Page 194 "Ha, egachi, o'z onalik qadringizni bilmasangiz shunaqa bo'ladi. Keliningiz yuzsizlik
qilgan bo'lsa, o'g'lingiz o'ylashi, onaizoriga rahm qilishi kerak edi" - degan gaplari
Lazokatxonning cho'rtkesar, shaddod, aniq gapni aytishi, dangalchi ekanligini
ko'rsatadi.
Og'irlashib qolgan Aziza xolaga doktor chaqirishga majbur bo'ladi. O'g'li ham bu
xabarni eshitib, silliqqina bo'lib kirib keladi. Lazokat opa ham O'ktamga og'ir
dashnomlar yog'diradi. U esa "yer yorilmadi, yerga kirib ketmadi".
MUHOKAMA Bilamiz, turmushda har xil farzandlar uchraydi. Bir xillari o'z shaxsiy manfaatlarini
birinchi o'ringa qo'yishadi, o'z huzur-halovatlariga berilib ketishadi-yu, ota-ona oldidagi
burchlarini unutib qo'yishadi. Ana shunday betavfiqlar qatoriga kirib qolgan farzandni
Hakim Nazir o'z asarida o'ziga xos tarzda yoritib bera olgan. Onalarning ortiqcha
tortinchoqligi, xokisorligini o'zgacha tarannum etgan.
NATIJA Ona siymosi haqidagi asarlar ko'p. O'.Hoshimov, S.Ahmad asarlaridagi singari
H.Nazir ham ONA obrazini betakror, jozibali tasvirlaydi. Farzandining onasiga nisbatan
oqibatsizligi haqidagi "Oqibat" hikoyasidagi xotima qismi ham rishtalarning qayta
ulanishi, tiklanishi bilan yakunlanadi.
XULOSA Hikoya o'ziga xos poetik jihatdan yoritilgan. O'g'liga bir so'z aytishga
iymanadigan, fikrini bildirishga tortinadigan, yomon kunlarini ham sezdirmaslikka
harakat qiladigan haqiqiy ONA obrazi tasvirlangan. H.Nazirning asarlaridagi
qahramonlar bevosita hayotdan olingan. Voqealar reallik bilan barobar yuradi.
Lazokatxon obrazi ona va farzand o'rtasidagi munosabatlarni qayta tiklanishiga
sababchi bo'lgan, tarbiyali ayol. O'rnak bo'ladigan xislatlari juda ham ko'p. Shu bilan
birga, qo'shnisiga bo'lgan mehribonlik, qayg'urish tuyg'ularini, qo'lidan kelgancha
yordam berish, yolg'izlatib qo'ymaslik kabi o'zbekona urf-odatlarni o'zida
mujassamlashtirgan obraz timsolida ko'rishimiz mumkin. H.Nazir asarlaridagi
qahramonlarni badiiy to'qima sifatida kiritishda o'zining hayot davomidagi qarashlari,
ko'rgan-bilganlarini, ilmiy tajribadan o'tgan voqea-hodisalarni asos qilib olgani ham
alohida ahamiyatga ega.
H.Nazir hikoyalarida tarbiyaviy ruh yetakchilik qiladi. Ota-onaga bo'lgan hurmat,
keksalik chog'ida qadrlash, doimo hurmat qilish, xizmatini bemminat, og'ishmasdan
bajarish kabi insoniy sifatlar asosiga qurilgan asarlarini to'laligicha yoritib bera olgan.