Guruh talabasi Zokirov Jaloliddinning O'zbek tilining sohada qo'llanilishi fanidan 2- mustaqil ishi



Yüklə 14,01 Kb.
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü14,01 Kb.
#194064
1   2   3   4   5
2-mustaqil ish

Fonatsiya jarayonida nafas olish va nafas chiqarish fazalari shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki, nafas olish zo‘riqishsiz, bir qadar jadalroq, nafas chiqarish esa tekis, bir me'yorda va davomliroq kechishi lozim. Nafas chiqarish qanchalik davomli, uzun bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Zotan, tovush, nutq ayni shu nafas chiqarish jarayonida hosil bo‘ladi. Fonatsiyada nafas olish va nafas chiqarish fazalarining ketma-ketligi, almashinish tartibini to‘g‘ri tasavvur etmoq kerak.

  • Fonatsiya jarayonida nafas olish va nafas chiqarish fazalari shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki, nafas olish zo‘riqishsiz, bir qadar jadalroq, nafas chiqarish esa tekis, bir me'yorda va davomliroq kechishi lozim. Nafas chiqarish qanchalik davomli, uzun bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Zotan, tovush, nutq ayni shu nafas chiqarish jarayonida hosil bo‘ladi. Fonatsiyada nafas olish va nafas chiqarish fazalarining ketma-ketligi, almashinish tartibini to‘g‘ri tasavvur etmoq kerak.
  • Bu fazalar bilan nutqning hajmiy va albatta, mazmuniy-estetik qurilishi o‘rtasidagi mutanosiblikni to‘g‘ri belgilamaslik oqibatida nafasning yetmay qolishi, shunga ko‘ra bir nafas bilan yaxlit aytilishi lozim bo‘lgan nutq parchasining bo‘linib ketishi, mantiqiy mazmunni buzadigan noo‘rin pauzaning paydo bo‘lishi kabi nuqsonlar o‘rtaga chiqadi. Masalan, qadimiy va boy tilimizning sofligini saqlash har birimizning burchimizdir jumlasi aytilarkan, masalan, har so‘zidan keyin nafas tugab qolsa, ilojsiz, nafas olish uchun to‘xtalish majburiyati paydo bo‘ladi, bu esa jumlaning noto‘g‘ri bo‘linishiga olib keladi.
  • Yoki ba'zan noto‘g‘ri taqsimlangan nafas jumlaning oxiriga borib yetmay qolsa, jumladagi so‘nggi so‘z "yamlanib" talaffuz qilinadi, so‘zlovchi xuddi bo‘g‘ilib qolganday, juda qiynalganday tuyuladi, bu tinglovchi uchun ham sezilarli darajada qiyinchilik tug‘diradi. Yana bir misol. Odam o‘ta hayajonlanganida, qattiq qo‘rqqanida yoki og‘ir musibat ichida bo‘lganida, umuman, turli hissiy holatlarga tushganida so‘zlarkan, nafas olish va nafas chiqarish fazalarini nazorat qila olmay qoladi. Buning natijasida normal fonatsiya uchun nafasi to‘g‘ri taqsimlanmaydi, ko‘pincha oddiy bir so‘z uchun ham nafasi yetmay qoladi.

Yüklə 14,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin