Guruh talabasi mavzu: maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Sog`lomlashtirish gimnastikasi mashg`ulotlari vazifalari



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə3/7
tarix14.07.2023
ölçüsü95,5 Kb.
#136564
1   2   3   4   5   6   7
21.13

2. Sog`lomlashtirish gimnastikasi mashg`ulotlari vazifalari
Аsosiy gimnastika mashgʼulotlari- Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar bilan boshlangʼich gimnastikaning maxsus mashgʼulotlarda va mashgʼulotlardan tashqari qaddi-qomatni toʼgʼri tutishni shakllantirish sogʼliqni mustahkamlash yaxshi jismoniy rivojlanishga koʼmaklashish hayot uchun zarur asosiy harakat mahorati va koʼnikmalarini ishlab chiqish maqsadida olib boriladi.
Gimnastika mashqlarini oʼrganishdan maqsad har qanday pedagogik jarayon singari, harakat koʼnikmalarini, malakalarini shakllantirish va maxsus bilim olishlari uchun bolalarning boshlangʼich gimnastika instruktorlari rejali faoliyatini uygʼunlashtirishdir.
Gimnastika mashqlarini oʼrgatish jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi:
- bolalarning umumiy harakat va jismoniy rivojlanishi uchun ahamiyatli boʼlgan harakat koʼnikmalarini shakllantirish;
- kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik va chidamlilik singari jismoniy hislatlarni tarbiyalash;
Gimnastika mashqlarini oʼr gatish jarayonida hal etiladigan alohida vazifalar har bir konkret holda harakat tuzilishini, uni bajarish sharoitining xususiyatlarini va bolalarning koʼnikma darajasini baholash asosida belgilanadi.
Gimnastika mashgʼulotlarida oʼzlashtiriladigan mashqlar xilma-xil boʼlib, ular gavda alohida qismlarining oddiy harakatlari, sodda, turish holatlaridan (asosiy turish, osilish, tayanishdan) to jismoniy va harakat qobiliyatlarini maksimal ishga solish bilan bogʼliq boʼlgan murakkab harakat faoliyatlarigacha harakatlarini oʼz ichiga oladi. Shuning uchun baʼzi bir mashqlarni oʼrganish oson kechadi. Bu mashqlarni oʼzlashtirib olish uchun ularning bajarilishini koʼrish yoki nomlarini eslab qolishning oʼzigina kifoya qiladi. Bu mashqlarni oʼrganish esa uzoq muddat mashq qilish bilan bogʼliq boʼladi.
Konkret gimnastika mashqlarini oʼrgatishni shartli suratda oʼzaro nihoyatda bogʼliq boʼlgan uch bosqichga boʼlish mumkin.
Birinchi bosqich – harakat haqida umumiy dastlabki tasavvur hosil qilish (boshlangʼich taʼlimot)dan iborat boʼlib, bunday tasavvur har qanday harakat faoliyatini ongli oʼzlashtirish zamirida yotadi. Yangi harakat (uning shakli, qoʼlami, taʼsir yoʼnalishi, alohida holatlari va hokazolar) toʼgʼrisidagi dastlabki maʼlumotlar va bolalar xotirasida jamlangan harakat tajribasi natijasida boʼlajak harakat faoliyatining dastlabki dasturi tuzilishini taʼminlovchi umumiy bogʼlanishlar qaror topadi.
Ikkinchi bosqich –Bu bosqichda jismoniy tarbiya instruktori bilan bolaning birgalikda faol ishlashi natijasi oʼlaroq mashq haqidagi tasavvur aniqlanadi, xatolarga barham beriladi, mashqlarni qattiq nazorat ostida mustaqil bajarish taʼmindlanadi.
Uchinchi bosqich – harakat koʼnikmasini mustahkamlash va takomillashtirish. Bu harakatni boshqarish darajasini muqarrar avtomatlashtirilgan koʼnikma darajasiga yetkazib, shu tufayli bola mashqlarni turli sharoitda uzoq vaqt davomida bajarib yura oladi.

Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin