Guruh: 153-22 kb raxbar



Yüklə 106,44 Kb.
səhifə2/13
tarix07.01.2024
ölçüsü106,44 Kb.
#210176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

KIRISH

Kurs ishining dolzarbligi. Turli vaqtlarda jahon savdosining turli xil nazariyalari paydo bo'ldi va rad etildi, ular biron bir tarzda ushbu hodisaning kelib chiqishini tushuntirishga, uning maqsadlari, qonunlari, afzalliklari va kamchiliklarini aniqlashga harakat qildilar. Quyida pulga talab va taklif eng keng tarqalgan nazariyalari keltirilgan:


Pul – iqtisodiyot subyektlari mulkining bir turi bo’lib, mulkning boshqa turlaridan ikki xususiyatiga ko’ra farq qiladi; birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya‘ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf– xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega; ikkinchidan baholar o’zgarmas bo’lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam. Bu savolga javobni pulning funksiyalaridan topamiz. Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi.
Bular :
-to‘lov vositasi (almashinuv vositasi); qiymat o‘lchovi vositasi,
- jamg‘arish ( boylik to‘plash) vositasi.
Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to’lov vositasiga aylantiradi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida to’lovlar uch yo’l bilan amalga oshiriladi:
-naqd pul to’lovi;
-bankdagi hisobvaraqlarda yozuv orqali, ya‘ni naqd bo’lmagan pul ko’chirish orqali;
-bir shaxsning ikkinchi shaxsga qarzdorliligini tasdiqlovchi hujjatlar( veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida. Qiymat o’lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini taqqoslash imkonini beradi. O’z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatavermaydi.
Pulga talab va taklif bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziq-ovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi.
Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning o'rasida eng muximi narx omilidir. Iqtisodiy adabiyotlarda pul tushunchasiga bir necha ta'riflar berilgan.
Quyidagilarni ta'kidlab o’tamiz:
- bitimlar uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan moliyaviy aktivlarning turi;
- tovar ayirboshlashda universal ekvivalent rolini o’ynaydigan maxsus tovar;
-inflyatsiya jarayonlari, siklik tebranishlar, iqtisodiyotdagi muvozanat holatiga erishish mexanizmi, tovar va pul bozorlari faoliyatining tahlilini amalga oshiradigan muhim makroiqtisodiy kategoriya;
- barqaror narx darajasida daromad keltirmaydigan mulkning o’ziga xos turi.
Shu sababga ko’ra pullar ularga o’tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim. Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo’lsa, unda u boylik to’plash maqsadida Jamg’ariladi. Pulning bu funksiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligasiyalar, aksiyalar, ko’chmas mulk ham bajarishi mumkin.Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasi jamg’arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 106,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin