1 Xalqaro muzey faoliyatining shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari
Sohaga oid faollikning avj olishi 1970 - yillarning ikkinchi yarmida, ikkinchi muzeylar inqilobi davrida rо‘y berdi. Birinchi muzeylar inqilobi davri XIX asrning oxirlarida Muzeylar Assotsiatsiyasini tashkil etilishiga turtki bо‘lgan edi. Ikkinchisi esa keng miqyosda etika kodekslarining vujudga kelishiga sabab bо‘ldi. 1977- yilda Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniya muzey xodimlari uchun etika kodeksilari qabul qilindi. 1978- yilda Amerika Muzeylar Assotsiatsiyasi yangi, “Etika haqida qoidalar”ni ishlab chiqdi. Aytish mumkinki, bu qoidalarni qabul qilish davrida kо‘plab nizolar kelib chiqdi. Ular asosan badiiy-tarixiy qiymatga ega bо‘lmagan muzey kolleksiyalar bilan bog‘liq edi.

1979-yilda Kanada va Isroil, 1982-yilda esa Avstraliya о‘z kodekslarini ishlab chiqdi. 1977-yilda Daniya poytaxti Kopengagenda bо‘lib о‘tgan IKOMning XI Bosh Assambleyasida muzey xodimlari uchun umumiy professional etika kodeksini ishlab chiqish masalasini о‘rtaga tashlandi. Bu kodeks 1986-yilda Argentinaning Buenos-Ayres shahrida bо‘lib о‘tgan IKOMning XV Bosh Assambleyasida bir ovozdan qabul qilindi. Uning asosi ingliz va amerika kodekslaridan olindi. 2001- va 2004- yillarda u qayta yangilangan hamda “Muzeylar etikasi kodeksi” nomiga о‘zgartirilgan. Alohida yо‘nalishga mо‘ljallangan muzeylar faoliyatidan kelib chiqib о‘z kodekslarini ishlab chiqishgan. 1963-yilda Amerika Xalqaro Konservatsiya Instituti guruhi “Amaliyot standartlari va konservatorlar uchun professional munosabat” maqolasini chop ettirdi.