20.13 guruh Sulaymonova Gulnoza Erkin qizi
Funksional stilistikaga oid test savollari
1.Nutq uslubi haqida qaysi tilshunos olim fikr bildirib quyidagi mulohazani aytib o'tadi?"Nutq uslubini ifoda vositalarining maqsadga muvofiq uyushgan tizimidan iborat deyish mumkin"
A.V.V.Vinogradov
B.A.J.Omonturdiyev
C.A.Shomaqsudov
D.N.ABaskakov
2.Qaysi uslubda fe'lning harakat nomi shakli faol qo'llaniladi va gapning kesimi ko'pincha hozirgi zamonning majhul nisbatida ifodalanadi?
A.Badiiy uslubda
B.Publisistik uslubda
D.Rasmiy uslubda
D.So'zlashuv uslubida
3.Mantiqlik va aniqlik qaysi uslubga xos xususiyatlar sanaladi?
A.Ilmiy
B.Badiiy
C.Rasmiy
D.Publisistik
4.Qaysi uslub aralash uslub hisoblanib,bu uslubda so'zlashuv va kitobiy uslublarga xos o'rinlar ham uchraydi?
A.Publisistik
B.Badiiy
C.Ilmiy
D.Rasmiy
5.Qaysi uslubda nutq ko'pincha dialogik shaklda bo'ladi?
A.Ilmiy
B.Badiiy
C.Ilmiy
D.So'zlashuv
6.Qaysi uslubda ritorik so'roq gaplar,so'roq mazmuni ifodalanadigan darak gaplar,his-hayajon gaplar ko'plab ishlatiladi?
A.So'zlashuv
B.Badiiy
C.Rasmiy
D.Publisistik
7.Qaysi uslubda fonetik xususiyatlar bo'lmaydi,adabiy me'yorga qat'iy rioya qilinadi?
A.Ilmiy
B.Rasmiy
C.Publisistik
D.Badiiy
8.Qaysi uslubning asosiy vazifasi jamiyatdagi ilg'or g'oya va fikrlarni ajratib ko'rsatib,unga odamlarni ishontira olish hisoblanadi?
A.Ilmiy
B.Rasmiy
C.Publisistik
D.Badiiy
9.Qaysi uslub boshqa uslublardan hayotning hamma tomonlarini qamrab olishi bilan,barcha nutq uslublarining unda qo'llanishi bilan farqlanadi?
A.Ilmiy
B.Rasmiy
C.Publisistik
D.Badiiy
10.Qonun matnlari,farmonlar,buyruqlar,ariza kabi hujjatlar qaysi uslubda yoziladi?
A.Badiiy
B.Publisistik
C.Ilmiy
D.Rasmiy