Yosh grammatikachilar davri (1870-1890 y). Yosh grammatikachilar davridan to F de Sossyurning «Umumiy tilshunoslik kursi» asari va xet yozma yodgorliklarini o`qib, ma`nosini ochib berishgacha bo`lgan davr (XIX asrning oxiri va XX asrning ikki o`n yilligi). F. de Sossyur g`oyalaridan bizning davrimizgacha bo`lgan davr. 13.Qiyosiy-tarixiy metodm.ning dastlabki belgilari Sharq filologiyasida — M. Koshgʻariy, M. Zamaxshariy, A.Navoiy va boshqalarlarning asarlarida kuzatiladi 14.Frans Bopp (1791-1867) – buyuk nemis tilshunosi, Berlin un-ti professori, qiyosiy-tarixiy metod asoschisi. Asarlari: “Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va uni grek, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash” (1816), “Sanskrit, zend, arman, grek, lotin, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi” (3 tom, 1833-1852). F.Bopp tillarning morfologiyasini qiyoslash asosida qarindoshligini isbotlashga harakat qilgan, hind-yevropa tillari atamasini olib kirgan. U yaratgan agglyutinatsiya nazariyasiga ko‘ra, so‘z o‘zartiruvchilar ilgari mustaqil qo‘llanib