Guruh talabasi mavzu: maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Maktabgacha taʼlim muassasalarida boshlangʼich gimnastika mashgʼulotlarini tashqil etish



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə4/7
tarix14.07.2023
ölçüsü95,5 Kb.
#136564
1   2   3   4   5   6   7
21.13

3.Maktabgacha taʼlim muassasalarida boshlangʼich gimnastika mashgʼulotlarini tashqil etish.
Maktabgacha taʼlim muassasasida jismoniy tarbiya tizimida- boshlangʼich gimnastika mashqlari, ritmika va sport oʼyinlari tashqil etadi. Boshlangʼich gimnastika mashqlarini toʼgʼri tashqil qilish va mashgʼulotlarni toʼgʼri oʼtkazish uni samarali hal etish nihoyatda muhim sanaladi.
Mashgʼulotlarni toʼgʼri tashqil etilsa, qiziqarli, ibratli jihatlari oshirilsa, gimnastika mashgʼulotlarining samaradorligi ortib boradi. Gimnastika mashgʼulotlarida mashqlarning toʼgʼri taqsimlanishi oʼta muhimdir. Bunda mashgʼulotning asosiy vazifasini ajratish lozim, uning mazmuni koʼzda tutgan maqsadini hisobga olib, bola tanasining maʼlum qismlariga har tomonlama taʼsir oʼtkazish zarur. Shu jumladan mashgʼulotlarning unumdorligini oshirish maqsadida turli mashqlarni bir-biriga bogʼlab olib borish juda muhimdir.
Gimnastika mashgʼulotlarini rejalashtirganda harakat tartibini va takroriyligini, vazifasini toʼgʼri taqsimlash va bolalarni guruhlarga uyushtirishning aniq va oqilona usullari koʼzda tutiladi. Bunga avvalo yetarli harakat faolligi va mashgʼulotlarning zichligini taʼminlash orqali erishiladi. Mashgʼulotlarni rejalashtirishda guruhning aniq sharoiti, zarur jihozlarning mavjudligi hisobga olinadi. Ochiq havodagi mashgʼulotlar mazmuni yil fasllariga, ob-havoga muvofiq ravishda tanlanadi. Mashgʼulotni rejalashtirish va oʼtkazish usullari turlicha boʼlib, ular asosiy harakatlari, bir qolipdagi mashgʼulotlardan tortib, turli xildagi estafetalar va ochiq havodagi mashgʼulotlarni oʼz ichiga oladi.
Maktabgacha taʼlim muassasasida gimnastika mashgʼulotlari quyidagi qismlardan iborat:
1. Mashgʼulotning maqsadi
2. Kerakli jihozlar
3. Mashgʼulotning borishi
4. Tashqiliy qism
5. Аsosiy qism
6. Аsosiy harakat turlari
7. Mustahkamlovchi mashqlar
8. Tinch oʼyinlar va yakuniy qism.
Bolalarning jismoniy mustaqqillik faoliyati jismoniy tarbiya instruktorining bevosita rahbarligida oʼtadi. Jismoniy tarbiya instruktori har bir bolaning gimnastika mashqlarini erkin tanlashga yordamlashadi. Jismoniy tarbiya instruktori harakat faoliyatiga mos jihozni tanlash yoʼli bilan bolalarda tashqilotchilik qobiliyatlarini oʼstirishga yordam beradi. Jismoniy tarbiya instruktori bu ishlarni rejalashtirayotganda bolalarning tashhisi, oʼziga xos xususiyati, jismoniy va aqliy rivojlanishi, salomatligi va tayyorgarligi, qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga oladi. Mashqlarni biror bir tabiat hodisasi, jonzotlarning xatti-harakatlariga bogʼlab yoki taqlid qilib bajarishni taklif qilish orqali bolalarni mashgʼulotlarga boʼlgan qiziqishlarini orttirish mumkin.
Bundan tashqari imkoniyati cheklangan bolalarning ayrimlarida oʼziga boʼlgan ishonchlari past boʼladi. Bunda bolalar buyumlar, jihozlardan foydalanish vaqtlarida ularning xavfsizliklarini taʼminlash bilan birga, ularda oʼzlariga boʼlgan ishonchlarini orttirib borish lozim.
Gimnastika boʼyicha har bir guruh kundalik harakatlar tartibini belgilaydi.
Gimnastika mashgʼulotlarining mazmunida maktabgacha taʼlim muassasalarida “Ilk qadam” dasturi talablariga asoslanadi. Shu bilan birga jismoniy tarbiya instruktori, tarbiyachi va hamshira bilan kelishgan holda oilada bolalarni jismoniy tarbiyalashni targʼib qiladi.
Boshlangʼich gimnastika mashgʼulotlari oʼkuv-tarbiya ishining asosiy shakli hisoblanadi. Ular kichik guruhlarda 15-20, oʼrta guruhlarda 20-25 va tayyorlov guruhlarida 30-35 daqiqa oʼtkaziladi.
Tayyorlov qismida yurish, yugurish, raqs mashqlari va saf mashqlari oʼtkaziladi. Аsosiy qismda umumrivojlantiruvchi mashqlar, asosiy mashqlar va harakatli oʼyinlar tavsiya etiladi.
Yakuniy qismda kam harakatli oʼyinlar va ohista yurish oʼtkaziladi. Ertalabki gimnastika maktabgacha taʼlim muassasasi kun tartibida muhim sogʼlomlashtirish tadbiri sanaladi. Kunda bajariladigan mashqlar toʼgʼri qomatni shakllantiradi, intizom va jismoniy mashqlarga qiziqishni uygunlashtiradi, koʼtarinki rux, bagʼishlaydi. Oʼtish vaqti: kichik guruxda 5 - 8 daqiqa, oʼrta guruxda 9 -11, tayyorlov guruxda 12 - 15 daqiqa. Mashqlar mazmuni: yurish, yugurish 30 soniyadan 15 daqiqagacha, umumrivojlantiruvchi mashqlar va sekin yurish yoki kamharakatli oʼyinlar.
Gimnastika: oddiy yurish, oyoq uchida, tovonda, oyoq, kaftlarining ichki va tashqi qirrasida yurish, qoʼllar bilan tizzalarga tayanib yurish, kerishib yurish, mushukday yurish, tizzalarni baland koʼtarib yurish, tizzalarni orkaga bukib yurish, yarim choʼqqayib va choʼqqayib yurish, qadamlarni juftlab va almashlab yurish, yurishni sakrashlar bilan navbatlashtirib yurish, toʼsiklardan oshib oʼtib yurish, argʼamchi ustidan, tayokcha, toʼldirma toʼp ustidan sakrash, skameyka ustida yurish.
Gimnastika mashgʼulotlarida qoʼllaniladigan yugurish mashqlari, oddiy yugurish, tizzalarni baland koʼtarib yugurish, oyoqlarni oldinga, orkaga bukib, oldinga, tomonlarga siltab yugurish, chalkash qadamlar bilan oldinga, yon tomonga; burilishlar, toʼxtashlar bilan buyumlarni uloqtirish va uni ilib olish bilan yugurishlar; kayta saflanib, turli toʼsikparni oshib oʼtib, toʼsiklar ustida yugurish, yugurish va yurishga navbatlashtirish va hokazo.

Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin