Gurux elementlarining binar birikmalari reja: Oltingugurtni suyuqlantirish pechi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə2/4
tarix16.05.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#113648
1   2   3   4
G‘APUROVA SITORA (2)

Ammo shuni esda tutish lozimki, keyinchalik XX asr oxirida kimyo sanoatining kuchli rivojlanishi, mashinasozlikning rivojlanishi, kimyoviy maqsulotlarning halk xо‘jaligida ayniqsa qishloq xо‘jaligida qо‘llanish darajasi haddan tashqari ortib borgan sari havo va suv havzalarni hamda tuproqni har xil sanoat chiqindilari (ranglar, zaharli gazlar, tozalanmagan va tarkibida turli zaharli moddalar bо‘lgan suyuqliklar) bilan ifloslanishi atrof muhit ekologiyasini buzishga olib kelmoqdaki, bu insonlar salomatligiga salbiy ta’sir kо‘rsatmoqda. Butun dunyo miqyosida ekologik muammolar kо‘payib bormoqda. Tabobat ilmining buyuk bobokaloni Ibn Sino toza havo insonlar salomatligiga ta’sir etuvchi eng asosiy omillardan biri ekanligini uqtirib: “… agar biz nafas olayotgan havoda chang va g‘ubor

bо‘lmasa, inson ming yillar yashashi mumkin” deb bundan 1000 yillar oldin aytgan edilar.

Uy temperaturasida oltingugurt a - kо‘rinishda bо‘ladi (rombik modifikasiya), u sariq mо‘rt kristallar, hidsiz. 960S dan yuqoriroq temperaturada a -oltingugurtni asta-sekin b -oltingugurtga aylanishi sodir bо‘ladi. (monoklinnik modifikasiyasi), u deyarli oq kristallik

plastinkalaridan iborat. a va b oltingugurtlarni suyuqlanish temperaturalari tc=112,80C va tc=119,30C muvofiq ravishda. b –oltingugurt zichligi r 1,96 g/sm3.

Bu ikki modifikasiyalar bir-birlaridan kristallik strukturalari bilan farq qiladi.

Oltingugurtning suyuqlanishi uning hajmini sezilarli darajada (~15 % ga) ortishi bilan kuzatiladi. Suyuqlangan oltingugurt sariq, oson harakatlanuvchan suyuqlik, u 1600S dan yuqoriroq haroratda qо‘ng‘irlashadi va 1900S dan tо‘q jigarrangli qovushqoq massaga aylanadi. 1900S dan yuqori temperaturada quvushqoqligi kamayadi va ~4000S da suyuqlangan oltingugurt tо‘q jigar rangda qolib, yana oson harakatlanuvchan suyuqlikka aylanadi. Qizdirilganda sodir bо‘ladigan bu о‘tish (aylanish) xossalari oltingugurtni ichki tuzilishini о‘zgarishi bilan bog‘liq. Quyidagi rasmda oltingugurtning holat diagrammasi keltirilgan.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin