Ta`lim jarayonini rejalashtirish Ta`lim jarayonini rejalashtirishning barcha hujjatlari direktiv va operativ turlarga bo`linadi.
Direktivlarga xujjatlarga quyidagilar kiradi:
1) jismoniy tarbiya asosiy vositalarini o`z ichiga olgan dastur;
2) dasturning muayyan bo`limlari uchun soatlar sonini tartibga soluvchi reja.
Operatsion hujjatlarga quyidagilar kiradi:
1) o`quv materiallarini yil davomida taqsimlash rejasi;
2) tematik dastur;
3) choraklik reja;
4) jismoniy tarbiya mashg`uloti konspekti;
Dastur. Mutaxassis jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini rejalashtirish bo`yicha ishni dastur bilan tanishishdan boshlashi kerak.
Hozirgi vaqtda maktabgacha ta`lim tashkilotlarida «Davlat talablari» (2018) bilan birga, «Ilk qadam» yangi dasturi qo`llanilmoqda.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarining zamonaviy dasturlari jismoniy tarbiya va sog`lomlashtirish ishlarini tashkil etish va o`tkazish yondashuvlari o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, dasturlar bilan tanishishda har tomonlama e`tiborlilik talab etiladi.
XULOSA Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar qoʼlami kengayadi va aniqlashadi. 6-7 yoshli bola oʼzini idora qilish va oʼz harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega boʼla boshlaydi. Bu yoshdagi bolada mustaqil faoliyat koʼrsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi, qiziquvchanlik yanada ortadi, kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi, oʼz salomatligini nazorat qila oladi. Bu davrda bolaning boʼyi 122-128 sm ga yetadi, ogʼirligi 25-28 kg boʼladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, borliqni bilishga intila boshlaydi, gigienik malakalari shakllana boradi.
Boshlangʼich gimnastika mashqlari asosida harakatlarni takomillashtirish, jismoniy sifatlar (tezkorlik, chaqqonlik)ni, kundalik harakat faolligiga boʼlgan ehtiyojini shakllantirish. Mashqlarni bajarish paytida chidamlilik, muvozanat saqlash, harakatlarni boshqarish va fazoda chamalashni takomillashtirish. Uyushqoqlik bilan harakat qilishga; gimnastika mashqlariga qiziqishlarini qoʼllab-quvvatlash, ularni faqat koʼrsatgandagina emas, balki soʼz bilan tushuntirganda ham aniq bajarishga oʼrgata borish.
Mashqlarni aniq, berilgan tezlikda, musiqa ohangiga moslab bajarish.
Y irik motorikani rivojlantirish. Bolada yurish, yugurish, yumalatish, irgʼitish, ilib olish, emaklash, tirmashish, muvozanat saqlash kabi asosiy harakatlarni mustahkamlash; gimnastik oʼtirgichda tik turib yura olish; turli holatdagi yugurish mashqlarini bajara olish; tezlik, muvozanat va yoʼnalishni saqlagan holda yugurish; turli xil sakrash mashqlarini bajara olish, toʼsiqlar ichidan emaklay olish koʼnikmalarini rivojlantirishda davom etish.
Sport anjomlari (toʼp, kegli, halqa, v.b.) bilan taʼminlash; bolaning murakkab harakatlarni bajarishga intilishini ragʼbatlantirish.