2. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash usullari.
Uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu asosiy etakchi sohalarni modernizasiya qilish, qishloq xo‘jaligini texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikasiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat bo‘lib, bu masalani hal etish tarmoq korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanib, iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish va foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llarini o‘rganish zaruratini keltirib chiqaradi.
Investor uchun investitsion qarorlar qabul qilish juda qiyin vazifa hisoblanib, bunda asosiy mezon investorning boyligini ko‘paytirish, korxonaning qiymatlarini oshirish mezonlariga qaratiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda investitsiyalar samaradorligini baholashning quydagi usullari katta ahamiyat kasb etadi. Investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash ikki mezon asosida, ya’ni moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi1. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashning bu ikkala mezoni ham bir-birini to‘ldirib turadi.
Moliyaviy baholash investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonidagi likvidligini tahlil qilishda ishlatiladi. Bunda, moliyaviy baholash vazifasi, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning etarli moliyaviy resurslari bo‘lishini belgilashdir.
Iqtisodiy baholash esa, investitsiya loyihasining potensial qobiliyati, shu loyihaga qo‘yilgan mablag‘larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o‘sishi sur’atini etarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi.
Ob’ektni investitsiyalashda moliyaviy baholash (yoki moliyaviy asoslanganlik bahosi) investitsiya jarayonining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Investor moliyaviy holati noma’lum bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan hech qanday munosabatlar olib bormaydi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, korxonalar moliyaviy hisobotlarini ommaviy-axborot vositalari orqali yoki har xil to‘plamlar holatida chop etilib, e’lon qilish normal holat hisoblanadi. Bu to‘plamlar orqali kompaniyalarning moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |