1966- yilda Buyuk Britaniyaning Lester universitetida “Muzeylar tadqiqoti” kafedrasiga asos solinganini ham ta’kidlash lozim. Uning tashkilotchisi 1977- yilgacha shu kafedraga rahbarlik qilgan Raymond Singlton edi. Bundan kо‘zlangan dastlabki maqsad talabalarni muzey xizmati amaliyotiga puxta tayyorlash edi.

Buyuk Britaniya Muzeylar Assotsiatsiyasi vakillarining harakatlari natijasida tez orada muzey sohasi о‘z mazmun-mohiyati hamda о‘rniga ega bо‘la boshladi. Bu yangi yо‘nalishga nom tanlashdayoq isbotini topdi: “muzeyshunoslik” (museology) emas, “muzey tadqiqoti” (museum studies) kafedrasi. 1984-yilda shu yerda muzey tadqiqoti yо‘nalishida birinchi ilmiy dissertatsiya yozildi. L.Tizer muallifligida “Muzeyshunoslik va uning an’anlari. 1845-1945- yillardagi Britaniya tajribasi” deb nomlangan edi. 1980-1990-yillarda kafedra ishlari nazariy yо‘nalishni kengroq qamrab olishga qaratildi.

Hozirda u muzey faniga tegishli barcha muammolarni hal etuvchi dunyodagi yirik ilmiy-о‘quv markazi hisoblanadi. Turli yillarda markazni Syuzen Pirs, Eylen Xuper-Grinxill, Richard Sandell kabi taniqli olimlar boshqarib kelishgan. Bu ilmiy maktabning о‘ziga xos xarakterli jihati shundaki, u zamonaviy falsafa konsepsiyalariga muzeyshunoslik izlanishlari, muzey vositalarining moddiy madaniyatni taqdimoti muammosini kо‘tarish bilan bir paytda zamonaviy muzeylar oldida turgan va yechilishi lozim bо‘lgan zarur ijtimoiy vazifalarga ham e’tibor qaratdi. 1999-yildan boshlab kafedra qoshida “Muzey va galereya tadqiqoti markazi” (hozir Muzey tadqiqotlari maktabi) faoliyat yuritmoqda, u muzey sohasining malaka oshirish amaliyotini yanada takomillashtirish va tanqidiy yondashish masalasiga jiddiy e’tibor qaratgan.