1 Xalqaro muzey faoliyatining shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari
6) ma’lum hududning madaniy an’analarini qadrlash, u jamiyatning bebaho merosi ekanini qalban his qilish, yuklatilgan mas’uliyatni chuqur anglash.
Mutaxassislar muzey sohasining ushbu talablariga turlicha yondashishadi. Masalan, toronto universitetining dotsenti va prezidenti (2010- yildan boshlab), xalqaro muzeylar kengashi (IKOM) qoshidagi xodimlarni tayyorlash xalqaro qо‘mitasi (IKTOP) rahbari, kanadalik muzeyshunos Linn Tizer о‘zining 1990-yildagi chiqishida muzey ishini haligacha “shakllanmagan mutaxassislik”, “soxta kasb”, deya ta’kidlagan. Uning fikriga kо‘ra, ushbu sohaning asosiy muommosi muzey xodimlari uchun zarur bо‘lgan muzey ishi ideologiyasi va fan uchun yetarli ma’lumotlarning mavjud emasligidadir. Shu sabab tadqiqotchi professional assotsiatsiyani tuzishdan avval unga muzey dunyosining muvaffaqiyat sari dadil taraqqiy etayotgan sohalarning biri sifatida qaradi.

Golland muzeyshunosi Peter van Mensh aksincha, mavjud muzeyshunoslik kasbiga yuksak ishonch bildirgan. U yozgan “muzeyshunoslik metodologiyasi” (Zagreb, Xorvatiya, 1992-yil) dissertatsiyasining “kasbiy mahorat va muzeyshunoslik” bobida bu mavzuga alohida tо‘xtalgan. Muzeyshunoslik nazariyasiga bо‘lgan qiziqishning ortib borishini sohani mustaqil yо‘lda, ma’lum bir maqsadni kо‘zlab rivojlanayotgani bilan uzviy bog‘ladi.