Guruh: 153-22 kb raxbar


-chizma. Real pul vositalari muvozanat 2.2-chizma. Pul bozorida taklif



Yüklə 106,44 Kb.
səhifə8/13
tarix07.01.2024
ölçüsü106,44 Kb.
#210176
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2.1-chizma. Real pul vositalari muvozanat 2.2-chizma. Pul bozorida taklif
Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. Bu holatda real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda Ms to’g’ri chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi. Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proporsional egri chiziq ko’rinishiga ega. Muvozanat nuqtasida pul talabi va taklifi o’zaro teng, (2.1-chizma). O’zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi.
Foiz stavkasining o’zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o’z aktivlari tarkibini o’zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta‘sir etib uni o’zgartirish zarur va mumkindir. Agar R juda yuqori bo’lsa, pul taklifi unga bo’lgan talabdan yuqori bo’ladi. Iqtisodiy agentlar o’zlarida to’planib qolgan ortiqcha naqd pullarni aksiya va obligasiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga intilishadi.
Yuqori foiz stavkasi, ta‘kidlanganidek, obligasiyalar kursining pastroq darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligatsyalarni (kelajakda foiz stavkasi pasayishi oqibatida ular kursi o’sishini ko’zda tutib) sotib olish foydali bo’ladi. Banklar, Ms> Md bo’lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Asta-sekin iqtisodiy agentlar o’z avtivlari tarkibini o’zgartirishi va banklar tomonidan foiz stavkasining o’zgartirilishi oqibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib ketgan holatda teskari jarayon ro’y beradi.
Daromadlar darajasining Y1dan Y2ga qadar o’sishi pulga talabni M1d dan M2d gacha oshishiga va foiz stavkasini R1dan R2ga qadar ko’tarilishiga olib keladi.Pul taklifining kamayishi ham foiz stavkasining ko’tarilishiga va muvozanat nuqtasining o’zgarishiga olib keladi. Pul bozorida muvozanatni o’rnatish va saqlab turish mexanizmi qimmatli qog’ozlar bozori rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli amal qiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat singari makroiqtisodiy muvozanatning muhim tarkibiy qismidir.
Daromadlar darajasining taklifining oshishi natijasida natijasida pul bozorida muvozanatning o’zgarishi. Foiz stavkasi va pul massasi muvozanatli darajasining o’zgarib turishi pul bozorining ekzogen o’zgaruvchilari – daromadlar darajasi va pul taklifining o’zgarishi natijasida ham ro’y beradi. Grafik ko’rinishda, bu, pul talabi va pul taklifi egri chiziqlarining siljishi sifatida namoyon bo’ladi.


Yüklə 106,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin