1 Xalqaro muzey faoliyatining shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari
1905- yilda Drezdenda yana bir “Muzey ishi. Ommaviy va xususiy yig‘ilmalarni boshqarish texnikasi” (“Museumskunde. Zeitschrift für verwalting und technik öffentlicher und privater sammlungen”) deb nomlangan professional jurnal chop etila boshlandi. Muzeylar xalqaro byurosining ham xususiy davriy nashri bо‘lib, u “Museyon: muzeografiyaning xalqaro sharhi” (“Mouseion. Revue internatsionale de museographie”) nomi bilan 1927-yildan 1946-yilgacha chiqib turgan. Undagi maqolalar asosan fransuz tilida chop etilib, ba’zi sahifalarida ingliz tilidagi maqolalar nashr qilingan.

Rossiyada XX asr boshlarida muzey dunyosini butunlay qamrab olgan jurnal yо‘q edi. Ammo, bu sohaga oid ayrim maqolalar tarixiy-badiiy yо‘nalishdagi nashrda chiqib turgan. “Etnografik sharhlar” (“Etnograficheskom obozreniye” Moskva, 1889-1916 y.), “Tirik qadimiyatlar” ( “Jivoy starine” Sankt-Peterburg, 1890-1916 y.), “Tarixiy yillar” (“Starix godax” 1907-1916 y.) Shular jumlasidandir. Mustaqil muzey jurnalini yaratish zaruriyati muzeylarning ta’sis syezdida muhokama qilindi (Moskva 1912 y.). Muzey muammolariga bag‘ishlangan ilk jurnal “Qozon muzey xabarnomasi” (“Kazanskiy muzeyniy vestnik”) bо‘lib, 1920-1924 yillarda uning 16 ta kitobchasi chop etildi. Birinchi butun Rossiya muzeylarining syezdi yakunlariga kо‘ra 1930 yildan “Sovet muzeyi” (“Sovetskiy muzey”) jurnali nashr qilina boshlandi