1 Xalqaro muzey faoliyatining shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari
1920-yildan muzeyshunoslik saboqlari Petrograd arxeologiya institutida ham yо‘lga qо‘yilgan. Bu yerda kurs ma’ruzalarini о‘qish taniqli arxeolog Aleksandr Aleksandrovich Millerning zimmasiga yuklatilgan. Ushbu institut Petrograd universiteti arxeologiya bо‘limiga qо‘shib olinganidan sо‘ng ham muzeyshunoslik va muzey xizmati texnikasi bо‘yicha ma’ruzalarni о‘qish va seminar mashg‘ulotlarini о‘tash asosan shu olimga ishonib topshirilgan.

A.A.Millerdan tashqari, mamlakatning yana bir nomdor arxeologi Sergey Ivanovich Rudenko ham ta’lim jarayonida faol ishtirok etgan. О‘sha vaqtlarda Moskva universitetida muzeyshunoslik yо‘nalishida Georgiy Leonidovich Malitskiy ma’ruzalar о‘qigan.

1922-yilda muzeyshunoslik bо‘yicha ilk marta maxsus leksiya о‘quvchi (lektor) lavozimiga mutaxassis tayyorlash Chexoslovakiyaning Brno shahridagi Masarika universitetida joriy qilindi. Yirik hududiy muzey negizida tashkil qilingan mashg‘ulotlarda asosiy urg‘u amaliyotga berilib, bu orqali muzey ashyolarini tо‘plovchi xizmati, muzey buyumlarini saqlash va hisobot yuritish, ekspozitsion faoliyat, muzey boshqaruvi mutaxassislarini tayyorlash masalalarini hal qilishga harakat qilingan.