Guruh talabasi


Pedagogik malakani egallaganlik darajasi



Yüklə 111,33 Kb.
səhifə9/12
tarix14.12.2023
ölçüsü111,33 Kb.
#178074
növüReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
TA\'LIM VA TARBIYANING PSIXOLOGIK ASOSLARI 52-21Eshqulova Gulnoza MI referat

8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat o‘zi biladigan va qo‘llashni egallagan metodlarni tanlab oladi. Ko‘plab metodlar murakkab bo‘lganligi bois, o‘kituvchida ko‘p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday mas’uliyatdan bo‘yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga harakat qiladi. Natijada turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda samarasi past bo‘ladi.
9. Tarbiya vaqtiQachonki, vaqt kam , maqsad esa katta bo‘lsa, «kuchli harakatlantiruvchi» metodlar qo‘llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «ayaydigan» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatlantiruvchi» va «ayaydigan» metodlarga bo‘linishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o‘rgatish bilan bog‘liq.
10. Kutiladigan natijaMetodni tanlayotganda, tarbiyachida muvafaqqiyatga erishishiga ishonch bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘llanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan ko‘ra bilish kerak.


Tarbiya psixologiyasi
Birinchi guruh metodlarining vazifasi oʻquvchining ijtimoiy ongiga hayot, axloq, mehnat qilish munosabatlari qoida va me’yorlari haqida tushuncha hosil qilish va bilim berishdan iborat. Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me’yorlar shaxsning e’tiqodi, ishonchi va hayotiy qarashlariga aylanadi. Ushbu guruhga ma’naviy, axloqiy, estetik, mafkuraviy, huquqiy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy va h.k. mazmundagi suhbatlar hamda namuna koʻrsatish metodlarini kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh metodlari yordamida oʻquvchida ma’naviy mazmunga oid odatlar hosil qiladi. Oʻquvchi xulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga muvofiq ma’naviy odatlar asosida, faoliyat zaminida tarkib topadi.
Faoliyat oʻquvchilarning ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq-atvor tajribasi bilan boyituvchi muhim manba boʻlib hisoblanadi. Ikkinchi guruh metodlari orasida pedagogik talab metodi ahamiyatlidir. Pedagogik talab turli vazifalarni bajarilishi, ya’ni ijtimoiy xulq-atvor me’yorini ifodalash, u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur boʻlgan aniq bir vazifani amalga oshirish, u yoki bu harakatni olib borishga undovchi boʻlishi mumkin.
Talablar bevosita yoki bilvosita qoʻyilishi mumkin. Bevosita talablar qat’iy buyruq yoki koʻrsatma, ishchanlik, yoʻl-yoʻriq beruvchi tavsifdagi koʻrinishda boʻladi. Bilvosita talablar kechinma, intilish tuygʻusini uygʻotishi koʻzda tutilgan holda maslahat, iltimos, ta’na qilish, faoliyatiga nisbatan qiziqish uygʻotish tarzida namoyon boʻladi. Talablar oʻquvchida u yoki bu darajaja ong, asos, maqsad hamda e’tiqod mavjudligini nazarda tutadi. Ayni vaqtda oʻqituvchi oʻquvchilarga nisbatan qoʻyiladigan talablarning me’yorida boʻlishiga qat’iy ahamiyat berishi lozim.

Yüklə 111,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin