1 Xalqaro muzey faoliyatining shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari
Jurnal Drezdenda 1885-yilgacha nashr etilib turdi. Oxirgi №24 soni jurnal asoschisi vafoti yilida chiqdi. Fon Grassening о‘zi jurnalning eng faol mualliflaridan edi. 1883-yilda jurnalning №15 sonida Fon Grasse “Muzeologiya - ilmiy fan sifatida” nomli maqolasini chop ettirdi. Maqolada zamonaviy tadqiqotchilarning muzeologiyani fan sifatida о‘rganishlari, izlanishlari uchun muhim bо‘g‘inligi ekanligi tо‘g‘risidagi ilg‘or g‘oyalar keltirib о‘tilgan edi. 1890-1893yillarda Fransiyadan “Muzeylar byulleteni: oylik jurnal” (“Bulletin des musees: revue mensuelle publiee nationaux”) nashr qilinib turildi. Jurnalga Lyuksemburg muzeyi direktori va san’atshunos Leons Benedit (1856-1925) va dekorativ amaliy san’at ustasi Eduard Garnyelor (1840-1903) tomonidan asos solindi.

Jurnal mumtoz san’at direksiyasi va milliy muzeylar direksiyasi - Fransiyaning butun badiiy san’ati, muzey sohasi markaziy davlat organlari rahbariyati hamkorligida nashr etib turildi.
Keyinchalik barcha muzey tashkilotlari (milliy va xalqaro)ning davriy nashrlarining paydo bо‘lishiga zamin yaratildi. 1901- yilda muzeylar assotsiatsiyasi о‘zining shaxsiy oylik “Muzey jurnali”ni chop eta boshladi (“Museums journal”). Bu jurnal bugungi kungacha faoliyat yuritib keladi.