1 Xalqaro muzey faoliyatining shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari
Muzey sektorining professionallashuv omili tarixiy istiqbolga ega bо‘lib, muzey xodimlari va muzeyning nazariy asoslarini о‘rganuvchi muzeyshunoslarning jiddiy e’tiborini tortdi. Biz bu omil kommunikatsiyasining professional tizimi tо‘g‘risida nima deya olamiz? Uning muhim tarmog‘i professional davriylik bо‘lib, turli mamlakatlar mutaxassislari orasida aloqalarni qо‘llab-quvvatlash, fikr almashish, sohaga oid yangi ishlanmalar bilan tanishish imkonini beradi.

Dunyodagi birinchi muzey va kolleksiyalarga bag‘ishlangan davriy nashr Drezdenda (Saksoniya) paydo bо‘lgan. Jurnalning nomi “Muzeologiya va qadimshunoslik” bо‘lib, uning asoschisi mashhur nemis filolog va tarixchisi, о‘rta asrlar adabiyoti bо‘yicha mutaxassis, etnograf Drezden “Yashil tо‘plamlar” (“Zelyoniye svodi”) muzeyi direktori Georg Teodor fon Grasse (1914-1885) bо‘lgan. 1878-yilda uning tashabbusi bilan maxsus jurnal chop etila boshlandi. Uning sahifalarida muzeylarda yig‘ilgan osori-atiqalarga aloqador masalalar, muzey kolleksiyalari ommalashtirila boshlandi. “Umumiy muzeologiya va unga turdosh fanlar” deb nom olgan jurnal tez orada “Muzeologiya va qadimshunoslik, unga tengdosh, turdosh fanlar” deb atala boshlandi. (“Zeitschrift für museologie und antiquitätenkunde sowie für verwandte wissenschaften“).