Ta’rif. Suvga gips solib aralashtirgandan vika ninasini to gips hamiri yuzasiga 1 mm botgan paytgacha bo‘lgan vaqt, gips hamirining quyuqlanish davri deyiladi. Asbob va uskunalar. Vika asbobi, tarozi, qorishtirgich, suv, vaqt o‘lchagich. Ishlash tartibi. Gips hamirining qotish muddati Vika asbobi yordamida aniqlanadi. Bu asbob (rasmda) stanina 1, suriladigan metall sterjen 2, uning qo‘shimcha yuk qo‘yiladigan maydonchasi 3, uchi kesik konussimon jez xalqa 8, shisha plastinka 9 dan tashkil topgan. Qisuvchi vint 6 sterjenni zarur balandlikda o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Sterjenning mili 4 uning staninaga biriktirilgan va darajalarga (0 dan 40 mm gacha) bo‘lingan shkala 5 bo‘yicha surilishini ko‘rsatib turadi. Qo‘zg‘aluvchan sterjenning pastki qismiga diametri 1 mm va uzunligi 50 mm bo‘lgan igna o‘rnatiladi. Sinov oldidan metall sterjenning bemalol tushishi ignaning tozaligi, o‘zak milining vaziyati, ya’ni uning shisha plastinkaga taqalganida nol vaziyatni egallashi tekshiriladi. Sterjenning igna bilan birgalikdagi massasi 120 g ga teng. Sinash oldidan xalqa 8bilan plastinka 9 ni mashina moyi bilan yupqa qilib moylash kerak. Gips hamirining qotish muddatini aniqlash uchun tarozida 200 g gips tortib olinib, etarli miqdorda suv quyilgan kosaga solinadida, chilcho‘p bilan 30 sekund qorishtiriladi. Tayyor hamir darxol shisha plastinka ustidagi xalqaga solinadi. Hamir ichidan havo pufakchalarini chiqarib yuborish uchun xalqa bilan plastinka 4-5 marta silkitiladi: plastinkaning bir tomoni tahminan 10 mm ga ko‘tarib tushiriladi. Ortiqcha hamir pichoq bilan sidirib tashlanadi. Xalqa asbob ignasi tagiga joylanadi, igna xalqaning qoq o‘rtasida gips hamiriga tegib turadigan qilib pastga tushiriladi va sterjen siquvchi vint yordamida mahkamlab qo‘yiladi. So‘ngra igna har 30 sekundda pastga tushirilib hamirga botirilaveradi (har gal hamirning yangi joyini teshish lozim). Ignani har safar hamirdan sug‘urib olgandan keyin yaxshilab artish kerak. Ignaning hamirga botish chuqurligini sterjen mili ko‘rsatib turadi, shu qiymatlar laboratoriya ishlari daftariga yozib boriladi. Gips hamirining qota boshlagan va qotib bo‘lgan vaqti daftardagi ma’lumotlardan olinadi. Hamir qorilgan (gips kukuni suvga solingan) paytdan to igna hamir tubiga, ya’ni plastinkaga 0,5 mm etmay to‘xtagan paytgacha o‘tgan muddat hamir qota boshlagan vaqt xisoblanadi. Hamir qorilgan paytdan to igna hamirga 0,5 mm dan chuqur botolmaydigan bo‘lguncha o‘tgan muddat gips hamirining qotishi tugagan vaqtni bildiradi. Sinalayotgan gips hamirining qotish muddati laboratoriya ishlari daftariga yoziladi va standartdagi talablarga tasdiqlanadi.
Gips miqdori – Suv miqdori – Qorishtirish boshlangan vaqt .... soat.....min.