ma’nosini ifodalaydi.
U narsa – predmetlarning ham, shaxslarning ham shunday xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Dastlab takidlash lozimki, bunday ijobiy xususiyat olmoshlarning quyidagi semalarida o’z ifodasini topgan.
I “hurmat” semasi. Kishining qadr qimmatiga ega ekanligini, ezozga, ehtiromga loyiqligini ifodalash maqsadida “siz” olimoshidan foydalanib kelinmoqda. Bunday xususiyat ko’pincha noetik uslubda o’z ifodasini topmoqda. Quyidagi misollar fikrimizni tasdiqlay oladi.
Quloq soling menga, yaxshi qiz biroz, dilimni ochmoqchi bo’layapman sizga. (A.Oripov). “Hurmat” semasining ro’yobga chiqarilishida o’zlik olmoshidan
ham foydalanilayotganligi diqqatga sazovor dalillardan biridir. Chinki mazkur
olmosh ham asliy ma’nosida nomunativlik vazifasini bajarishi bilan bir qatorda
uslubiy ahamiyat kasb etadi. Asosan, og’zaki nutqda qo’llanadigan birlik va
ko’plik shakllaridagi o’z so’zi ana shunday xususiyatga egadir.
2. “Kamtarlik” semasi. Maqtanishni o’zidan yiroq tutadigan, manmanlikka
berilmaydigan, mag’rurlanmaydigan kishilarning xislatlarini reallashtirishda ot va
sifat turkumiga doir so’zlardan keng foydalanishi bilan bir qatorda mazkur ma’noni ro’yobga chiqarishda olmoshlarning ham “kamtorona” hissasi borligini ta’kidlash lozim. Chunki, ayni shunday ma’no, asosan, men va biz olmoshlarining o’zaro botiniy munosabatida voqelanadi.
Men olmoshi so’zlovchi shaxsning o’zini bildiradi, so’zlovchi shaxsni
ko’rsatadi. Nutq jarayonida ayni shu ma’noni ifodalash maqsadida biz olmoshidan
ham foydalanayotganligi aniq dalildir. Uslubiy ahamiyatga molik shu tarzdagi
qo’llanish, ko’pincha, yozma nutqqa xos ekanligini ta’kidlash lozim. So’zlovchi
kimsa tomonidan qo’llanilgan mazkur olmosh birinchidan, uning nutqini
individuallashtirilishiga olib keladi. Muborak bo’lsin, Maqsun aka. To’y bo’lsa,
mana biz bel bog’labhizmat qilamiz. Nima kamchiliklar bor, ayting! (N.Do’st). –
O’lay agar, sizda ko’nglim yo’q, meni urishmaysiz, - dedi Kamol. – Bizni
kampirning yuraklari juda ham tor. (O.Muhtor) Hamma artislar telpak kiygan, biz
do’ppida (M.Do’st). Misollardan biz olmoshining yakka shaxs ma’nosidagi men
olmoshi bilan almashtirib ishlatilganligi nutqning og’zaki uslubga oid ekanligini
ko’rsatib turibdi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, mazkur misollarda “hurmat”
ma’nosi ham ifodasini topgan deb o’ylaymiz. Mana bu misolda esa biz
olmoshining faqat “kamtarlik” ma’nosida qo’llanilganligini ta’kidlaymiz:
- endi, bizning bu ishlarga dahlimiz ham qolmadi, - dedi Elmonov jilmayib-
bundan buyog’i … shu yerda… jimgina ishlab yotibmiz. (M.Do’st)
Biz olmoshining o’rnida qo’llanib, “kamtarlik” ma’nosini ifodalay olish
xususiyati yozma nutqning publisistik uslubda yaqqol namoyon bo’lishi muhum
dalildir.
Bu o’rinda mazkur uslubiy xususiyat yuqorida bayon etilganligi tufayli shu
fikrni tasdiqlovchi ayrim misollar keltirish bilan cheklanamiz. Bizning ma’ruzamiz
“kishilik olmoshlarining uslubiy xususiyatlari”ni o’rganishga bag’ishlangan. Nima
uchundir Qobil bobo men demasdan biz deb gapirardilar va odamlarni aksar
hollarda ismi bilan emas, nasabi bilan chaqirardilar.
3. “G’ururlik” semasi har qanday kishi o’zining mehnatidan, biror ishni qoyillatib bajarganligida, kimlargadir nafi tekkanligidan va boshqa ijobiy xatti-
harakatlaridan o’zining qadr-qimmatini e’zozlash maqsadida “g’ururona”
so’zlaridan foydalanishi turgan gap. Shunday maqsadda nutq jarayonida kishilik
olmoshlarining ayrim turlaridan ham foydalanishdiki, bu ularning o’ziga xos
uslubiy qiymatini belgilash imkonini beradi. Birinchi gapda men olmoshining
shunday xususiyati haqida to’xtab o’tmoqchimiz. Mazkur olmoshning qanday
uslubiy xususiyatlarga ega ekanligi xususida yuritilgan so’z edi.
Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, men olmoshi “g’ururlik”, “mag’rurlik”
semalari bilan ham o’ziga xos uslubiy ahamiyatga egadir. Quyidagi misollarga
e’tibor beraylik. - Oyijon, sizga bir gap aytaymi? -dedi Jamshid miyig’ida kulguchi
bilan.

Yüklə 62,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin