Kasbiy etika mezonlari nuqtai nazaridan ishlar qanday yо‘lga qо‘yildi? Chuqurlashtirilgan ta’lim berish va amaliyot mutaxassislari rahbarligini ta’minlash masalasida institusionalizm uslublari nechog‘
1 Xalqaro muzey faoliyatining shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari
Kasbiy etika mezonlari nuqtai nazaridan ishlar qanday yо‘lga qо‘yildi? Chuqurlashtirilgan ta’lim berish va amaliyot mutaxassislari rahbarligini ta’minlash masalasida institusionalizm uslublari nechog‘li ahamiyatga ega?

Bunda etika kodeksining amaliyot faoliyatini joriy qilish va mavjudlik muhim ahamiyat kasb etishi tabiiy. Muzey etikasi muammosi XX-XXI asrlar mobaynida kо‘zga tashlandi. Bu kо‘proq muzeyshunoslik tanqidchiligi va multimadaniyat g‘oyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq edi. P. van Mensh о‘z dissertatsiyasida bu haqda alohida bob ajratib muammolar haqida sо‘z yuritgan. Akademiya о‘qituvchisi Reynvart Leontinning rafiqasi Meyer van Mensh ham shu mavzuda qator maqolalar chop ettirgan.
Muzey etikasining о‘zi nima? U professional etikaning turli kо‘rinishi, bir soha mutaxassislari tomonidan yakdil qabul qilingan, о‘z navbatida axloq me’yorlariga mos keladigan javobgarlikdir. P. Vanning ta’kidlanishicha: “Kasbiy etika ma’lum bir sohaning mohiyati va qarashlari bilan tenglikni kasb etishi, о‘z о‘rnida shu kasbning taraqqiyoti uchun hissa qо‘shishi, demakdir”. Shu orqali mavzuning ahamiyati haqida sо‘z yuritsak bо‘ladi. Kasbiy etika - etika kodekslari asosida tuzilib, hujjatlarda qayd etiladi. Etika kodekslari:

1) bir guruh a’zolarini ideal va axloq me’yorlari ostida birlashishini ta’minlaydi;
2) aniq professional maqsad va harakat uchun tavsiyalar beradi, boshqaruvni taklif qiladi, birinchi navbatda, lozim sharoitda etika nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ikki ma’noli fikrga ega bо‘lishni talab etadi;
3) tashkilotning axloqiy jihatdan javobgarligini zimmasiga oladi.