Guruh: 153-22 kb raxbar


Pul bozorida muvozanatga ta’sir ko’rsatuvchi omillar



Yüklə 106,44 Kb.
səhifə9/13
tarix07.01.2024
ölçüsü106,44 Kb.
#210176
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

2.2 Pul bozorida muvozanatga ta’sir ko’rsatuvchi omillar

Pulning o‘z vazifalarini bajarish jarayonidagi to‘xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi. Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:


-milliy pul birligi (so‘m, dollar, yevro, iena, funt sterling va h.k.);
-naqd pul muomalasida qonuniy to io v vositasi sifatida amalqiluvchi qog‘oz, tanga, plastik kartochka va kredit pullar tizimi;
-pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulnimuomalaga chiqarish tizimi;
-pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar, ya’ni pul belgilari xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to io v talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo‘Igan pul massasi naqd va kredit pullami qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.Muomalani ta’minlash uchun zarur bo'lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog’liq:
- muayyan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo’lgan tovarlar summasiga.
-pul birligining aylanish tezligiga.
-kreditning rivojlanishiga, puldan to’lo’v vositasi vazifasidan foydalanishga.
Ayrim hollarda tovarlar kreditga sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda tolanadi. Demak, muomala uchun zarur bo’gan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq boiadi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to la sh vaqti boshlanadi.
Bu pul miqdoriga ehtiyojni ko‘paytiradi. Undan tashqari hozirgi vaqtda ko‘pgina sotib olish va sotish jarayonlari naqd pulsiz, plastik kartochkalar va bir-biriga bank orqali pul o‘tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Biz ularni o‘zaro hisob-kitoblar deb ataymiz.
Amaldagi valyuta siyosati doirasida valyuta kursining dinamikasi chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif nisbatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar hisobiga shakllanadi.Amaldagi valyuta siyosati doirasida valyuta kursining dinamikasi chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif nisbatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar hisobiga shakllanadi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy saytida.

Valyuta kursiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki omillarga mamlakatda amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati, aholi va tadbirkorlarning valyuta kursi o‘zgarishi va inflatsiya bo‘yicha kutilmalari kiradi. Xususan, Markaziy bank tegishli pul-kredit siyosatini amalga oshirish orqali pul massasi yuqori sur’atlarda o‘sishining oldini olish hamda milliy valyutadagi aktivlarning jozibadorligini oshirish yo‘li bilan chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif darajasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


Bunda amaldagi qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha bank tizimiga likvidlilik berish yoki uni jalb qilish, tijorat banklari uchun majburiy rezerv talablarini o‘zgartirish va boshqa choralarni qo‘llagan holda pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalaniladi.

Yüklə 106,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin