Guruh: 153-22 kb raxbar


rasm. I.A.Karimov valyuta almashinuvi haqida



Yüklə 106,44 Kb.
səhifə12/13
tarix07.01.2024
ölçüsü106,44 Kb.
#210176
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2.3.rasm. I.A.Karimov valyuta almashinuvi haqida
Valyuta birjalarida valyuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valyuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir.Milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatidagi sharti daslabki bosqichda valyutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko'paytirishga ustunlik berishidir. Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblartizimini rivojlantirishni rag'batlantirish, naqd pullarni bankdan tashqarida aylanishini qisqaritirish va ulardan chakana savdoda foydalanish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentyabrda «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Shunga binoan, 2007-yilda muomalaga 3 mln. dona plastik kartochkalar kiritish va plastik kartochkalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish bo'yicha 10 ming dona terminallar o‘rnatish bashorat qilinmoqda.Istiqbolda esa, bu sohadagi siyosat banklararo valyuta birjasidagi aylanma miqdorini korxona va fuqarolar o'z pulini xohlagan miqdorda xohlagan valyutaga erkin almashtirish imkoniyatini beradigan darajaga yetkazishga qaratiladi.
Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quw atining oshishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi




XULOSA


Pulning iqtisodiyotda o'z vazifalarini bajarish jarayonida to'xtovsiz harakatda bo'lishi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida qo'ldan-qo'lga o'tib, aylanib turishi, uning bu to'xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo'yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi.
Mamlakat pultizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: milliy pul birligi; naqd pul muomalasida qonuniy to ‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi; pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi.
Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to ‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Bularning hammasi birgalikda pul agregati deb yuritiladi.Muomalani ta ’minlash uchun zarur bo'lgan pul miqdori muayyan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo'lgan tovarlar summasi, pul birligining aylanish tezligi va kreditning rivojlanishi kabi omillarga bog'liq bo'ladi.
Makroiqtisodiy beqarorlikning ko'rinishlaridan biri inflyatsiya hisoblanib, u pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida qog'oz pul birliklarining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda turli tovar narxlarining o'sishida ifodalanadi. Kelib chiqish sabablariga ko'ra, talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasi farqlanadi. Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotdagi barcha mavjud resurslar to'liq foydalanilgan
sharoitda ishlab chiqarish sohasi ortiqcha talabni qondira olmasligi natijasida kelib chiqadi.
Taklif inflyatsiyasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlaming ko'payishi hisobiga narxlarning oshishi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, o'sish sur’atiga ko'ra inflyatsiyaning o'rm alab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya; bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya kabi turlari farqlanadi.
Kredit bo'sh turgan pul mablag'lari ni ssuda jam g‘armasi shaklida to'plash va ularni pulga muhtoj bo'lib turgan huquqiy hamda jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to'lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.Kredit resurslarining аэоау manbalari korxonalarning amortizatsiya ajratmalari; mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari; korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari; korxonalar foydasi; bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari; aholining bo‘sh pul mablag'laridan iborat.
Banklar pul mablag'larini to ‘plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug'ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Ular kredit munosabatlariga xizmat qilib, kreditning har xil shakllarini o'z ichiga olib, kredit muassasalarining asosini tashkil etadi. Banklar tizimi odatda, ikki bosqichli bo'lib, o'z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.


Yüklə 106,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin