Халклар Дустлиги ордени номидаги Тошкент халк хужалиги институти


“BERI” indeksining asosiy ko’rsatkichlarini aytib bering.?



Yüklə 256,65 Kb.
səhifə3/9
tarix16.05.2023
ölçüsü256,65 Kb.
#113963
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1.Nematilloyev Azizbek BHA 58-2 Investitsiya mustaqil ish

3. “BERI” indeksining asosiy ko’rsatkichlarini aytib bering.?



Yuqoridagi rasmdan ko'rinadiki, «BERI» indeksiga kirgan ko'rsatkichlar orasida siyosiy barqarollik (0,12 ball) eng kata ahamiyatga ega.Tahlillar ko'rsatishicha, G'arb aynan, harbiy ichki vaziyatning bergani bois, va siyosiy nobarqarorlik tufayli Gruziya, Moldava reytinglarda berishgan, ya'ni indeksining eng past darajasiga ega. Mazkur usulning mohiyati shundaki, obro'li ekspertlarni tanlash asosida va ularga 5 balli (0 dan 4 ballgacha va ularing yig'indisi 1 ga teng) shkalada 15 ta asosiy mezonlar bo'yicha mamlakat riskini baholash taklif etiladi. Ushbu usulda baholash mezonlari va ulaming quyidagilardan iborat:


- siyosiy barqarorlik. (0,12),
- xorijiy investitsiyalarga bo'lgan munosabat (0,06);
- milliylashtirilish xavfi (0,06), agar mamlakat qonunchiligida
mulkni haq to'lamasdan ekspropriatsiya qilish ko'zda tutilgan
bo'lsa, 0 ball qo'yiladi;
- valyutaning devalvatsiya qilinish ehtimoli darajasi (0,06);
- to'lov balansining holati (0,06);
- biznesning byurokratlashish darajasi (0,04);
- iqtisodiy o'sish sur'ati (0, ,
- valyutaning erkin almashinuv darajasi (0,1);
- shartnoma majburiyatlarini bajarish soni (0,06);
- mehnat darajasi va haqi (0,08);
- yuridik va marketing maslahatlarini olish, malakali
mutaxassislarni jalb qilish imkoniyati (0,02);
va tashkil qilish (0,04);
- davlat organlari va jamoat tashkilotlarining munosabatlari
(0,04);
- qisqa muddatli kreditlarni olish shartlari (0,08);
- uzoq muddatli kreditlar, xususiy kapitalni olish, foydalanish
shartlari (0,08),
Umuman olganda, “BERI” xizmati bu borada katta obro' qozongan tashkilotdir. Mazkur tashkilot kapital import qiluvchi marnlakatlardagi investitsiya muhitini tahlil qilib, investitsiyalarning risklilik darajasini aniqlab beradi. “BERI” xizmati matbuotlar orqali turlicha indekslar bilan investorlarning xorijiy mamlakatlarga investitsiya qo'yishining xavf-xatarlilik, risk darajasini aniqlab beradi. Hozirda bu xizmat ko'rsatuvchi tashkilot 55 dan ortiq kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini 15 ta ko'rsatkichni qamrab oluvchi mezon (ball) bilan baholamoqda. Bunda mamlakat investitsiya muhiti qanchaiik yuqori ballga ega bo'lsa, u shunchalik barqaror mamlakat hisoblanadi. Bu ball indekslarini hisoblashda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar ta'siri ham hisobga olinadi. Bu tashkilot faqatgina hozirgi joriy davrnigina emas, balki istiqbolda kutilayotgan o'zgarishlarni ham baholaydi. Bu kabi xizmatlar faqatgina xususiy firmalar tomonidangina emas, balki davlat yoki davlat-xususiy firmalari tomonidan ham bajariladi. Bu kabi xizmatlami tashkil etishda ko'proq investitsiyaga talabi bo'lgan mamlakatlarning taklifi bo'lishi zarur.
Shuning uchun bu tarzdagi tashkilotlarni O'zbekistonda ham tashkil qilish xorijiy investorlar uchun ham, ichki investorlar uchun ham muhim ahamiyatga ega.


Yüklə 256,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin