Guruh: 153-22 kb raxbar



Yüklə 106,44 Kb.
səhifə3/13
tarix07.01.2024
ölçüsü106,44 Kb.
#210176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Pul bozori ‒ moliyaviy bozorning tarkibiy qismi bo‘lib, unda pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar harakati ularga bo‘lgan talab va taklif ta’sirida uyg‘unlashtiriladi. Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi to’lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq.
I BOB. PULGA TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI MOHIYATI VA AHAMIYATI
1.1 Pul tushunchasi, bozor iqtisodiyoti uning o’rni va ahamiyati

Pul — bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan.
Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, yaʼni hamma tovarlarni xarid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi. Pul (fors-tojikcha) — Oʻrta Osiyo xonliklari va Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda qoʻllanilgan mis chaqa pul. Masalan, 1 pul XVIII-XIX asrlarda Qoʻqon xonligida 1/45—1/60 tangaga, Buxoroda 1 pul 1/40 tillaga, 1932-yilgacha Eronda 1/40 qironga teng boʻlgan.
Pul hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar; bozor iqtisodiyotining eng asosiy vositasi. Pul oʻz tabiatiga koʻra, 3 xil xususiyatga ega: hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim xarid vositasi, boylik timsoli, mehnatni qiymat shaklida oʻlchab beradigan vosita.
Iqtisodiy adabiyotlarda pul tushunchasiga bir necha ta'riflar berilgan.
- bitimlar uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan moliyaviy aktivlarning turi;
- tovar ayirboshlashda universal ekvivalent rolini o’ynaydigan maxsus tovar;
- barqaror narx darajasida daromad keltirmaydigan mulkning o’ziga xos turi.
Pul iqtisodiyot subyektlari mulkining bir turi bo’lib, mulkning boshqa turlaridan ikki xususiyatiga ko’ra farq qiladi; birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya‘ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega; ikkinchidan baholar o’zgarmas bo’lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam.
Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi. Bular :
-to‘lov vositasi (almashinuv vositasi);
- qiymat o‘lchovi vositasi,. jamg‘arish ( boylik to‘plash) vositasi.
Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to’lov vositasiga aylantiradi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida to’lovlar uch yo’l bilan amalga oshiriladi: -naqd pul to’lovi;
-bankdagi hisobvaraqlarda yozuv orqali, ya‘ni naqd bo’lmagan pul ko’chirish orqali;
-bir shaxsning ikkinchi shaxsga qarzdorliligini tasdiqlovchi hujjatlar( veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida. Qiymat o’lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini taqqoslash imkonini beradi.
O’z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatavermaydi. Shu sababga ko’ra pullar ularga o’tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim. Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo’lsa, unda u boylik to’plash maqsadida jamg’ariladi. Pulning bu funksiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligasiyalar, aksiyalar, ko’chmas mulk ham bajarishi mumkin.
Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasi jamg’arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ahamiyat kasb etadi. Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi to’lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo’linadi.
Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; M2; M3; deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi. Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o’zaro farq qilish mumkin.
Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz:
-M0- muomaladagi naqd pul;
-M1 = M0 + aholining omonat kassalarida talab qilinadigan depozitlari, aholi va korxonalarning tijorat banklaridagi depozitlar,
-aholi va korxonalarning hisob-kitob va joriy hisobvaraqlaridagi mablag’lari;
-M2 =M1 + omonat kassalarida muddatli depozitlar;
-M3 = M2+ bank depozit sertifikatlari, davlat zayomlari.
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko’p foydalaniladi. Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog’liq. Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1ga talab tezroq o’sishga erishsa, foiz stavkasining o’sishi natijasida M2 va M3ga talab M1ga nisbatan tezroq o’sadi.
Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga boʻlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy koʻrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.Ehtiyojning faqat pul bilan taʼminlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab - bu pul bilan taʼminlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan taʼminlanmasa, u "xohish", "istak" boʻlib qolaveradi.
Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi, chunki narx oʻzgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham oʻzgaradi. Shu bogʻliqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha taʼrif berish mumkin: maʼlum vaqt oraligʻida, narxlarning mavjud darajasida isteʼmolchilarning tovar va xizmatlar maʼlum turlarini sotib olishga qodir boʻlgan ehtiyoji.Taklif maʼlum vaqt oraligʻidagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan maʼlum turdagi tovar va xizmatlarning daromad va foyda olish maqsadida bozorga chiqarilgan miqdoriga taklif deyiladi. Narx oʻzgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham oʻzgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi.Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini koʻrsatadi.
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi.Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat ʻul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi.
Ehtiyoj zarur miqdordagi ʻul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog’liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab u bilan ta’minlangan ehtiyojdir.Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.
Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli ko’rinishlari ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste’mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi. Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bo’luvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning yo’qligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondirilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, to’langan talab. Tovarga bo’lgan talab ko’lab omillar, masalan, reklamadan foydalanish, moda va didlar, afzal ko’rish, atrof-muhit, tovarlarni qo’lga kiritish imkoniyati, daromad miqdori, naflilik, o’zaro o’rinbosar tovarlar narxi, aholi soni, kelgusidagi narxlarning o’zgarishi va boshqalarning ta’sirida o’zgarishi mumkin. Shunga ko’ra, ekzogen va endogen talab farqlanadi. Ekzogen talab – bu davlat yoki erkin bozor tizimidan tashqaridagi qandaydir kuchning aralashuvi natijasida o’zgargan talab.Endogen yoki ichki talab – bu jamiyatda mavjud bo’lgan omillar ta’sirida jamiyat ichida tarkib to’gan talab.






Yüklə 106,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin