Guruh: 210-21 Qabul qildi: Muminova Sunbula Toshkent 2022 Reja: Axborot xavfsizligida identifikatsiya va autenttifikatsiya


Autentifikatsiya usullari va vositalari



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə3/11
tarix20.08.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#139988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kiberxavfsizlik

Autentifikatsiya usullari va vositalari. Qat’iy autentifikatsiyalash
Autentifikatsiya jarayoni quyidagi xizmatlar uchun qo’llaniladi:
Elektron pochta;
Web forum;
Umumiy tarmoqda;
Internet-bank tizimida;
To’lov tizimlarida;
Korparativ tarmoqlarda;
Internet magazinda;
Tarmoqda qo’llaniladigan xizmatlar va qurilmalarning muhimligiga ko’ra autentifikatsiyaning turli usullaridan foydalaniladi.

1 – rasm. Autentifikatsiya usullari
Autentifikatsiyani tanitishning asosan ikki xil yo’nalish mavjud:
 Onlayn tanish usullari
 Offlayn tanish usullari
Bu autentifikatsiyalash jarayonida foydalanuvchi ma’lumotlarining belgilarini o’zgarishi sistemaga kirishni murakkablashtiradi va “HA” yoki “YO’Q” javobi orqali tizimga kirishi mumkin. Biometrik belgilarning o’zgarishi ham “YO’Q” javobini berishga sabab bo’lishi mumkin.
Parollar asosida autentifikatsiyalash. Autentifikatsiyaning keng tarqalgan sxemalaridan biri oddiy autentifikatsiyalash bo’lib, u an’anaviy ko’p martali parollarni ishlatishiga asoslangan. Tarmoqdagi foydalanuvchini oddiy autentifikatsiyalash muolajasini quyidagicha tasavvur etish mumkin. Tarmoqdan foydalanishga uringan foydalanuvchi kompyuter klaviaturasida o’zining identifikatori va parolini teradi. Bu ma’lumotlar autentifikatsiya serveriga ishlanish uchun tushadi. Autentifikatsiya serverida saqlanayotgan foydalanuvchi identifikatori bo’yicha ma’lumotlar bazasidan mos yozuv topiladi, undan parolni topib foydalanuvchi kiritgan parol bilan taqqoslanadi. Agar ular mos kelsa, autentifikatsiya muvaffaqiyatli o’tgan hisoblanadi va foydalanuvchi legal (qonuniy) maqomini va avtorizatsiya tizimi orqali uning maqomi uchun aniqlangan xuquqlarni va tarmoq resurslaridan foydalanishga ruxsatni oladi.
Paroldan foydalangan holda oddiy autentifikatsiyalash sxemasi 2– rasmda keltirilgan.
2-rasm. Paroldan foydalangan holda oddiy autentifikatsiyalash
Foydalanuvchining parolini shifrlamasdan uzatish orqali autentifikatsiyalash varianti xavfsizlikning xatto minimal darajasini kafolatlamaydi.Parolni himoyalash uchun uni himoyalanmagan kanal orqali uzatishdan oldin shifrlash zarur. Buning uchun sxemaga shifrlash Ek va rasshifrovka qilish Dk vositalari kiritilgan. Bu vositalar bo’linuvchi maxfiy kalit K orqali boshqariladi. Foydalanuvchining haqiqiyligini tekshirish foydalanuvchi yuborgan parol PA bilan autentifikatsiya serverida saqlanuvchi dastlabki qiymat ni taqqoslashga asoslangan. Agar PAva qiymatlar mos kelsa, parol PA haqiqiy, foydalanuvchi A esa qonuniy hisoblanadi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin