Bu kodeksning ahamiyati shundaki, u: a) muzey sohasini himoya qiladi: b) muzey xodimiga nisbatan tо‘satdan noaxloqiy munosabatda bо‘lgan paytda u о‘z nuqtai nazariga suyangan holda vaziyatdan chiqib k
1 Xalqaro muzey faoliyatining shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari
Bu kodeksning ahamiyati shundaki, u: a) muzey sohasini himoya qiladi: b) muzey xodimiga nisbatan tо‘satdan noaxloqiy munosabatda bо‘lgan paytda u о‘z nuqtai nazariga suyangan holda vaziyatdan chiqib ketishini ta’minlaydi.

Aslida muzey va kolleksiyaga bog‘liq favqulotda qanday voqealar sodir bо‘lishi mumkin? Muzey etikasi bilan aloqador, etnografiya bilan bog‘liq ilk maqolalar 1898-yillarda chop etilgani tarixda qayd etilgan. Maqola Kingston (Yamayka) muzeyida kurator vazifasida ishlagan amerikalik zoolog Teodor Kokerellga tegishli. T.Kokerell Amerika Iqtisodiy Entomologiya Jamiyati yig‘ilishidagi chiqishida fikr mulohazalarini bildirib о‘tgan. Unda aynan tabiiy fanlarga nisbatan etika tushunchasi birinchi marta muzey xizmati doirasida qо‘llanilgan. Yig‘ilishda kolleksiya tо‘plash va konservatsiya, xususiy va muzey kolleksioneri kuratorlari orasida yuz berishi mumkin bо‘lgan ziddiyatlar haqida ham sо‘z bordi.
О‘zining xususiy etikasini chop etgan birinchi milliy tashkilot Nemis Muzeylar Ittifoqi edi. 1925-yilda esa muzey xodimlari etikasini Amerika Muzeylar Assotsiatsiyasi qabul qilgan. Bu qaror kо‘plab mojaralarga sabab bо‘ldi. Chunki, ba’zi muzey xodimlari muzeyini zarur buyum va ashyolar bilan tо‘ldirish maqsadida “komission” usuldan foydalanib kelishayotgan edi. Bu yuqoridagi fikrimizni tasdiqlash uchun nihoyatda yorqin misol bо‘la oladi. Muzey sohasini muvofiqlashtirishda uning faoliyatini atroflicha muhokama qilish kerak.

Muzey ishi bilan uzviy bog‘liqlik va u tufayli yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan nizolar, masalan, badiiy buyumlar savdosini esdan chiqarmaslik lozim. Ushbu muammolar Nemis Muzeylar Ittifoqi etikasida о‘z aksni topgan.