OHAK TARKIBIDAGI SO‘NMAGAN ZARRACHALAR MIQDORINI ANIQLASH Vazifa. Ohakdagi so‘nmagan zarrachalar miqdorini aniqlashdan iborat.
Tosh yoki kukun holidagi ohak so‘ndirilganda uning bir qismi so‘nmaydi yoki juda sekin so‘nadi. Qurilishga keltirilgan ohakdagi so‘nmaydigan zarrachalar miqdori darhol aniqlanishi lozim. Agar 1-sortli ohakda so‘nmaydigan zarrachalar miqdori 10% dan, 2-sortli ohakda esa 20% dan ko‘p bo‘lsa, bunday ohak yaroqsiz hisoblanadi. Asbob uskunalar. YUmaloq idish, 063-nomerli elak, texnik tarozi, tarozi toshlari, termometrli quritish shkafi, mo‘yqalam, shisha idish, sinash uchun so‘nmagan yoki 24 soat oldin so‘ndirilgan ohak bo‘tqa. Ish tartibi. Texnik tarozida so‘nmagan ohakdan 1 kg (quruq holatda hisoblanganda) tortib, ohak bo‘tqasi tayyorlanadi va 24 soatdan keyin suv qo‘shib ayron holiga keltiriladi. Bu ohak 063-nomerli elakka solinadi va elakda qolgan so‘nmagan zarrachalar toza bo‘lgunga qadar yuviladi. Elakda qolgan qoldiq elak bilan birga 105-110°S temperaturada turg‘un vazngacha quritiladi va texnik tarozida tortiladi. Umumiy massadan elak massasini ayirib, so‘nmagan zarrachalar massasi topiladi. Sinash uchun olingan 1 kg quruq ohakka nisbatan % hisobida so‘nmagan zarrachalar miqdori aniqlanadi. Natijalar jadvalga yozib boriladi.