1 Xalqaro muzey faoliyatining shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari
IKOMning Birinchi Asosiy Bosh Konferensiyasi 1948-yilda Parijda о‘tkazilgan, unda Muzey (Muzeografiya) sohasi texnik xodimlarini tayyorlash davrning muhim vazifasi ekani kо‘rsatildi. 1965-yili IKOMning Nyu-Yorkda bо‘lib о‘tgan VII bosh konferensiyasi muzeyshunoslik nazariyasini universitet kurslariga kiritish shu kunning talabiga mos ekani ta’kidlandi.

1963 yilda yana Yevangelista Purkina (sobiq Masarika universiteti) universiteti qoshida “muzeyshunoslik” bо‘yicha birinchi ichki kafedra ish boshlagan. Kafedraning tashkil etilishida Moravsk muzeyi direktori Yan Yelinek tashabbus kо‘rsatgan. 1964-yilda “muzeyshunoslik” nazariyasini fan sifatida kiritishda jonbozlik kо‘rsatgan olim Zbinek Stranskiy kafedraning amaldagi rahbari etib tayinlangan. 1965-yilda uning boshchiligida universitetda “muzeyshunoslik” bо‘yicha aspirantura bо‘limi ochildi.

Bir yildan sо‘ng, 1966-yilda Zagreb (Yugoslaviya) universiteti qoshida hujjatlar, kutubxonashunoslik va fan sohasi axboroti bо‘yicha aspirantura, shuningdek, bir nechta muzeyshunoslik hamda arxivshunoslik kurslari ochildi. Bunga muzeyshunoslik bо‘yicha Xorvat maktabi asoschisi Antun Bauer boshchilik qildi. Uning sayi harakatlari bilan muzeyshunoslik 1946-yildayoq shu universitetning falsafa fakulteti arxeolog va san’at tarixchilarini tayyorlash kurslari tarkibiga kiritilgan edi. Muzeyshunoslik hujjatli fan sohasi sifatida о‘rganilgan.