Shaxsiy takliflar:
1.Xorijdan investitsiya qiluvchi shaxs uchun mamlat hududida yetarli shart-
sharoitlar va chegirmalar sonini oshirish kerak;
2.Xorij investorlari uchun to’lanadigan soliqlar rezdent aholi to’laydigan soliq
summalarining deyarli bir xil bo’lishini ta’minlash kerak;
3.Mamlakat hududidagi ishlab chiqaruvchi korxonalar sonini oshirish maqsadida
har bir kelgan chet el investorini ma’lum bir korxona yoki firma bilan birlashtirish
va tuziladigan shartnoma muddatini uzoqroq qilib belgilash kerak;
4.Chel el investorlari uchun bojxona soliqlaridan ko’proq chegirmalar berish va
mamlakat hududida ularning haq-huquqlarini himoya qilish kerak.
Xulosa
O’zbekiston Respublikasi 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishdiva shu
kundan boshlab respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida
rivojlanishning yangi davri boshlandi.
Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotini erlinlashtirish sharoitida
Jahon hamjamiyatiga qo’shilish jarayonlarini rivojlantirish va yanada
chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlarida kuch-g’ayratni jamlash zaruriyati
yuzaga keldi. Yetakchi xalqaro iqtisodiy, moliyaviy, gumanitar tashkilotlar, ilg’or
Yevropa mamlakatlari va AQSh, Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi davlatlari, MDH
mamlakatlari, Rossiya va shuningdek, Markaziy Osiya mamlakatlari bilan
hamkorlikni mustahkamlash ana shunday yo’nalish hisoblangan.
Integratsiya- O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligi tizimiga kirib
borishini tezlashtiradi. Shuning uchun ham O’zbekiston iqtisodiyotida xalqaro
iqtisodiy integratsion jarayonlarning borishi muhim o’rin tutadi.
Jahon iqtisodiy tizimining globallashuvi zamonaviy jahon xo’jaligining
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi jahin xo’jaligiga
integratsiyalashuvi jarayonida ishtirok etishdan eng ko’p foyda olish va
tavakkalchiliklar xavfini kamaytirish maqsadida jahon xo’jaligiga moslashishi zarur.
|