Guruh: silxkm 70-22



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix02.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#171311
1   2   3   4   5   6   7   8
metod

Mavzuga doir muammolar 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi asosiy muammolar 
sanab o‘tildi. Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 
ta’kidlashicha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi asosiy 
muammolar — qulay investitsiya muhitining yo‘qligi, xususiy mulk huquqlarini 
tartibga solish va himoya qilish sohasining nomukammalligi bo‘lib turibdi. 
Amaldagi investitsiya tendensiyalarining shunday davom etishi iqtisodiy o‘sish 
sur’atlariga erishishni sekinlashtirishi mumkin. Iqtisodiy rivojlanish va 
qashshoqlikni kamaytirish vazirligi O‘zbekistonning 2020 yilga mo‘ljallangan 
iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va 2021 yilga mo‘ljallangan prognozlarini 
taqdim etdi. 2020 yil yakuniga ko‘ra, asosiy kapitalga qo‘yilgan investitsiyalar hajmi 
real qiymatida 2019 yilga nisbatan 8,2 foizga kamaydi va 202 trln so‘mni tashkil 
qildi. Markazlashtirilgan manbalardan moliyalashtiriladigan investitsiyalar hajmi 
34,9 foizga kamayib, 39,3 trln so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, byudjet mablag‘lari 
hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiyalar 33,6 foizga, O‘TTJ mablag‘lari 75,7 
foizga, hukumat tomonidan ta’minlangan xorijiy investitsiyalar va kreditlar 28 
foizga 
kamaygan. Ta’kidlanishicha, 
investitsiyalar 
sohasidagi 
mavjud 
tendensiyalarning davom etishi 2021 yilda iqtisodiy o‘sish sur’atlariga (5,1% 
darajasida deb prognoz qilinmoqda) erishishga tahdid solishi mumkin, bu esa 
iqtisodiyotga jalb qilingan investitsiyalar hajmini sezilarli darajada oshirishga 
qaratilgan investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralarni va ularning 
samaradorligini oshirishni talab qiladi. 2020 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalar hajmi 32,7 foizga (kafolatlanmagan xorijiy kreditlarni inobatga 
olmagan holda) kamayib, 2,9 mlrd dollarni (dollar ekvivalentida pasayish 33,8 
foizga yetdi) tashkil etdi. 


Hisobotga ko‘ra, kafolatlanmagan xorijiy kreditlar quyidagi tarmoqlarda 
investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 
1,6 barobardan ziyod (2,4 mlrd dollardan 3,5 mlrd dollargacha) o‘sdi, jumladan: 
1)NKMK — 636,5 mln dollar; 
2)«O‘zbekneftgaz» AJ — 154,8 mln dollar («Sho‘rtan GKM» MCHJ — ishlab 
chiqarish quvvatini oshirish" — 122,7 mln dollar); 
3)«O‘zeltexsanoat» AJ — 101,8 mln dollar (maishiy muzlatgichlar ishlab 
chiqarish — 48 mln dollar); 
4)ATKR vazirligi — 89,4 mln dollar (keng polosali telekommunikatsiya 
tarmog‘ini rivojlantirish — 35,5 mln dollar); 
5)«O‘zqurilishmateriallari» AJ — 91 mln dollar. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 22,1 foizi tabiiy gaz ishlab chiqarish 
sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga, 22,5 foizi boshqa metall bo‘lmagan 
mineral mahsulotlarni ishlab chiqarish, 9,3 foizi qurilish ishlariga yo‘naltirilgan. 
Bundan tashqari, eksport salohiyati yuqori bo‘lgan — mashinasozlik, 
elektrotexnika, metallurgiya, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida asosiy kapitalni 
shakllantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning darajasi pastligicha 
qolmoqda. «Mazkur tendensiya ushbu sohalarda qulay investitsiya muhiti 
yaratilmaganligi, xususan raqobat muhiti, xususiy mulk daxlsizligi, moliya 
bozorlari, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasida tizimli muammolarning 
mavjudligidan dalolat beradi», — deyiladi hisobotda. 
Investitsiyalarning asosiy manbalari hisoblangan davlat tashqi qarzi, Tiklanish va 
taraqqiyot fondi mablag‘lari, kafolatlanmagan xorijiy kreditlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xorijiy investitsiyalar, shuningdek tijorat banklari kreditlarining YAIMga nisbati 
2019 yilda 23,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yil yakuniga ko‘ra ushbu 
ko‘rsatkich YAIMning 20,1 foizini tashkil etdi. 
Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning yuqori texnologiyali va 
inson kapitaliga faol yo‘naltirilmasligi mamlakatda yuqori darajadagi inklyuziv 
o‘sishga erishish va kambag‘allik darajasini qisqartirish kabi maqsadlarga erishish 
jarayonini xavf ostiga qo‘ymoqda 


Investitsiya muhitini yaxshilash sohasida asosiy qadam xususiy va to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha shart-sharoitlar yaratishga 
qaratilgan sa’y-harakatlar orqali to‘liq va samarali institutsional asosni shakllantirish 
bo‘lishi lozim, deya ta’kidladi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish 
vazirligi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin