Ovozdagi bunday nuqsonlarni ko‘proq mashq qilish orqali yo‘qotish mumkin. Muloqot texnikasida suhbatdoshlar o‘z ovozlarini ehtiyot qilishlari uchun ayrim tartiblarga rioya etishlari zarur. Ovoz kuchli, past-baland, ingichka-yo‘g‘on, uzun- qisqa, yoqimli-yoqimsiz kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ovozning ana shu xususiyatlari ma'ruza o‘qishga ta'sir qiladi.

Muomala madaniyati, o‘zini tuta bilishini nazorat qilishi kerak. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi uning muomalasida namoyon bo‘ladi. Muomalaning asosiy vositasi esa tildir. Darhaqiqat, yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama kamolga yetgan, barkamol inson qilib tarbiyalashda ularning ma'naviyat qirralarini - iymon, e'tiqod, mehr, vatanparvarlik, do‘stlik, insonga cheksiz muhabbat, muruvvatlilik, qanoatlilik, sabr-toqatlilik, saxiylik, milliy g‘urur kabi fazilatlarni shakllantirish juda muhimdir. Bu mislsiz tengi yo‘q ishda o‘qituvchilarning, tarbiyachilarning, ta'lim sohasida mas'ul xodimlarning xizmati benihoya kattadir.
Zamonaviy mutaxassisga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi. Unga, shuningdek, maxsus bilimlar va malakalar asosida bolalarni kuzatish, ularning o‘sishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijtimoiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ta'lim tarbiya jarayonini rivojlantirish yo‘llari va usullarini aniqlash, turli vositalar bilan tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish, tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish maqsadga muvofiqdir. Albatta bunda mutaxassis talabchan, mehribon, sabrli, bosiq va o‘z kasbiga nisbatan e'tiqodli bo‘lishi lozim.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Muloqot texnikasining qanday turlari mavjud?
2. Muloqot texnikasini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning qanday o‘rni mavjud?