1 Xalqaro muzey faoliyatining shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari
1908- yilda taniqli amerikalik tashabbuskor ayol va arxeolog, Pensilvaniya universiteti tashkilotchisi Sara York Stivenson Pensilvaniya universiteti va sanoat san’ati maktabi (hozirgi san’at universiteti) qoshida bо‘lajak kо‘rgazma kuratorlari kursini ochib, talabalarga tahsil berdi.

Sara York Stivenson
1910-yildan boshlab Ayova tabiiy tarix universiteti muzeyi negizida ekspozitsion ishlar texnikasidan zoologiya fanlari professori Gomer D. Dill, 1923-1953 yillar davomida muzeyshunoslik professori pol J.Saks Garvard universitetining Foggsovsk badiiy muzeyida “muzey ishlari va muzey muammolari” mavzusida yosh mutaxassislarga ta’lim bergan. Unda asosiy diqqat tasviriy san’at asarlarining atribusiyasi va ekspertizasiga qaratilgan. Nihoyat 1925-yildan boshlab Jon Kotton Danining tashabbusi bilan Nyuark muzeyida bо‘lajak kо‘rgazma kuratorlari tayyorlash bо‘yicha salmoqli ishlar yо‘lga qо‘yildi.

Dastur rejasiga maktab uchun qо‘llanmalar tayyorlash, eskpozitsion faoliyat, etiketaj tuzish, badiiy tanqid, reklama va pablisiti tо‘g‘risida ma’ruzalar, muzeyning barcha bо‘limlariga mashg‘ulotlar о‘tkazish kiritildi.
Rossiyada muzeyshunoslik bо‘yicha ta’lim berish ilk marta Moskvadagi arxeologiya institutida 1907- yilda yо‘lga qо‘yilganligi taxmin qilinadi. Unda arxiv, kutubxona va muzeylar uchun mutaxassislar tayyorlana boshlangan. Maxsus kurslarga etnograf va arxeolog Stefan Kirovich Kuznetsov ma’ruza о‘qigan.