3. Interferension had tushunchasi Yung nazariyasi ikkita bir xil chastotali monoxromatik to'lqinlarning qo'shilishi tufayli hosil bo'ladigan interferensiya hodisasini tushuntirish imkoniyatini beradi. Biroq har kunlik tajribaning ko'rsatishicha interferensiya hodisasini kuzatish oson emas ekan.
Agar xonada lampochka yonib turgan bo'lsa har qanday istalgan nuqtada intensivliklar qo'shilishini kuzatish mumkin, lekin interferensiya kuzatilmaydi. Tebranishlar qo'shilgan qanday holatda interferensiya hosil bo'ladi, real yorug'lik to'lqini monoxromatik bo'lmaydi degan savol to'g'iladi. Shunday savol tug'ilmasligi uchun ikkita xususiy holni qaraymiz. Buning uchun ifodani quyidagi ko'rinishda yozamiz:
I = √I₁ + I₂ + 2√ I₁ I₂ cos( α₂ - α₁ ), (11) a₁ , a₂ - boshlang'ich fazalar .
Elektromagnit toʻlqin nurlanishi atomlar tebranishi bilan bog'liq bo'lib, bu tebranishlar garmonik emas va har bir tebranish 10-8 sek. vaqt oraligʻida amalga oshadi. Bir atomning turli vaqtdagi va turli atomlarning bir paytdagi tebranishlari mustaqil ravishda amalga oshganligi uchun ular o'zaro faza bo'yicha bog'liq bo’lmasdan turli fazalarga ega bo’ladi.
4. Xulosa Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki , Interferensya hodisasining miqdoriy qonuniyatlari to’lqin uzunligiga bog’liq bo’lgani uchun ham , undan to’lqin uzunligini o’lchashda foydalaniladi . Shuningdek, interferensya hodisasidan optik asboblarning sifatini yaxshilashda va yaxshi qaytaruvchi qatlamlarni hosil qilishda ham foydalaniladi.Interferensya hodisasi interferometrlar deb ataluvchi o’lchov asboblarida ham keng foydalaniladi. Interferensiya yorug'likni to'lqin tabiatini namoyon bo'lishining bir isbotidir. Interferensiya hodisasini biz kundalik hayotimizda juda ko'p kuzatganmiz. Bunga misol, sovun pufagining kishiga shunchalik zavq baxsh etishiga shunday ana shu yorug'lik interferensiyasi sababdir. Interferensiya hodisasini ilk bor tajribada Nyuton kuzatishga muvaffaq bo’laganini bildik. Xullas interferensiya hodisasi yorug’lik va yorug’lik to’lqinlariga bog’liqgini bilib oldik.
Foydalanilgan adabiyotlar 1.M.Ismoilov,P.Xabibullayev, M.Xaliulin. Fizika kursi. Toshkent, O’zbekiston,
2000 yil.
2.Tursunov S,Kamolov J.”Elektr va magnetizm”.Elektron kitob.TDPU saytida.
3.Maxmudov X.M.”Elektr zanjir qismlarini ornatish”.Toshkent,TDP.2005 yil.
4.J.A.Toshxonova,I.Ismailov va boshqalar.”Fizikadan praktikum”Elektr va magnetizm “O`qituvchi” T.1996 yil.